Mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo’lgan vazifalar
«Signallarga raqamli ishlov berish» fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil
etishda quyidagi vazifalarni bajarishlari lozim:
- fanga doir darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanning alohida bo’limlari va
mavzularini o’rganish;
- tarqatma materiallar asosida ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
- o’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan dasturiy tizimlari bilan
ishlash;
- qo’shimcha adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- Axborot-kommunikatsion texnologiyalarining yangi texnik vositalari va
texnologiyalarini o’rganish;
-
o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan bo’limlar yoki
mavzularni chuqur o’rganish;
- zarur ma’lumotlarni izlab topish uchun qulay usullarni va vositalarni aniqlash;
- axborot manbalaridan samarali foydalanish;
-
an’anaviy o’quv va ilmiy adabiyotlar hamda me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
- elektron shakldagi o’quv va ilmiy adabiyotlar hamda ma’lumotlar banklari
bilan ishlash;
- Internet tarmog’idan maqsadli foydalanish;
- topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish;
- ishlab chiqilgan yechim, loyiha yoki g’oyani asoslash va talabalar davrasida
himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |