Sifat so‘z turkumi


Masalan: juda qizil, g'oyat shirin, 2. Oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo'g'ini tovush o'zgarishi bilan takrorlanadi. Masalan


Download 53.43 Kb.
bet6/17
Sana31.01.2024
Hajmi53.43 Kb.
#1819951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
SIFAT SO‘Z TURKUMI

Masalan: juda qizil, g'oyat shirin,
2. Oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi bo'g'ini tovush o'zgarishi bilan takrorlanadi.
Masalan: bus-butun, kap-katta, to‘ppa-to‘g‘ri, qip-qizil, ko‘m-ko‘k, yam-yashil
3. Sifatning tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho'zish orqali hosil qilinadi.
Masalan: issiq - iissiq, achchiq - aachchiq, uzun - u:zun,
chiroyli - chiroiyli.

SIFAT YASOVCHI QO'SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI


Qo'shimchalar

Misollar

Qo'shimchalar

Misollar

-li

Gulli

-lik

Qishlik

-siz

Gulsiz

-qi

Kuzgi


dastlabki, savroqi

-yi

Havoyi

ser-

Serunum

be-

Bexabar

ba-

Badavlat

-dor

Xabardor

-i

Qishloqi

-namo

Darveshnamo

-dek

Quldek

-iy, -viy

Tarixiy, oilaviy

-aki

Jizzaki

-chan

Ishchan

-simon

Sharsimon

-kor, -qar

Hiylakor, ig'vogar

-cha

O'zbekcha

-parvar

Xalqparvar

-don

Gapdon

-bop

Sizbop

-in

Erkin

-parast

Mansabparast

-chil

Izchil

-chi

Vahimachi

-qa

Loyqa

-xo'r

G'amxo'r

-mand

Kasalmand

bar-

Barhayot

-kash

Zahmatkash

-von

Zo'ravon

-i

Jannati

-omuz

Hayratomuz

no-

Noto‘g'ri

-lom

Sog'lom

FE’LDAN SIFAT YASOVCHI QO'SHIMCHALAR

Qo'shimchalar

Misollar

Qo'shimchalar

Misollar

-gir, -g'ir, -kir, -qir, -qur

sezgir, olg'ir, keskir, chopqir, uchqur

-kun, -qin, -g‘in, -g'un, -qun

tushkun, jo'shqin, ozg'in, turg'un, tutqun

-choq, -chak, -chiq

maqtanchoq,
kuyunchak,
qizg'anchiq

-k, -ik, -uk, -ak

chirik, o'lik, tuzuk, g'alvirak

-q, -uq, -iq

iliq, buzuq, siniq

 

tirishqoq, toyg'oq

-qi

o'ynoqi

-ag'on
(unumsiz
yasovchi)

bilag'on

-ma

Yasama

-ch

Tinch

-onq'ich

tepong'ich

-mas

o'tmas

-a

ko'tara

-oq

Qochoq

-mon

Bilarmon

-q'ich

yulq'ich

-(a)rli

Zerikarli

-msiq

Qarimsiq

1) -li qo'shim-chasi - Bu qo'shimcha serunum qo'shimcha bo'lib, turlicha ma’nolarni anglatuvchi sifat yasaydi:

a)

yasash asosi otdan anglashilgan narsaga egalikni, o'sha narsaning borligi, mavjudiigini bildiradi:

uyli, miltiqli, do'ppili, paxtali, mevali, qopqoqli, bolali, dastali

b)

yasash asosidan anglashilgan narsaning odatdagidan ko'ra ko'pligi, mo'lligi, ortiqligini bildiradi

gavdali, aqlli, kuchli, suvli

mavhum otlarga qo'shilganda ham shunday anglatgan sifatlar yasaladi

hurmatli, muruvvatli, mushohadali, intizomli, ishonchli, shiddatli, unumli, bilimli

c)

yasash asosi fe’lning sifatdosh shaklidan bo'lib, narsaning undan anglashilgan harakat-belgi, holat-xususiyatga ega ekanligini bildiradi

qiziqarli, qoniqarli, tushu- narli, yetarli, achinarli, ko‘rinarli

Bu ko'rinishdagi yasalmalarda -li qo'shim­chasi sifatdosh yasovchi -ar qo'shimchasi bilan birikib, bir murakkab qo'shimchaga aylanib bormoqda

ajablanarli, sezilarli, maqtarli, aytarli, bilinarli, zerikarli

d)

yasash asosi fe’lning harakat nomi shaklidan bo'lib, narsa-buyumning biror ish uchun yaroqli ekanligini, o'sha harakat uchun moslanganligini bildiradi

chopishli, minishli, yeyishli, ichishli
    • g'ayratli - serg'ayrat;
    • suvli – sersuv;
    • unumli - serunum - unumdor

-li qo'shimchasi egalik, mavjudlik, ortiqlik ma’nolarini anglatgan ayrim yasalmalarda ser-, -dor, ba- kabi qo'shimchalar bilan sinonimik munosabatda bo'ladi:
    • -li qo'shimchasini ser- qo'shimchasi bilan sinonim holda almashtirish mumkin bo'lsa, --li qo'shimchasi yasash asosidan anglashilgan narsaning odatdagidan ko'ra ko'pligi, mo'lligi, ortiqligini bildiradi.

ESDA SAQLANG
-li qo'shimchasi -dor, ba-, bo-, ser-, -mand qo'shimchalari bilan sinonim qo'shimchalar hisoblanadi.

2) -siz qo'shimchasi - Bu qo'shimcha juda unumli bo'lib, yasash asosi bilan bog‘liq ravishda belgi, xususiyat, holat kabi xilma-xil ma’nolarni bildiruvchi sifat yasaydi

a)

yasash asosidan anglashilgan narsaga ega emaslikni, uning yo'qligi, mavjud emasligini bildiradi

suv-siz, ish-siz, xatosiz, pulsiz

b)

yasash asosi anglatgan narsa, holat kabilarning kamligi, yetarli emasligini bildiradi

tuzsiz, kuchsiz, harakatsiz, yog'siz, tajribasiz, aqlsiz

c)

yasash asosidan anglashilgan narsa-buyum belgisi, holat, xususiyat kabilarning ortiqligi, shu xususiyat uning doimiy belgisiga aylanganligi ma’nolarini bildiradi

cheksiz (dengiz), poyonsiz (cho‘1), had-hisobsiz (lashkar)

d)

shaxs-narsaning salbiy xususiyatini, salbiy holatini bildiradi

ongsiz, andishasiz, axloqsiz, shafqatsiz, hayosiz

-siz qo'shimchasi ba’zan be-, no- qo'shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo’ladi
    • poyonsiz - bepoyon, tartibsiz - betartib, o‘rinsiz - noo'rin, umidsiz - noumid

-li, ba-, bo-, ser-, -dor, -mand qo'shimchalari asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiradi. Bu qo'shimchalar (-mand qo'shimchasidan tashqari asosda) if­odalangan belgiga ega emaslikni bildiruvchi no-, -siz, be- qo'shimchalari bilan zid ma’nolidir: suvli, serunum, badavlat, davlatmand
3. -gi (-ki) qo'shimchasi
Bu qo'shimcha yasash asosidan anglashilgan o'rin va paytga munosabatni, unga xoslanganlikni bildiradi
yozgi, qadimgi, bugungi, keyingi, ichki, tashqi, uydagi, atrofdagi, kechki, tungi
Bu qo'shimcha payt va o'rinni bildiruvchi otlar hamda ravishlardan sifat yasaydi
yozgi (yasash asosi ot: yoz+gi), bu­gungi (yasash asosi ravish: bugun+gi)
Ba’zan bu qo'shimcha orqali yasalgan yasama sifatning yasash asosi fe'l bo'ladi. Bunda shunday xususiyatga egalik ma’nosini bildiruvchi sifat yasaladi
vaysaqi, o'ynoqi, yig'ioqi, sayroqi

4)

-simon qo'shimchasi

o'xshashlik belgisini bildiruvchi sifatlar yasaydi

Gulsimon, sharsimon

5)

-gir, -kir, -g‘ir, -qir, -qur, -g‘ur qo'shimchalari

Fe’lga qo'shilib, yasash asosi anglatgan harakat va holat bilan bo'liq belgi-xususiyatning ortiqligini, shu xususiyatning ko'pligi, kuchli ekanligini bildiruvchi sifat yasaydi

sezgir, olg'ir, o'tkir, keskir, bolmag'ur, uchqur

6)

-k, -q, -ik, -iq, -uk, -uq, -oq, -ak qo'shimchalari

Unumli qo'shimcha bo'lib, yasash asosi vazifasida ko'pincha fe’l shakllari keladi. Harakat va holat natijasida voqe bo'ladigan belgi-xususiyatni bildiruvchi sifat yasaydi

teshik, suzuk, yumuq, ochiq, qochoq, chirik, yetuk, yugurik, tiniq, yumaloq

7)

-kin, -gin, -qin,
-gun, -g‘un qo'shimchalari

Fe’lga qo'shilib, harakat va holat bilan bog'liq belgi-xususiyat ma’nolarini bildiruvchi sifat hosil qiladi


Download 53.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling