Simfonik orkestr


Download 230.15 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi230.15 Kb.
#1105825
  1   2   3
Bog'liq
Simfonik orkestr


Simfonik orkestr - torli, puflama va urma cholgu asboblardan tuzilgan eng boy va murakkab turdagi orkestr. Uning shakllanishida Yevropada tarqalgan cholgʻu asboblari hamda xalq va professional cholgʻu ansambllari muxim rol uynagan. 18-asrning 2-yarmida klassik Simfonik orkestr tashkil topgan; u kichik Simfonik orkestr deb ham yuritiladi. Unga 8— 10 birinchi va 4—6 ikkinchi skripka, 2—4 alt, 3—4 violonchel, 2 kontrabas, 2 tadan fleyta, goboy, klarnet, fagot, valtorna, keyinchalik, 2 truba va litavralar kirgan. 19-asrda mazkur orkestrga boshqa cholgʻular (mas, trombonlar, tuba va boshqalar) qoʻshilishi hamda ijrochilar soni (mas, birinchi skripkalar 14—16 tagacha) kupaytirilishi natijasida katta Simfonik orkestr paydo boʻlgan. 19va 20-asrda Simfonik orkestr tarkibi uziga xos tembr va ifodaviy imkoniyatlarga ega boʻlgan boshqa (mas, kichik va basklarnetlar, arfa, chelesta, organ, fortepiano, ayniqsa, turli urma cholgʻular va boshqalar) musiqa asboblar hisobiga kengaytirilgan.
Simfonik orkestr orkestr turlari ichida butun dunyoga keng tarqalganligi bilan barchaga ma’lum. Uning tarkibiga kiradigan cholg‘ular va ijro yo‘nalishlari asosan XVIII asrda shakllangan. Nemis bastakori – Lyudvig Van Betxoven, rus bastakori Pyotr Ilich Chaykovskiy, o‘zbek bastakori Mirsodiq Tojiyevlar simfonik orkestr uchun yuksak ijod namunalarini yaratib, simfoniya, konsert, poema, uvertura kabi janrlardagi asarlarni avlodlarga qoldirishdi. Bu orkestr uchun ko‘plab yangi bastakorlar ham namunali asarlar yaratib kelmoqda. Simfonik orkestrda cholg‘ular 4 guruhga bo‘linadi va partiturada
yuqoridan pastga quyidagicha joylanadi:
– Yog‘och damli cholg‘ular;
– mis damli cholg‘ular;
– urma-zarbli cholg‘ular;
– torli-kamonli cholg‘ular.
Torli-kamonli cholg‘ular guruhi – orkestrning eng asosiy guruhi
hisoblanadi. Bu guruhga I, II skripkalar, alt, violonchel, kontrabaslar
kiradi va ular 5 ta nota qatorlarini egallab, partituralarning eng pastki
qismidan joy olgan. Sanab o‘tilgan cholg‘ular asarning asosiy kuy
yo‘llarini ijro etish bilan birga yo‘ldosh ohanglar va usul-garmoniya
ko‘rinishlarida jo‘r bo‘lishlari ham mumkin.
Orkestr (qadimgi yunoncha: ὀρχήστρα - orchestra — yunon teatrida sahnaning old maydonchasi) — musiqa asarini birglalikda ijro etuvchi cholgʻu asboblari yigʻindisi va shu asboblarni chaluvchi musiqaschilar kollektivi. Orkestr kamer ansambldan dirijor tomonidan boshqarilishi va baʼzi partiyalar yakka sozlarda emas, balki sozandalar guruhi tomonidan ijro etilishi bilan farqlanadi. Sozlarning turlari va tuzilishiga koʻra, orkestlar simfonik orkestr, xalq cholgʻu asboblari orkestri, kamer orkestr, puflamalar orkestri, torli cholgʻular orkestri, estrada orkestri, jaz orkestri va boshqa turlarga boʻlinadi. Oʻzbekistonda orkestrlarning barcha turlari mavjud.
O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrining zarbli cholg'ular guruhida — doira, nog‘ora, qayroq, safoyil kabi o‘zbek xalq cholg‘u sozlari bilan birga Ovro'pa sozlari — litavralar, baraban, tarelka kabilami ham uchratish mumkin. Bastakorlar va orkestr uchun cholg‘ulashtiruvchi mutaxassislar, partiturasi yozilayotgan asar xarakteriga, obraziga qarab zarbli cholg‘ulami tanlashadi. Masalan: to'yni aks ettiruvchi asarlarda nog‘ora, qo‘shiqlarda doira, xorazmcha raqsda qayroq, uyg'urcha kuyda safoyü ishlatüsa ayni muddao bo'ladi. Yevro‘pa cholg'ulari ham yangrayotgan musiqani yanada boyitadi.

Download 230.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling