“Sifatlarda affiksatsiya usulida so‘z yasalishi asarlarda


Download 159.93 Kb.
bet10/14
Sana03.11.2023
Hajmi159.93 Kb.
#1742220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Fayziyeva Azizaxonning

Yashil rang tiriklik, oʻsish va umid ramzi. Bahor fasli chechaklari rangi. Boshqa bir jihatiga koʻra u zahar, kasallik va gʻoʻrlikni ham bildiradi. Shuningdek, yashil rang moʻl-koʻlchilik, toʻkin-sochinlik, rivojlanishni ham bildiradi. Islom dinida yashil ilohiy rang sanaladi”. 28
Darslikda “Sifat darajalarining uslubiy xususiyatlari” mavzusida sifatning ma’no turlarini psixologiya fani bilan integrativ tarzda oʻrgatishga xizmat qiluvchi yana bir mashq keltirilgan:
249-mashq. Sifatlarni toping. Ularning uslubiy xossalarini aniqlang.
ODAMNI BILISH
Koʻz ravshan boʻlsa, qalbning oqligi, xush-xurramlik belgisidir.
Koʻz kichik boʻlsa, ojizlik va gʻam-anduhga botganlik belgisidir.
Koʻz yirik boʻlsa, ablah va nodonlikdan dalolatdir.
Koʻz harakatsiz, xira boʻlsa ham ablahlikning dalilidir.
Koʻz kichik va xira boʻlsa, ochkoʻz va molparast boʻladi.
Koʻz tim qora boʻlsa, badgumon va qoʻrqoqlikdan belgidir.
Koʻz moviy boʻlsa, besharm, bevafo, e’tiqodi va imon sustligi dalilidir.
Koʻz yoshlanmaydigan (va benur) boʻlsa, unday kishi odamlar qonini toʻkishga shay boʻladi.
Agar koʻk, qora yo shahlo koʻzda qora nuqtalar va feruzarang qoʻshilgan boʻlsa, u kishining ichi qora, oʻzi shahvatga oʻchdir.
Kimning koʻzi gʻoyat yaxshi koʻrsa, uning achchigʻi tez chiqadir.
Kimki kulganda koʻzida yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir.
Kimki koʻzini tez-tez yumib ochsa, u sodiq doʻst va yomon ishlardan xoli
kishidir.29
Ushbu mashqda sifatning ma’no turlaridan, nafaqat, rang-tus sifatlari, balki hajm-oʻlchov, xususiyat sifatlari ham alohida ahamiyat kasb etgan.
Yuqorida keltirilgan taʻriflar, albatta, nisbiy, ammo rang-tus sifatlarini oʻrganishga ahamiyatga egadir. Umuman olganda, integratsiya darsi oʻqituvchi tomonidan mavzular bir- biriga mos kelishi va puxta reja asosida tuzilgan boʻlishi kerak. Shuningdek, oʻqituvchi ham darsga tayyorgarlik koʻrayotganda, psixologik bilimlarini takrorlab olishi, psixologik tadqiqotlar va ularning natijalaridan xabardor boʻlishi, darsda toʻgʻri qoʻllay bilishi darkor.
Demak, oʻqituvchi integratsiya darsini tashkil qilishi uchun alohida tayyorgarlik koʻrishi lozim.

Download 159.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling