Sin Shiuxuandi Maqbarasini qancha odam qancha yil mobaynida bunyod etgan.? 720 ming odam 37 yil mobaynida
Download 15.42 Kb.
|
16 20 mavzular
Sin Shiuxuandi Maqbarasini qancha odam qancha yil mobaynida bunyod etgan.? 720 ming odam 37 yil mobaynida 1. Maqbarada Imperatorni “qo’riqlash” u-n o’rnatilgan nechta spool askarlar haykalchalari ham topilgan? 6 mingta 2. Buyuk dеvor kimning davrida qurilgan ? Sin Shixuandi 3. Buyuk dеvorning o’lchamlari qancha? balandligi 6-10 metr, qalinligi 5-8 metr uzunligi qariyb 4000 km tashkil etadi 4. Buyuk dеvor nima uchun qurilgan? Ko’chmanchi xunlarning hujumlaridan himoyalanish maqsadida 5. Devorni qurish ishlari dastlab qachon boshlangan ? mil. avvalgi IV asrda boshlangan 6. Sin podsholigida dеhqonlarga qarshi qo’zg’alon qachon boshlangan? Millodan avvalgi 206-yilda 7. Qo’zg’alon boshlig’i kim? Lyu Ban 8. Kimning davrida Xan impеriyasi qudratli davlatga aylanadi? U Di 9. Sharqning boshqa davlatlaridagi kabi Xitoyda aholi qanday majburiyatlarni bajargan ? mavjud yerlar hukmdorniki hisoblangan, aholi soliqlar to‘lab, turli mehnat majburiyatlarini bajarishgan. 10. Qizil qoshlilar qo’zg’oloni qachon bo’lgan? milodning boshlarida 11. Xitoydagi II asrdagi eng yirik isyon qaysi ? Sariq ro’mollilar 12. Nimaning natijasida Xan davlati zaiflashdi? Xunnlarhujumlari kuchayishi bilan davlat ham zaifl ashdi. 13. Xan impеriyasi milodiy III asrda nеchta podsholikka bo’linib kеtgan? 3 ta 14. Xitoyda qaysi fanlar rivojlangan? matematika, astronomiya va geografi ya fanlari rivoj topgan. 15. xitoyliklar qaysi sohalarida katta yutuqlarga erishganlar.? me’morchilik va haykaltaroshilik 16. Bundan 2,5 ming yil muqaddam Xitoyda………..? yozuv uchun bambuk o‘rnida shoyidan foydalanishga o‘tildi. 17. Xitoyda qog‘oz qachon ixtiro qilindi.? Mil. avv. I asrda 18. Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri nima bo‘lgan? kompas 19. Xitoyda zilzilani oldindan aniqlab beruvchi qanday asbob ixtiro qilingan. seysmograf 20. Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv.VII-VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda qaysi qabila va elatlar yashagan? so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massagetgabilalari yashaganlar 21. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan ular Yunon yozma manbalarida nima deb atalgan? Sog’diyona 22. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o‘troq dehqon elatlari kimlar ? xorazmliklar 23. So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari kimlar va ular qayerda yashashgan? baq triyaliklar bo‘lib, ular Surxon vohasi, Afg‘onistonning shimoliy, Tojikiston ning janubiy hududlarida yashagan 24. Cho‘llar va Amudaryo (daryoning qadimgi nomi Oks) bo‘ylarida qaysi qabilalari yashagan.? ko‘chmanchi massagetlar 25. O‘rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan kimlar istiqomat qilishgan? saklar 26. qayerlik tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo‘lingan.? Qadimgi yunon-rim tarixchilari 27. saka-tigraxauda, ya’ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar qayerda yashashgan? hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida 28. Ikkinchi guruhi saka-tiay-taradarayya, ya’ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar qayerlarda yashagan ? Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning (qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. 29. saka-xaumovarka deb ataluvchi ya’ni muqaddas ichimlikka sig‘inuvchi saklar qayerda yashagan ? Pomirning tog‘li tumanlarida va Farg‘onada 30. Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg‘uloti nima bo’lgan? chorvachilik 31. Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida qachon qadimgi shaharlar rivojlangan.? mil. avv. VII-VI asrlarda 32. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oid O’rta Osiyoda mavjud shaharlarni anihlang?Afrosiyob (Samarqand), Yerqo’rg’on va Uzunqir (Qashqadaryo vodiysi), Ko’zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo) 33. Afrosiyob shahri qachon barpo etilgan? Millodan avvalgi VIII –VII asrlarda 34. Afrosiyob shahri qayеrda joylashgan? Samarqand shahrining sharqiy chekkasida 35. Qadimiy Baqtriya davlati qachon vujudga kelgan. ? Mil. avv. VII asrda 36. Qadimgi Xorazm markazlaridan birini aniqlang? Ko’zaliqir shahri 37. O’zbеkistondagi qadimgi shaharlar yoshi qanchaga tеng? 2700 yildan kam emas 38. Qadimgi Xorazmda qaysi sohalar yuksak darajada rivojlangan? hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq 39. qaysi buyumlarining dovrug‘i o‘zga yurtlarga ham tarqalgan edi.? Mahalliy kulolchilik, qurolsozlik, zargarlik 40. O‘rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi? Mil. avv. 1- ming yillikda 41. Zardushtiylar nimalarni muqaddas bilishgan? olov, tuproq, suv va yulduzlarga 42.Zardusht qachon yashagan? mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan 43. Zardushtni Yunonistonda kim sifatida bilishgan? donishmand, munajjim sifa- tida bilishgan 44. Zardusht nechi yoshida payg‘ambar bo‘ladi? 30 yoshida 45.Payg‘ambar so‘zining ma’nosi nima? «ezgu amallar ha- qida xabar beruvchi» 46. Zardushtning so‘nggi va’zlari kimlar tomonidan yozib olingan? din xizmatchilari – kohinlar tomonidan 47. Avesto so‘zining ma’nosi? Qattiy belgilangan qonun qoidalar 48. Avestoning ilk qismlari qachon paydo bo‘lgan ? mil. avv. IX – VIII Asrlarda
49. Zardushtning va‘zlari qachon 21 ta kitobga jamlangan? mil. avv. IX – VIII asrlarda 50. Kim ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilgan? . Fransuz olimi A.Dyuperron 51. Axuramazda qanday Xudo ? zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. 52. Mitra qanday Xudo? Quyosh va yorug‘lik xudosi 53. Ahriman qanday Xudo ? yovuzlik va o‘lim xudosi 54. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi? ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amaldan iborat 55. Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra........? yolg‘on so‘zlamaslik, aldamaslik, va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish lozim edi. 56. Download 15.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling