Sinergetika avtotebranmali jarayonlar
Download 85.5 Kb.
|
SINERGETIKA AVTOTEBRANMALI JARAYONLAR
Kibernetika – bu to‘g‘ri va teskari aloqaga ega murakkab tizimlarni o‘rganuvchi fandir. U matematika, texnika va neyrofiziologiya o‘rtasida vujudga keldi. Kibernetikaning asoschisi amerikalik matematik N.Viner 1948 yilda “Kibernetika” kitobini chop etdi. Kibernetika fanining o‘zining xosligi uni tizimlarini takshil etgan moddalar tarkibi va tizimlarini o‘rganmasdan ushbu sinfga mansub tizim ishining natijalarini tadqiq etish bilan bog‘langan. Kibernetikada “axborot” tushunchasidan birinchi marta foydalanildi.Kibernetika – bu to‘g‘ri va teskari aloqaga ega murakkab tizimlarni o‘rganuvchi fandir. U matematika, texnika va neyrofiziologiya o‘rtasida vujudga keldi. Kibernetikaning asoschisi amerikalik matematik N.Viner 1948 yilda “Kibernetika” kitobini chop etdi. Kibernetika fanining o‘zining xosligi uni tizimlarini takshil etgan moddalar tarkibi va tizimlarini o‘rganmasdan ushbu sinfga mansub tizim ishining natijalarini tadqiq etish bilan bog‘langan. Kibernetikada “axborot” tushunchasidan birinchi marta foydalanildi. Kibernetika axborot bilan tizimning boshqa ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlaydi. Jumladan, entropiyaning kuchayishi bilan axborot kamayadi va aksincha, entropiyaning pasayishi axborotning kuchayishiga sabab bo‘ladi. Axborotni entropiya bilan aloqadorligi axborotni energiya bilan ham aloqasi borligidan dalolat beradi. Energiya mexanik, issiqlik, elektromagnit, kimyoviy, gravitatsion va yadro shaklidagi har xil turdagi harakat va o‘zaro aloqadorlikning umumiy mezonini ifodalaydi. Axborot esa tizimlarni xilma-xilligining mezonini ifodalaydi. Tizimning bu ikki fundamental parametrlari bir-biridan nisbatan ajragan holda joylashgan. Axborotni uzatuvchi signalning aniqligi, signalni uzatish uchun sarf bo‘lgan energiya miqdoriga bog‘liq emas. Shunga qaramasdan, energiya va axborot bir-biri bilan bog‘langandir. Axborot tizimi xilma-xilligi kuchayishi bilan oshib boradi. Bunda uning xilma-xillik bilan bo‘lgan aloqasi tugamaydi. Kibernetikaning asosiy qonunlaridan, “zaruriy xilma-xillik qonuni” hisoblanadi. Har qanday tizimni samarali boshqarish, boshqaruvchi tizimda mavjud xilma-xillik boshqaruvchi tizimnikidan ustun bo‘lgandagina mumkin.Axborot tizimi xilma-xilligi kuchayishi bilan oshib boradi. Bunda uning xilma-xillik bilan bo‘lgan aloqasi tugamaydi. Kibernetikaning asosiy qonunlaridan, “zaruriy xilma-xillik qonuni” hisoblanadi. Har qanday tizimni samarali boshqarish, boshqaruvchi tizimda mavjud xilma-xillik boshqaruvchi tizimnikidan ustun bo‘lgandagina mumkin. Kibernetikaning ahamiyati juda ko‘p sohalarda tan olingan. Kibernetikaning falsafiy ahamiyati ushbu fanni dunyo to‘g‘risida aloqa, boshqarish, axborot, tashkil etilganlik, aks aloqa, maqsadga muvofiqlik, ehtimollik va boshqalarning ahamiyatiga asoslangan holda yangi tasavvur berishi bilan bog‘langan. Kibernetikaning asosiy ahamiyati uni jamiyatni bir butun tashkil etganligi to‘g‘risidagi yangi tasavvur berishi bilan asoslanadi. Fanning umumiy ilmiy ahamiyati uch yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, kibernetika boshqarish, murakkab dinamik tizim va boshqa shunga o‘xshash jihatlar to‘g‘risida tushunchalar beradi. Ikkinchidan, fanga ehtimollik, statistik, modellashtirish va boshqa yangi tadqiqot usullarini taqdim etdi. Uchinchidan, “signal-javob” funksional yondoshuvi asosida kibernetika tizimlarining ichki tuzilishi va tarkibi to‘g‘risida gipotezalarni shakllantiradi. Download 85.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling