Sifatli ilmiy maqola yozish qiyinmi? Yo’Q. Qiyin emas. Harakat qilsangiz bo’ldi


Xulosaning ikkinchi maqsadi esa tadqiqot ishining kelajakdagi istiqbolini ko’rsatib berishdir


Download 0.64 Mb.
bet19/26
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#242733
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
SIFATLI Ilmiy maqola yozish qiyinmi

Xulosaning ikkinchi maqsadi esa tadqiqot ishining kelajakdagi istiqbolini ko’rsatib berishdir. Bu o’quvchilar uchun tavsiyalar yoki kelgusidagi ish uchun yo'l xaritasi ko’rinishida bo'lishi mumkin. Yuqori darajada bo’lmagan spekulyatsiya (qat’iy dalillarga suyanmagan nazariya yoki faraz) bu bo’limga mos deb hisoblanishi mumkin, faqat aniq-tiniq spekulyatsiya ko’rinishini ta’minlash talab etiladi.

Xulosani yozishda yana nimalarga e’tibor berish kerak?

Xulosalar bo'limi bir marta ko’z yugirtirishdayoq tadqiqot ishining mazmunini ilg’ab olishga imkon berishi kerak. Ushbu qismni yozayotganda, Kirishni o'qigan, rasmlar orasidan tadqiqot ishining “qaymog’ini” qidiradigan, so'ng Xulosa qismini o’qishga o’tib ketadigan o'quvchini ko’z oldingizga keltiring. Muallif yetkazmoqchi bo'lgan asosiy xabar (lar) ni qisqa qilib Xulosada taqdim etishi kerak. Bu bo’limda natijalar va muhokamalarda keltirilgan dalillar takrorlanmasligi kerak, faqat yakuniy va eng umumiy xulosalargina keltiriladi. Natijalar va muhokamalar bo'limi odatda yetarli darajada uzoq tekstni tashkil etsada, Xulosa bo'limi odatda qisqa bo’ladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling