erkin, otashin, yashirin, to'kin, sochin, to‘lin
27)
|
-kor, -gar qo'shimchasi
|
Yasash asosidan anglashilgan narsa, holat, xususiyatga egalikni, o'sha bilan band bo'lish ma’nolarini bildiruvchi sifat yasaydi
|
fidokor, haloskor, isyonkor, da’vogar
|
28)
|
-aki qo'shimchasi
|
Bu kamunum qo'shimcha bo'lib, ot, sifat, ba’zan taqlid so'zlardan sifat yasaydi
|
qalbaki, og'zaki, zo'raki, xomaki
|
29)
|
-vor qo'shimchasi
|
Kamunum qo'shimcha bo'lib, qiyoslash ma’nosidagi sifat yasaydi
|
devonavor, afsonavor, tantanavor
|
30)
|
-parvar qo'shimchasi
|
Bu qo'shimcha yasash asosi anglatgan narsa, harakat bilan bog'liq belgi, holat, xususiyat bildiruvchi sifat yasaydi
|
vatanparvar, sulhparvar, ma’rifatparvar,
|
31)
|
-chil qo'shimchasi
|
Kamunum qo'shimcha bo'lib, yasash asosi naglatgan belgi, holat, xususiyatga egalik ma'nosini bildiruvchi sifat yasaydi
|
epchil, dardchil, izchil, haqchil
|
32)
|
ildoq (il+doq) qo'shimchasi
|
Bu kamunum qo'shimcha taqlidiy so'zlardan sifat yasaydi
|
liqildoq, qaqildoq, shaqildoq, bijildoq
|
-gi (-ki) qo'shimchalari ot va ravishlardan sifat yasaydi kuzgi, qishki - otdarr, bugungi, dastlabki - ravishdan yasalgan: no- qo'shimchasi sifatdan sifat yasaydi: noto'g'ri.
| | | |
-gi qo'shimchasi ko'pincha o'rin-payt qo'shimchasini olgan otlardan sifat yasaydi. O'quvchilar shuning uchun bu qo'shimcha bilan sifat yasalishini e’tibordan chetda qoldiradilar: atrofdagi, uydagi, sohasidagi, maktabdagi. Bunday sifatlarga qayerdagil emas, qaysi? deb so'roq beriladi. Uydagi gullar - qaysi? gullar. Uydagi so'zi yasama sifat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |