Silindrik uzatma Konussimon tishli uzatma
Download 89.5 Kb.
|
Chervyakli uzatma
Chervyak o’ramlarining shakliga qarab silindrik (5.8-shakl, a) va goloboidli (5.8-shakl, b) bo’ladi. Silindrik chervyak koprok ishlatiladi. Chervyak bir kirimli va ko’p kirimli bo’lishi mumkin. Tishli uzatmada chervyakning o’ramlar soni shesternyaning tishlar sonidek bir xil axamiyatga ega. Shuning uchun chervyakli uzatmada uzatishlar soni U=Z2/Z1, bu yerda Z1 - chervyak o’ramlari soni. Odatda Z1=l ÷ 4. Chervyakli uzatma o’qlari fazoda ko’pincha 90°burchak ostida ayqash bo’ ladi. Chervyakning o’q kesimi (chervyak o’qidan o’tuvchi tekislik bilan kesganda uning o’rami profili)ni burchagi a=20° (5.9-shakl). Chervyakning o’q modeli m chervyak g’ildiragining ko’ndalang (tortsevoy) (chervyak g’ildiragi) moduliga teng; m=p/π, bu yerda p-chervyakning o’q qadami. Modulning qiymati GOST 19672-96 ga mos kelishi kerak. Chervyakning tish boshi balandligi h11 va Tish oyog’i balandligi h111; Chervyakning bo’luvchi silindrik diametri d1 d1 = mz1/tg γ z1/γ tg=q bilan belgilaymiz. U vaqtda d1=mq, q-chervyakning boshlang’ich (bo’luvchi) diametrida modullar soni yoki chervyak diametri koeffitsienti. q ning qiymati GOST 19672-96 ga mos kelishi kerak. m, q va z1 larning parametrlarini bir-biriga mosligi GOST 2144-96 da keltirilgan. Chervyak diametri koeffitsienti bilan chervyak moduli orasidagi bog’liqlik 5.4-jadvalda berilgan. Silindrik chervyakning chizmasi 5.11-shaklda berilgan. Chervyak o’q bo’ylab kesilgandagi mahalliy qirqim qo’llab bitta proyeksiyada tasvirlanadi. Chervyak g’ildiragining qirqimi va chapdan ko’rinishi beriladi. Chapdan ko’rinishi o’rniga val uchun teshikni tasvirlashga yo’l qo’yiladi (5.10-shakl). Chervyakli uzatma (shakl) chervyak va chervyak g’ildiragidan iborat. Chervyak - trapetseidal shaklda kesilgan vint; chervyak g’ildiragi esa maxsus shakldagi qiyshiq tishlardan iborat. Chervyak g’ildiragining o’q bo’ylab kesimi chervyak o’ramlarini qisman qoplab oluvchi gayka shaklida, chervyak esa chervyak g’ildiragi bilan ilashib kiradigan tishli reyka shaklida bo’ladi. Chervyakli uzatmaning konstruktiv elementlari chervyak o’ramlari soni z1, bo’luvchi diametrida modullar soni q, chervyakning (chervyak g’ildiragining kondalang (tortsevoy)) modeli m va chervyak g’ildiragining tishlar soni z2 bo’yicha 5.5-jadvaldan foydalanib aniqlanadi. Engillashtiruvchi teshik diametri de. t va teshiklarning markazlari joylashgan aylana diametri d3 silindrik tishli g’ildirakdagidek aniqlanadi. Chervyak va chervyak g’ildiragining shartli tasviri GOST 2402-96 da, bu detallarning ish chizmasini bajarish qoidalari GOST 2406-96 va GOST 2407-96 da berilgan. Chervyakli uzatmani qirqimini chizish uchun chervyak va chervyak g’ildiragining o’qlari orasidagi masofaga teng oraliqda chervyak va chervyak g’ildiragining gorizontal o’qlari chiziladi (5.12-shakl). So’ngra bu o’qlarga perpendikulyar qilib chervyak g’ildiragining simmetriya o’qi hamda chervyakning vertikal markaz chizig’i hisoblangan vertikal to’g’ri chiziq o’tkaziladi. Bir vaqtning o’zida chapdan ko’rinishini chizish uchun gorizontal o’qlarni davom ettirib, chervyak va chervyak g’ildiragi uchun umumiy bo’lgan vertikal markaziy chiziq o’tkaziladi. Chervyakli uzatmaning o’lchamlarini 5.5-jadvaldan foydalanib aniqlab, chervyak va chervyak g’ildiragi ikkita proyeksiyada tasvirlanadi. Ilashishda g’ildirak va chervyak tishlari orasida oraliq (radial (radius bo’ylab) zazor) bo’lishi kerak. Chervyakli uzatmaga oid amaliy ish 5.12-shakl da ko’rsatilgandek bajariladi. Bu ishga oid topshiriq variantlari 5.6- jadvalda berilgan. Xulosa Tishli mexanizamlarni hisoblashda tishlarni qiyalik burchgi va va uning giometrik o’lchmlaridan kelib chiqqan holda tish moduli va tishlar soni,tishlarni qiyalik burchaklari tishli g’ildirak va shestrnalarni ichki,asosiy va tashqi aylana diamertlariga bo’g’liq ravishda uzatishi mumkin bo’gan quvvat orasidagi bog’lanishni ko’rib chiqdi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki tishli uzatmalarda uzarish soni va quvvatni doimiy ravishda saqlab qolish uchun tishli g’ildiraklarni diamaerni doimo kattalashtish fayda keltirmasligini aksincha tishli g’ildiraklar sonini ortish ham yaxshi natija berish mumkin ekanligni yuqorida keltrilgan jadvalardan ham ko’rish mumkin. Adabiyotlar: Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling