Sifat menejmenti va uni boshqaruvdagi o’rni reja: Sharoitlarida sifat va raqobatbardoshlik


ISO 9000 seriya standartlarining 1994 yilgi


Download 0.64 Mb.
bet5/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1177415
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursunov Abbos M

ISO 9000 seriya standartlarining 1994 yilgi

  • tahririda sifat menejmenti tizimi deb, “sifatni yalpi boshqarish uchun zarur bo’lgan
  • tashkiliy tuzilma, usul, jarayon va resurslar yig’indisi” tushunilgan. Yangi ISO
  • 9000:2000 standartida sifat menejmenti tizimi “tashkilotga rahbarlik qilish va uni
  • boshqarish uchun zarur bo’lgan sifatni boshqarish tizimi” deb ta’riflanadi.
  • A.V. Glichevning fikriga ko’ra, mahsulot sifatini boshqarish tizimi, bu “kuch va
  • mablag’larni minimal darajada sarflash orqali, iste’molchining ma’lum ehtiyoj va
  • talablari qondirilishini ta’minlovchi xususiyatlarni mahsulotga tatbiq etish maqsadida,
  • mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, undan foydalanish va servis xizmatini ko’rsatishda
  • ishtirok etgan boshqaruv va ijro bo’limlari hamda ayrim shaxslarning o’zaro samarali
  • faoliyatini tashkillashtirish usulidir”. Albatta, xorijiy adabiyotlarda sifat tizimlariga
  • berilgan ta’riflar shu fikrlar bilan cheklanib qolmagan.
  • 1987 yil 9000 seriyali ISO standartlarining beshtasi nashr etilgan: ISO 9000, ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 va ISO 9004. 1986 yilda esa, sifat ta’minoti sohasidagi ISO8402 atama va tushunchalarning uch tildagi lug’ati ishlab chiqilgan. ISO 9000 standarti esa, 9000 seriyali ISO standartlaridan qaysisini tanlash va qanday qo’llash bo’yicha yo’riqnomani o’z ichiga olgan. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari (“sifatni ta’minlash modellari”, deb ham ataladi) mahsulot hayotiy tsiklining turli bosqichlari uchun mo’ljallangan, sifat tizimiga qo’yilgan me’yoriy talablardan iborat bo’lib, mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat tizimini baholashning, shu jumladan, bu tizimni sertifikatlashning me’yoriy bazasi bo’lgan: - ISO 9001. To’liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga texnik xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi; - ISO 9002. Loyihalashtirishni o’z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni uchun, ya’ni, an’anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo’ljallangan sifat tizimi; - ISO 9003. Faqat tayyor mahsulot nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (ishlab chiqarish jarayoni bunga kirmaydi) mo’ljallangan sifat tizimi, masalan: savdo tashkilotlari va vakolatxonalari; ISO 9001 modeli eng umumiy bo’lib, boshqa ikki sifat modellarining ham talablarini o’z ichiga olgan. ISO 9004 standarti sifat tizimiga bo’lgan talablarni izohlovchi yo’riqnomalardan iborat bo’lib, korxonada sifat tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun mo’ljallangan.


    Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling