Sifat so’z turkumi bo’yicha mashqlar


Download 17.6 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi17.6 Kb.
#1528589
Bog'liq
Sifat mashlari


Sifat so’z turkumi bo’yicha mashqlar
1-mashq. Sifatning tuzilishiga ko’ra turini aniqlash.
Oqish, savodsiz, cho’ziq, ko’kimtir, mazali, kulrang, mug’ombir, suvsiz, ishchan, devoriy bexabar, uzun-uzun, shirrin, qoraroq, qizil, bahorgi, mayingina, tinchliksevar, xalqaro, sersuv, tutunsiz, topqir, hozirjavob, tuxumsimon, katta, shaharlararo, ola-bula, ertapishar, ulkan-ulkan,qiyshiq, qo’rqoq, to’g’riroq, qiyshiq, yumshoq, siniq, yopiq, quvnoq, baquvvat, beor, noloyiq, shirin-shakar, bugungi, xushfe’l, buyuk, kamquvvat, momiq, ezgu, achchiq, kichik, kechagi, sezgir, yuksak, toyg’oq, iqtisodiy, erinchak, keskir, tortinchoq, olg’ir, kuchsiz, mushohadali, salmoqdor, qiziqarli, oilaviy
2-mashq. Sifatning ma’nosiga ko’ra turini aniqlang.
Shirin, qizil, katta, odobli, xushfel, behisob, tonggi, kuzgi, xushbo’y, muattar, kamtar, egri, qadimgi, yozgi, ichki, keng, tor, quvnoq, chopag’on, uzun, qisqa, baland, xursand, qo’lansa, g’amgin, sho’x, kamtar, bulturgi, qishki, kechki, kuzgi, katta, notanish, bahaybat, yap-yangi, zabardast, uzun, oppoq, qora, tuzsiz, taxir, badbo’y, kamtarin, yuvosh, ma’yus,sho’x, ziqna, novcha, quvnoq, o’r, yengil, suyuq quyuq, muloyim, og’ir, sho’r, salqin, gavdali, semiz, issiq, yassi, o’zbilarmon, bo’ydor, devqomat go’zal, chiroyli, ishyoqmas, ustki, tashqi, sershovqin, qo’rqinchli.
3-Mashq Sifatning ma’nosiga ko’ra turini aniqlang.
Oq, ko’m-ko’k, baland, yangi, keng, uzun, qisqa, og’ir, aqlli, kuchli, ko’rkam, sovuq, g’ayratli,unumli xipcha, ulug’, chalkash, yumshoq, mazali, qalin, notavon, keng, gigant, yashil, laqma, kulrang, oyoqyalang, chalasavod, qimmatbaho, xushfe’l, qorako’z, xushbichim, erkin, ommabop, moshrang, sofdil, ishyoqmas, o’zbilarmon, yoqavayron,
4-Mashq. Ot va sifatning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang.
Chertmak, chigit, tintov, buyruq, bo’lak, porloq, sofdil, erinchoq, qoraroq, buzilmas, qiziq, g’ururim, kamtarlik, lashkarboshi, mehr-muhabbat, chol-kampir, belanchak, arzonchilik, kimyogar, binokor, duogo’y, saksovul, chiroqning, avvalgi, bola-chaqa, yoqimli, opa-singil, janubiy, to’liqsiz quruq, zotdor, qomusiy, afsonaviy, ziyrak, qo’rqoq, pishiq, qisiq, xomaki, nodon, notavon, noo’rin, hiylakor, lalmikor, qiyma, ulama, g’amgin, keskin, jo’shqin, toyg’oq, urushqoq, talabchan, uyatchan, suzag’on, sirpanchiq, bejanjal, kamgap, yolg’izoyoq, ishyoqmas, arabcha, jangchi, zamondosh, suratkash, nayrangboz, achimsiq, dorivor, saylgoh, o’lkashunos, savdogar, hurkovuch, o’ynoqi, turg’un, yopishqoq, olg’ir, ishonarli, kemasoz, otaliq, birikma, choyxo’r, tog’avachcha, ulug’vor, jirkanch, siyohdon, moliyaviy, ko’rpalik besabr, noumid, serg’ayrat, dardchil, kumushsimon, tungi, darveshnamo, mansabparast, olamshumul devonavor, javobgar, yushbichim, barhayot, ko’pchilik, quymoq, bekinmachoq, chiringi, sinov, chidam, o’ram, qizilcha, yelpig’ich, serobgarchilik, yetuk, ko’chmas, imkoniyat
5-mashq. Otlashgan sifatni toping.
1.Chevarlar kashta tikmoqda 2. Yurishni oqlar boshlaydi. 3. Kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzada. 4. Qo’rqoq oldin musht ko’tarar 5 Aqlli o’zini ayblar, aqlsiz o’zgani. 6.Bilimdonlar oldinda o’tirsin. 7 Yaxshi o’g’il otga mindirar, yomoni otdan yiqitar. 8.Diktantni oqqa ko’chirish kerak 9 Men zo’rman, sen yomonsan 10. Vafosiz subutsiz kishi. 11. Otning yaxshisi uloqda bilinar 12. To’g’ri o’zadi, egri to’zadi 13. Hunarsizning hunari - yalqovlik. 14. Yolg’onchining rost so’zi ham bo’lur.15. Ilg’orlar katta muvaffaqiyatga erishdi.16.Baxil odamning ko’ngli – dog’, saxiyning ko’ngli – bog’. 17.Tanlovda faqat qizillar qatnashdi. 18. Salim samanni tolga bog’ladi. 19.Maktabimizda zehnlilar ko’p. 20. Uzoqdan kattala ko’rindi
6-mashq. Ot va sifatning sintaktik vazifasini aniqlang.
1.Bog’bonlar bahorgi ishlarni boshlab yubordilar 2. Lolaqizg’aldoqlar qip-qizil bo’lib ochildi. 3. Sattor
xushchaqchaq, quvnoq edi. 4.Xizmatkor katta xitoy laganlarida serqazi, sergo’sht taomlar olib keldi. 5.Akbar sayroqi qushlarga termilib qoldi. 6.O’zbekistondagi eng uzun daryolar Amudaryo va Sirdaryodir. 7.Usti yaltiroq, ichi qaltiroq 8.Moviy osmon beg’ubor, tiniq 9 Kerakli toshning og’irligi yo’q 10.Xujra kichkina,lekin iliqqina edi

7-mashq. Berilgan sifatlarni ma’nosiga ko’ra turini aniqlang
Shirin, qizil, katta, odobli, xushfe’l, tonggi, iliq, kuzgi, sho’x, xushbo’y, muattar, uzun, keng, yozgi, xursand, egri, bulturgi, kamtar, qisqa, kechki, achchiq, suyuq, taxir, tor, oppoq, tuzsiz, issiq, sovuq, ichki, chopag’on, qadimgi, bilimdon, yomon, dono, qiziqarli, qo’ng’ir, sodda, ho’l,andishali, bo’ydor, do’mboq, qaysar, gapdon, yassi, qimmat, tungi, bahorgi, sezgir, dilkash, jigarrang, moviy, zangori
8-mashq. Sifatning tuzilishiga ko’ra turini aniqlang.
Shaxsiy, tiniq, sarg’ish, ingichka, semiz, xorazmlik, tirishqoq, johil, sovuq, tor, yo’rg’a, mazmunli, cheksiz, salqin, jo’shqin, yalinchoq, yetuk, titroq, buzuq, uzunroq, hurkak, yumuq, ommaviy, keyingi, o’ychan, yog’ochsimon, tushunarli, hurkovuch, qalbaki, erkin, qopag’on, to’kin, yurtparvar, shuhratparast, bepul, beg’alva, iskovuch, sersoqol, salmoqdor, esli, begona, yalang’och, mansabparast, ulug’vor, so’lqildoq, po’rsildoq, tashqi, mehrsiz, yetarli, ag’darma, axloqiy, yasama, ro’mollik, sog’in, otashin, davlatmand, bemuruvvat, noma’lum, qishlik, aybdor, oqshomgi, och pushti, xosiyatli, yo’g’on, sheryurak, barra-barra, lo’ppi-lo’ppi, arzon-garov, ko’chma, derazali, so’nggi, paxtali, qalingina, tonggi, kalta, dumaloq, chuqur, hayolchan, jajji, sirli, beminnat, tayinsiz, mahsuldor, bahaybat, sirg’anchiq, nodurust, ko’ngilchan, dang’illama, ishonarli, qaytmas, jirkanch, darveshnamo, adolatparvar, o’zbekcha, tungi

9-Mashq Otlashgan sifatlarni aniqlab, tagiga chizing.
1.Orada yomonimdan bo’lgan manabu yaxshim bor. 2 Modomiki, yaroqli mahsulot bo’lmas ekan, yaroqlist kelguncha kutamiz. 3.O’g’lingiz katta-kichikning farqiga bormay qo’ydi. 4 Buyuklar badiga havas qil ammo. 5. Yoshroqlari olovga yaqinroq, keksalari bo’lsa olovdan uzoqroq o’tirishar edi. 6 Dono, aqllilar. Hech qachon yo’ldan adashmaydi. 7. Endi senlar o’qib, oq-qorani taninglar 8. Hozir dunyo ilmli odamlarniki 9 Bilimli biladi bilim hurmatin, Bilimsiz ne bilgay bilim qiymatin 10. Dono- durdan a’lo. 11 Achchiqni achchiq kesar 12 Baxilning qo’lida oy bo’lsa, olamni yoritmas 13.Bir mahal bahaybat mahluq kichkinasining qo’lidan yetaklab, ular tomon kela boshlabdi. 14.Anvar olmalarni saralab, yiriklarini bir qopga, maydaroqlarini boshqa qopga joylashtirdi. 15 Tipratikan bolasini yumshog’im der 16 Ilimli ming yashar, ilmsiz bir yashar 17 Mard bir o’lar, nomard – yuz 18.Aqlli odam qish g’amini yozda yeydi. 19 Torga tor dunyo, kengga keng dunyo.
Download 17.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling