Sifat so‘z turkumi


Download 53.43 Kb.
bet2/17
Sana31.01.2024
Hajmi53.43 Kb.
#1819951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
SIFAT SO‘Z TURKUMI

TO’LDIRUVCHI
    • Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l.
    • Yomonni tanqid qiladi, yaxshiga taqlid qiladi.
    • Yaxshidan (yaxshi kishidan) bog‘ qoladi, yomondan (yomon kishidan) – dog’.
    • Ilg'orlarga mukofotlar topshirildi.
    • Endi senlar o'qib oq-qorani taninglar.
    • Yomon bilan yo'ldosh bo’lsang, Yomondan burun olasan. Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang, Yaxshilik bilan unasan.
    • Kattaga katta bo‘l, kichikka kichik.
    • Achchiqni achchiq kesar.
    • Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma.
    • Noinsofga erk bersang, elni talar.

QARATQICH ANIQLOVCHI:
    • Dili to'g'rining tili to'g'ri.
    • Baxilnina qo'lida oy bo'lsa, olamni yoritmas.
    • Yaxshining so'zi - qaymoq, yomonning so‘zi - to'qmoq.
    • Dangasaning holiga voy.
    • Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonliq.

Masalan: Yaxshilar ko'paysin, yomon qolmasin
    • yaxshi kishilar birikmasida yaxshi - sifat, aniqlovchi;
    • kishilar - ot, aniqlanmish bo'lib, kishilar so'zi, ya’ni aniqlanmish tushib qolgan;
    • yaxshi so'zi, ya’ni sifat otning tarkibida kelishi kerak bo'lgan -lar qo'shimchasini olgan va otlashgan.

Sifat va sifatdoshlar aniqlanmishsiz qo‘llansa otlashgan hisoblanadi
Demak, aniqlanmishsiz qo'llangan sifat deganda otlashgan sifat tushuniladi.

SIFATLARNING SINTAKTIK VAZIFASI


SIFATLAR QUYIDAGI SINTAKTIK VAZIFALARNI BAJARADI:
OTGA BOG'LANSA, SIFATLOVCHI-ANIQLOVCHI:
1. Oyko'l qishlog'ida na ko‘1 bor, na kattaroq ariq.
2. Yozgi harakat - kuzgi barakat.
3. Yoqimli do‘st suhbati olis yo'lni yaqin qiladi
FE’LGA BOG'LANSA, RAVISH HOLI
1. Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog'larda ham havo ochilib ketdi.
2. Cho'qqilar avvalgidan ham oqroq va silliqroq ko‘rinadi.
3. Oqlangan maktab binosi oydinda ko'kishroq ko‘rinadi.
GAPNING OXIRIDA KELSA, OT KESIM:
1. Nomus jondan ham qimmatliroq.
2. Tumshug'i bilan ikki ko‘zi qop-qora.
3. Barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, bandi kalta.
    • Masalan: Yaxshi bola yaxshi o'qiydi gapida bola so'ziga boglangan sifat otga bogiangani uchun sifatlovchi-aniqlovchi hisoblansa, o‘qiydi so'ziga boglangan sifat fe’lga bogiangani uchun ravish holi hisoblanadi.

Otlashmagan sifatlarning sintaktik vazifasi ularning qaysi so‘z turkumiga boglanayotganiga qarab aniqlanadi.

Download 53.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling