Simsiz sensor tarmoqlari. Simsiz sensor tarmoqlari, xizmatlari va qo‘llanilish sohalari. Sensor tarmoqlarining qurilish usullari, qo‘llaniladigan texnologiyalari va protokollari. Reja
Simsiz sensorli tarmoqlar topologiyalari va turlari
Download 169.8 Kb.
|
jDdexSwFFerLKnZyGawTw7vcSv3sLjr1
Simsiz sensorli tarmoqlar topologiyalari va turlari
Yulduzli topologiya ko’rinishida tashkillashtirilgan simsiz sensorli tarmoqlarda har bir tugun to’g’ridan-to’g’ri shlyuzga ulanadi. Bitta shlyuz bir nechta uzoqlashtirilgan tugunlarga xabar yuborishi yoki qabul qilishi mumkin va tugunlar birbiriga xabar yuborishiga yo’l qo’yilmaydi. Bu uzoqlashgan tugun va shlyuz (tayanch stantsiya) o’rtasidagi xabar yuborishini tezlashtiradi . 2-rasm. Simsiz sensor tarmoqning yulduz topologiyasi shaklida tashkillashtirilishi Tarmoqni boshqarish bitta tugunga bog’liq ekanligi sababli, shlyuz barcha alohida tugunlarning signal uzata olish doirasi ichida bo’lishi kerak. Bunday tarmoqning afzalligi uzoqlashtirilgan tugunda energiya sarfining kamligi va ularni boshqarishning soddaligida beriladi. Tarmoqning hajmi shlyuzga bog’langan ulanishlar soniga bog’liq. Daraxt topologiyasi kaskadli yulduz topologiyasi deb ham nomlanadi. Daraxt topologiyalarida har bir tugun xabarlarni daraxt bo’yicha yuqorida turgan tugunga uzatadi, o’z navbatida oraliq tugun ham o’zidan yuqoridagi tugunga xabarni uzatadi. Shu tarzda xabar shlyuzga borgunga qadar tarmoq bo’yicha uzatiladi. Daraxt topologiyasining asosiy afzalligi shundaki, tarmoqni masshtablash yengillik bilan amalga oshiriladi, bundan tashqari tarmoqdagi xatolarni aniqlash osonlashadi. Ushbu tarmoqning kamchiliklaridan biri shinali tarmoqdagi kabi bo’lib, agar tugunlardan biri tarmoqdan biror sabab (masalan, energiya uzilishi) tufayli uzilib qolsa butun tarmoq ishdan chiqadi. Yacheykali topologiyada xabar uzatishlar bir tugundan ikkinchisiga uzatiladi, uzatish amalga oshishi uchun yuboruvchi tugun qabul qiluvchi tugunning uzatish radiusi orasida bo’lishi kerak. Boshqacha aytganda, biror tugun o’zidan uzoqda (uzatish radiusidan olisda bo’lgan) manzillangan tugunga (shlyuzga) xabar uzatishi uhun bir yoki bir necha oraliq tugunlar kerak bo’ladi. Bunday topologiyaning afzalligi uning osonlik bilan izolyatsiyalanishi va tarmoqda vujudga kelgan xatoliklarni yengillik bilan aniqlanishida beriladi. Kamchiligi esa tarmoq katta bo’lishi maqsadga muvofiqligi va uni tashkillashtirish uchun xarajatlarning kattaligini ko’rsatishdir. Muhitga va turlariga bog’liq holda simsiz sensorli tarmoqlar suv va yer ostida, yer ustida va h.k.larda joylashtirilishi mumkin. Quyida simsiz sensorli tarmoqlar turlari keltirilgan: · yer ustida joylashgan simsiz sensorli tarmoqlar · yer ostida joylashgan simsiz sensorli tarmoqlar · multimedia simsiz sensorli tarmoqlar · mobile simsiz sensorli tarmoqlar Simsiz sensorli tarmoqlarning cheklovlarini quyidagi ro’yxatda berish mumkin: · juda kam xotira hajmiga ega (bir necha yuz kilobayt); · kam miqdorda qayta ishlash quvvatiga ega – 8 MGz; · aloqaning qisqa diapazonida ishlaydi – ko’p quvvat sarflaydi; · minimum energiya talab etadi; · Batareyalarning cheklangan muddati Sensorli aloqa tarmog‘ida uzatilayotgan ma'lumotlarning yuqori ishonchliligi va himoyasini ta'minlash uchun aloqa kanalining xususiyatlarini o'zgartirishga, radio qabul qilgichni blokirovka qilishga, ma'lumotlarni ushlab olishga va taqiq qilishga chidamli o'z radio protokollarini ishlab chiqish kerak. Bunday holda, spektrni tarqatish texnologiyalaridan - DSSS (Direct-Sequence Spread Spectrum – To'g'ridan-to'g'ri ketma-ket tarqaladigan spektr) va FHSS (Frequency-Hopping Spread Spectrum –Chastotani tezlashtirish spektri) usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. 3-rasm. Izolyatsiya qilingan sensor tarmoqlari 3-rasmda avtonom va alohida ishlaydigan izolyatsiya qilingan sensor tarmog'i tasvirlangan va u boshqa tarmoqlardan alohida hisoblanadi. Ushbu turdagi sensorli tarmoqlarni tor doirada qo'llaniladigan sensorli tarmoqlar deb tasniflash mumkin.4-rasmda bir nechta sensorli tarmoqlari bo'lgan holat tasvirlangan. Ushbu rasmda ikkitasi mavjud tarmoq interfeysi bilan o'zaro bog'langan tarmoqlar hisoblanadi. Tarmoq interfeysi 3 va 4-rasmlarda va qisqacha 5-rasmda ko'rsatilgandek, sensorlar tarmog'ida turli xil rollarni bajarishi mumkin. 4-rasm. Ulangan sensorli tarmoqlar 5-rasmda magistral tarmoq yoki boshqa elementlar bilan o'zaro bog'liq bo'lgan sensorli tarmoqlar (bu yerda - ikkitasi) ko'rsatilgan. Bunday holda, tarmoq interfeysi sensorli tarmoqlarni boshqa tarmoqlar bilan, ehtimol kirish tarmoqlari orqali o'zaro bog'lashni amalga oshiradi. 5-rasm. Boshqa tarmoqlarga ulangan sensor tarmoq Barcha marshrutlash protokollarini ikki turga bo'lish mumkin: ba'zilarida ulanishning tashabbuskori ma'lumot manbai, boshqalarida esa qabul qiluvchi. Tugun turlariga qarab BSS marshrutlash protokollarining tasnifi yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan. Download 169.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling