Bilib
Oling!
!
Esda
saqlang
Otlashmagan sifatlar gapda sifatlovchi-aniqlovchi, ravish holi va ot kesim vazifalarini bajaradi.
Otlashgan sifatlar esa ega, vositali va vositasiz to'ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi vazifalarini bajaradi.
SIFATLARNING MA’NO GURUHLARI
SIFATLAR QANDAY BELGINI IFODALASHIGA KO'RA GURUHLARI
Shaxs va narsalarning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari deyiladi.
xursand, quvnoq, g'amgin, sho'x, kamtar, notanish, yangi, eski, chopag'on, odobli, xushfe’l, aqlli, duduq, tiyrak, dono.
Hajmi, vazni, o'lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o‘lchov sifatlari deyiladi
katta, behisob, uzun, qisqa, keng, baland, bahaybat, zabardast, cho'ziq, tor.
O'rin va vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon-zamon sifatlari deyiladi.
yozgi, bulturgi, qishki, kechki, kuzgl, qadimgi
Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari deyiladi.
Oqish, qizg’ish, ko’kish
Narsani maza-ta’mni bildirgan sifatlar maza-ta’m sifatlari deyiladi.
Shirin, achchiq, nordon, taxir, chuchuk
Narsani hidini bildirgan sifatlar hid sifatlari deyiladi.
Xushbo’y, badbo’y, sassiq
- Masalan: Voy, manavi bolaning shirinligini qarang
- gapida maza-ta’mni bildiruvchi sifat (shirin) xususiyat bildirishga xizmat qilgan.
- Salim aka bag'ri keng inson
- gapida hajm-o'lchov bildiruvchi sifat (keng) xususiyat bildirgan.
Agar sifatlar ko'chma ma’noda ishlatilsa, sifatning bir ma'no turi boshqa ma’no turini ifodalaydi.
Bilib
Oling!
ASLIY VA NISBIY
SIFATLAR
Belgini to'g'ridan to'g'ri ifodalaydigan va uni darajalab ko'rsatish imkoniga ega bo'lgan, -roq qo'shimchasini erkin qabul qila oladigan sifatlarga asliy sifatlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |