Щзбекистон республикаси
Yo„l to„shamasi, uning elementlari ularga qo„yiladigan talabalar
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Алоқа йўллари (1) (qqqq)
Yo„l to„shamasi, uning elementlari ularga qo„yiladigan talabalar
Yo„lni erdan zarur darajada baland qurish uchun tuproq to„kilib, ko„tarma hosil qilinadi, bu yo„l poyi deyiladi. Yo„l poyi - bu tuproq ishlari bajariladigan yo„lning qismi bo„lib, ko„tarma yoki o„ymadan iborat bo„lishi mumkin. Yo„l poyi yo„l to„shamasining tuzilmaviy qismi bo„lib, asos sifatida xizmat qiladi. Yo„l to„shamasi deb hisobiy tezlikda transport vositalarini xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun quriladigan qatnov qismidagi ko„p qatlamli tuzilmaga aytiladi. Yo„l to„shamasi yo„l qoplamasi, asos va qo„shimcha asos qatlamlaridan tashkil topadi 8.13-rasm. 8.13-rasm. Yo„l to„shamasi: 1 - emiriluvchi qatlam; 2 - yo„l qoplamasi ustki qatlami; 3 - yo„l qoplamasi ostki qatlami; 4 - asos; 5 - qo„shimcha qatlam; 6 - grunt Yo„l qoplamasi - yo„l to„shamasining ustki, ko„proq mustaxkam qatlami bo„lib, transport vositalaridan tushadigan yukni qabul qiladi. Yo„l qoplamasi bir yoki ikki qatlamli bo„lishi mumkin. Asos - yo„l to„shamasining yuk ko„taradigan qismi bo„lib, tosh materiallardan yoki bog‟lovchi bilan mustaxkamlangan gruntlardan tashkil topadi. Yo„l to„shamasi quyidagi xossalarga ega bo„lishi kerak: harakat miqdori va tushadigan yukka mos mustaxkamlik, ob-havo ta‟siriga turg‟unlik, ravonlik, avtomobil shinalari bilan tishlashish, edirilishiga qarshilik, arzon. 95 Yo„l to„shamasi quyidagi turlarga bo„linadi. 1. Takomillashgan kapital (ŝ/b, a/b); 2. Takomillashgan engillashgan; 3. O„tuvchi turdagi qoplamalar; 4. Past turdagi qoplama. Nazorat savollar: 1. Yo„l ko„ndalang kesimi deb nimaga aytiladi? 2. Yo„l poyi deb nimaga aytiladi? 3. Qatnov qismi kengligini nimaga asosan belgilaymiz? 4. Yo„l qatnov qismi, yo„l cheti va ularning bajaradigan vazifalari nimalardan iborat? 5. Qatnov qismining kengligini qanday asoslaymiz? 6. Yo„l ko„ndalang kesimi elementlari qaysi hujjat asosida belgilanadi? 7. Yo„l yon qiyaligini nimaga asosan belgilaymiz? 8. O„zbekiston sharoitida joy sharoitini hisobga olgan holda ko„tarma balandligi 2 m gacha bo„lganda yon nishablik qancha belgilanadi? 9. Yo„l to„shamasi deb nimaga aytiladi? 10. Yo„l qoplamasi qanaqa turlarga bo„linadi? Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling