Щзбекистон республикаси олий ва


Download 165 Kb.
bet2/6
Sana11.02.2023
Hajmi165 Kb.
#1188591
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Малакавий битирув олди амалиёт 3 4 курслар учун услубий 2022

Tuzuvchilar:
BIQ” kafedrasi: Kat.o‘qit. G‘.Qodirov
ass. Z.Mirzayeva
Taqrizlar:
BIQ”kafedrasi: t.f.n.dotsent. N.I.Goncharova
1. AMALIYOTNI TASHKIL QILISH
1.1. UMUMIY KO‘RSATMA.
Malakaviy amaliyoti qurilish va loyiha tashkilotlarida, qaysiki ilg‘or texnologik va yangi mashina mexanizmlar bilan qurollangan, qurilish ishlarini bajarish ilmiy tashkil qilingan va rivojlangan vodiy shaharlaridagi qurilish tashkilotlarida o‘tkaziladi.
Talabalarni amaliyot o‘tkazishga yuborish, institut bilan korxona o‘rtasidagi shartnoma hamda institut buyrug‘iga asosan yuboriladi.
Talabalar amaliyotga borishdan oldin kafedradan yo‘llanma, kundalik, va amaliyot o‘tkazish umumiy qoidalari, "xavfsizlik texnikasi", "yong‘inga qarshi texnika"- larining asosiy ko‘rsatmalari
bilan tanishishlari kerak.


1.2. AMALIYOT MAQSADI VA MAZMUNI.
Amaliyot quyidagi qurilish va loyiha tashkilotlarida o‘tkazilishi tavsiya qilinadi:
- mashinasozlik, issiqlik, elektrotexnika, ximiya, neftni qayta ishlash, yengil va oziq-ovqat sanoati binolari qurilishida va
boshqa yirik korxonalarning loyihalarini va qurilish ishlarini bajaruvchi tashkilotlarda:
- fuqaro va jamoat binolari loyihalarini va qurilish ishlarini bajaruvchi tashkilotlarda:
Amaliyot davrida talabalar alohida bo‘lim yoki ilg‘or brigadalar tarkibida asosiy loyiha va qurilish jarayonlarida ishlaydi:
- yangi yoki qayta tamirlanayotgan binolari o‘lchov ishlarida ;
- bino joylashgan xudud bosh rejalaniri;
- bino loyihalarini tayyorlashda;
- loyiha smetalarini ishlab chiqishda;
- ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida;
2. AMALIYOT O‘TKAZISH BO‘YICHA USLUBIY QO‘LLANMA.
2.1. UMUMIY KO‘RSATMA
O‘quv-uslubiy rahbarlikni loyiha va qurilish tashkiloti xodimlari bilan birgalikda "BIQ" kafedrasi tomonidan tayinlangan amaliyot o‘tkazish rahbari olib boradi.
Amaliyotga rahbarlikni institutdan mutaxassis o‘qituvchilar va qurilish korxonalaridan rahbar injener-texnik xodimlar (bosh muxandis, bo‘lim boshlig‘i, uchastka boshlig‘i) tomonidan tasdiqlangan buyruqqa binoan olib boriladi:
Amaliyot 3 qismdan iborat:
1. Ishlab chiqarish
2. Tashkiliy-tarbiyaviy
3. Ishlab chiqarish sayohati
Amaliyot tashkiliy tarbiyaviy qismi oliy maktab o‘quv tarbiyaviy jarayoni tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu qism talablarning kelajakda o‘z kasblariga yondashishga, ijtimoiy fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlashga, ilmiy texnika yutuqlarini yaxshi egallashlariga va iqtisodiy masalalarni aniqroq yechishlariga yordam beradi.
Talabalar amaliyot o‘tish mobaynida tashkilotchi, quruvchi ishchilar tarbiyalashda yordamchi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlarini bajaruvchi va xalqga yetkazuvchi bo‘lishi kerak.
SHuningdek tashkiliy tarbiyaviy amaliyotda talabalarning tashkiliy ishlarda qatnashishi (yig‘ilish, ma’ruza, suhbatlar, konferensiya va boshqalar) hamda ma’rifat va ma’naviyat ishlariga qatnashishi ko‘zda tutilgan.



Download 165 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling