TO’LDIRUVCHI
- Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l.
- Yomonni tanqid qiladi, yaxshiga taqlid qiladi.
- Yaxshidan (yaxshi kishidan) bog‘ qoladi, yomondan (yomon kishidan) – dog’.
- Ilg'orlarga mukofotlar topshirildi.
- Endi senlar o'qib oq-qorani taninglar.
- Yomon bilan yo'ldosh bo’lsang, Yomondan burun olasan. Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang, Yaxshilik bilan unasan.
- Kattaga katta bo‘l, kichikka kichik.
- Achchiqni achchiq kesar.
- Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma.
- Noinsofga erk bersang, elni talar.
QARATQICH ANIQLOVCHI:
- Dili to'g'rining tili to'g'ri.
- Baxilnina qo'lida oy bo'lsa, olamni yoritmas.
- Yaxshining so'zi - qaymoq, yomonning so‘zi - to'qmoq.
- Dangasaning holiga voy.
- Tirishqoqning labi yog’liq, erinchoqning boshi qonliq.
Masalan: Yaxshilar ko'paysin, yomon qolmasin
- yaxshi kishilar birikmasida yaxshi - sifat, aniqlovchi;
- kishilar - ot, aniqlanmish bo'lib, kishilar so'zi, ya’ni aniqlanmish tushib qolgan;
- yaxshi so'zi, ya’ni sifat otning tarkibida kelishi kerak bo'lgan -lar qo'shimchasini olgan va otlashgan.
Sifat va sifatdoshlar aniqlanmishsiz qo‘llansa otlashgan hisoblanadi
Demak, aniqlanmishsiz qo'llangan sifat deganda otlashgan sifat tushuniladi.
SIFATLAR QUYIDAGI SINTAKTIK VAZIFALARNI BAJARADI:
OTGA BOG'LANSA, SIFATLOVCHI-ANIQLOVCHI:
1. Oyko'l qishlog'ida na ko‘1 bor, na kattaroq ariq.
2. Yozgi harakat - kuzgi barakat.
3. Yoqimli do‘st suhbati olis yo'lni yaqin qiladi
FE’LGA BOG'LANSA, RAVISH HOLI
1. Oftob balandroq ko‘tarildi-yu, bulutlar tarqab, tog'larda ham havo ochilib ketdi.
2. Cho'qqilar avvalgidan ham oqroq va silliqroq ko‘rinadi.
3. Oqlangan maktab binosi oydinda ko'kishroq ko‘rinadi.
GAPNING OXIRIDA KELSA, OT KESIM:
1. Nomus jondan ham qimmatliroq.
2. Tumshug'i bilan ikki ko‘zi qop-qora.
3. Barglari tukli, tuxumsimon yoki keng ellipsimon, bandi kalta.
- Masalan: Yaxshi bola yaxshi o'qiydi gapida bola so'ziga boglangan sifat otga bogiangani uchun sifatlovchi-aniqlovchi hisoblansa, o‘qiydi so'ziga boglangan sifat fe’lga bogiangani uchun ravish holi hisoblanadi.
Otlashmagan sifatlarning sintaktik vazifasi ularning qaysi so‘z turkumiga boglanayotganiga qarab aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |