Tashkiliy qism: 2 daqiqa.
Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish.
Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa.
Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi:
1. Xalq deputatlari Kengashi qanday muammolarni hal etadi?
2. Xalq deputatlari Kengashiga kim rahbarlik qiladi?
3. Hokimlar faoliyati qanday tamoyillarda amalga oshiriladi?
4. Hokimlar xalq deputatlari Kengashini boshqargan holda qanday muammolarni hal etadi?
5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari hokimiyatning qanday organlariga hisobot beradi?
6. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari kimlar tomonidan tayinlanadi?
7.Hokimlarning asosiy vazifasi nimalardan iborat?
Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa.
Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi:
1. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va huquqiy maqomi.
2. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo`nalishlari.
3. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari huzuridagi komissiya faoliyati.
Mustahkamlash: 10 daqiqa.
Mavzu “Aqliy hujum” va “savol javob” usulida mustahkamlanadi:
1. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
2. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarini kim boshqaradi va u necha yilga
saylanadi?
3. Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarida qanday komissiyalar tuziladi?
Dars yakuni: 3 daqiqa.
Uyga vazifa: 2 daqiqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |