IV. Xisoblash qismi
4.1 Xisoblash uchun vazifa
Boshqariluvchi to’g’rilagichni hisoblash. Tanlangan kuch sxemasini asoslang. Tiristorlarning RC zanjirlarini tanlang va hisoblang. Moslovchi transformator hamda filtr elementlari ko’rsatkichlarini aniqlang. Kuch sxemasini tanlashda transformatorning FIK 95% deb oling.
To’g’rilagichning rostlanuvchi tavsifini hisoblang va quring (haqiqiy qiymatlarda).
To’g’rilagichning tashqi tavsiflari majmuasi boshqaruv burchagining α = 0°, α =30°, α = 60° qiymatlari uchun hisoblansin va qurilsin. To’g’rilagichning tashqi tavsiflarini hisoblashda ventillar kommutatsiyasi hisobga olinsin. Bunda ta’minot manbai va transformator qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil etuvchisini 10% deb olinsin. Kuchlanishning aktiv tashkil etuvchisi hisobga olinmasin.
To’g’rilagich tiristorlarining boshqaruv tizimi funksional sxemasi ishlab chiqilsin va to’g’rilagich kuch sxemasining ishlashini boshqaruv tizimi funksional sxemasi bilan birgalikda bayon etilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |