Masalan: go'zal, chiroyli, shirin, oq, aqlli, yuzaki.
Asliy sifatlar belgini darajalab ko'rsata oladi:
Sariq - sariqroq - sap-sariq
ko'k - ko'kish - ko’m- ko'k
Asliy sifatlar fe’lga bog'lana oladi: yaxshi o'qimoq, to'g'ri gapirmoq, oson tushunmoq
Belgini to'g'ridan to'g'ri emas, balki boshqa birtushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi.
Masalan: qishki, ko'chma, derazali, devoriy, soyaki, chillaki, do'ppili, paxtali.
Nisbiy sifatlar esa belgini darajalab ko'rsata olmaydi:
mevali daraxt - juda mevali daraxt
kechki taom - kechkiroq taom
Nisbiy sifatlar esa fe’lga bog'lana olmaydi. Faqat -iy, -viy qo'shimchalari bilan yasalgan ayrim nisbiy sifatlargina fe’llarga bog'lanadi.
NISBIY SIFATLAR MA’NO JIHATIDAN BELGINI QUYIDAGICHA IFODALAYDI
NARSAGA NISBAT BERISH BILAN
Bolali ayol, ilmiy ish, mevali daraxt, gulli kuylak, shaxsiy masala, devoriy gazeta
VAQTGA NISBAT BERISH BILAN
Kuzgi shamal, kechki taom, bugungi vaziyat, hozirgi zamon, qishlik kiyim, dastlabki xabar
O’RINGA NISBAT BERISH BILAN
Ichki tartib, tashqi ishlar, uydagi gular, atrofdagi odamlar
SIFAT DARAJALARI
SIFAT DARAJALARI
ODDIY DARAJA
QIYOSIY DARAJA
ORTTIRMA DARAJA
OZAYTIRMA DARAJA
Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana shunday ma’no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi.
!
Eslatma
Litsey darsligida sifat darajalari 3 ta deb ko'rsatiladi. Buning sababi qiyosiy daraja ko'rsatkichi -roq belgining me’yordan ozligini ko'rsatish xususiyatiga ega ekanligidadir. Shu sababli litsey darsligida qiyosiy daraja berilmagan, -roq qo'shimchasi esa ozaytirma darajaga qo'shib yuborilgan.
- Belgining odatdagi me’yorda ekanini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |