Sifatni boshqarishga tizimli yondashuv Reja


ISO 9000 xalqaro standarti asosida sifatni boshqarish yondashuvlari va nazariy fikrlarning uyg‘unlashtirilishi


Download 154.01 Kb.
bet9/10
Sana28.12.2022
Hajmi154.01 Kb.
#1009426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sifatni boshqarishga tizimli yondashuv Reja new

3. ISO 9000 xalqaro standarti asosida sifatni boshqarish yondashuvlari va nazariy fikrlarning uyg‘unlashtirilishi.
1.I.S.O. (inglizcha – I.S.O. – International Organization for Standardization) – Xalqaro standartlashtirish tashkiloti. Uning tarixi 1906 yilga borib taqaladi, shu yili xalqaro (IEC – International Electrotechnical Commission) elektrotexnik komissiya tashkil topgan. So‘ngra 1926 yildan 1942 yilgacha ko‘proq tarmoqlarni o‘z nazoratiga olgan xalqaro standartlashtirish assotsiatsiyasi tashkil qilingan (International Federation of National Standartizing Associations - ISA). 1946 yil London shaxrida sanoati rivojlangan 25 ta davlatdan kelgan delegatlar ishtrokida, sanoat standartlarini takomillashtirish va unifikatsiyalash masalalari muxokama qilinadi va tashkilot ISO nomini oladi (Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot). Tashkilot 23 fevral 1947 yilda o‘z faoliyatini boshlaydi. Hozirgi kunda xalqaro standartlashtirish tashkiloti 140 dan ortiq davlatlarni o‘z qatoriga qo‘shgan, uning shtab kvartirasi SHveysariyaning Jeneva shaxrida joylashgan. ISO tashkilotiga har bir davlatdan bittadan mutaxassis a’zo bo‘lib kirishi mumkin. Xalqaro ISO standartlari tarkibida 5 ta asosiy standartlari versiyasi mavjud:

  1. ISO–9000: 2000 “Sifat menejmenti sistemasi” – bunda sifat menejmentining umumiy prinsplari, ISO – 9000 seriyasiga kiruvchi asosiy qoidalarni va tarmoqning o‘ziga xos belgilari, atamalarini aniqlaydi.

  2. ISO – 9001 : 2000 “Sifat menejmenti sistemasi talablari” sifat menejmenti sistemasi talablarini belgilaydi, xujjatlashtiradi, ishlab chiqaradi. Ushbu standart sifat menejment sistemasi maqsadlarni, oddiy va sertifikatlash tamoyillarini ishlab chiqadi.

  3. ISO 9004 : 2000 “Sifat menejmenti sistemasi. Faoliyatni yaxshilashga qaratilgan”dir. U metodik ko‘rsatmalar va faoliyatni yaxshilovchi asosiy tamoyillarni ishlab chifadi. Bu standartda tavsiya etilgan talablar ISO – 9001 : 2000 nisbatan ancha takomillashgandir. Unda korxona va tashkilotlar faoliyatini “Sifat menejmenti” asosida yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq ishlanmalar keltirilgan. Yuqoridagi standart sertifikatashtirishga va normativ xujjatlarni ishlab chiqishga, texnik reglamentlarni va turli kontraktlar tuzishga qaratilmagan.

  4. ISO 19011 : 2000 sifat menejmenti sistemasi bo‘yicha audit ko‘rsatmalari yoki “Ekologik menejment” sistemasiga oid normativ tavsiyalar, audit bo‘yicha ishlanmalar, auditni olib borishda kafolatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.

  5. ISO – 10012 : 2000 “O‘lchov – metrologiya menejmenti tizimi”. O‘lchov jarayonlari va o‘lchov asbob uskunalariga bo‘lgan talablarni boshqarish va ularni takomillashtirishga qaratilgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi standartlariga muvofiq ISO 9000 : 2001 sifat menejmenti sistemasida asosiy shartlar va lug‘atdir.

Respublikamizda Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22.02 dagi 83 - sonli qarorida sifatni boshqarishda xalqaro standartlarni joriy etish tadbirlari ishlab chiqilgan. Qarorda ko‘zda tutilgan asosiy masala tovar va xizmatlarni raqobatbardoshligini, ichki va tashqi bozorni xalqaro standart talablariga javob beradigan tavarlar bilan ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi xududlarida faoliyat yurituvchi 200 dan ortiq korxona va tashkilotlar maxsulotlari 2004 – 2006 yillar ichida ISO – standartlari talablariga javob berishini ta’minlash masalasi qo‘yilgan bo‘lib, 2007 yilda ularning 140 tasi ISO standartlari asosida maxsulot ishlab chiqara boshladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29.08 183 – sonli qarorida yurtimizda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxona va tashkilotlarda “Sifat menejmenti” tizimini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, ular xozirda amalga oshirilgan (2009).
“Sifat menejmenti” tizimi joriy etilayotgan soxalar ichida eng ustivor yo‘nalish xisoblangan “Oziq-ovqat tovarlari xavsizligini ta’minlash” bo‘yicha ISO – 22000 : 2005 seriyasi, O’zDST, ISO – 9004:2002 – “Sifat menejmenti” asosida faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar majmuidan iboratdir.
Tovar va xizmatlar raqobatbardoshligini, mahsulotni xalqaro bozorda o‘z o‘rnini topishi uchun “O‘zdavstandart” agentligi qoshida mustaqil faoliyat yurituvchi “Sifat menejmenti” tizimini joriy etish bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, u o‘zini ijobiy natijalarini bermoqda.


Download 154.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling