Sinf: 4 Fan: Matematika Mavzu


Download 25.67 Kb.
bet2/2
Sana06.11.2023
Hajmi25.67 Kb.
#1750826
1   2
Bog'liq
4-sinf Matem. O`tilganlarni mustah.

Uyga vazifani tekshirish:

533-mashq.
Savollar: To‘g‘ri to‘rtburchakni chizish uchun qanday ma’lumotlar kerak bo‘ladi? Boshqa tomonining uzunligini qanday topdingiz? To‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomoni haqida nima deyish mumkin?



  1. Darsning maqsadini bayon etish.

  2. 534-masalani yechish.

Bolalar masala matnini va uni yechish rejasini o‘qiydilar. Daftarlariga masalaning yechilishini yozadilar.
Savollar:

  • Sonning to‘rtdan bir qismi qanday topiladi? Birinchi kuni qancha gazlama sotilgan? Nima uchun shunday deb o‘ylaysiz?

  • Nima uchun ikkinchi amaldan ayirish amalini bajardingiz? Bu nimani bilish uchun kerak bo‘ladi?

  • Masalaning savoliga qanday javob berdingiz?




  1. Guruhlar bilan ishlash.

O‘qituvchi o‘quvchilarni olti kishidan iborat guruhlarga ajratadi. (Buni dars boshlanishidan oldin amalga oshirish mumkin). O‘qituvchi resurslarda ko‘rsatilgan topshiriqli kartochklarni tarqatadi. Bolalar topshiriqlarni bajaradilar (misollarda faqat amallarning bajarilish tartibini ko‘rsatadilar, ularni yechish shart emas). Tenglamalar dafratlarda yechiladi. Javoblari A-3 o‘lchamli qog‘ozga yoziladi. Yechimning to‘g‘riligi muhokama etiladi.



  1. Taqdimot.

Har qaysi guruh o‘z javobini doskaga yoki devorga osib qo‘yadi. Guruhning bir vakili nima uchun amallarning bajarilish tartibi aynan shunday qo‘yilganligini tushuntiradi, ikkinchisi shu kabi tenglamalrni yechishda qanday mulohaza yuritish kerakligini aytib o‘tadi.



  1. Muhokama.

  • Tenglamani yechish nima degani?

  • Siz tenglamani yechishda qanday qiyinchilikkka duch keldingiz?

  • Bugun darsda sizga kim va qanday yordam berdi?

  • Siz o‘z o‘rtoqlaringizning ishini tekshirganingizda nimani his qildingiz?

  • Siz bugun darsda nimalarni o‘rgandingiz?




  1. Kengaytirish.

O‘qituvchi bolalarga 535-masala matnini o‘qishni uning yechilishini va quyidagi qo‘shimcha savolga javob berishni taklif etishi mumkin. “Agar noklar uchun bog‘ning to‘rtdan bir qismi ajratilgan bo‘lsa, ular qancha maydonni egallagan?”



  1. 510-mashq misollarni sharhlab yechish.

Misolni daftarga ko‘chirib yozish shart emas, faqat amallarni bajarish kifoya.



  1. Baholash.

O‘qituvchi baholashda guruh ishlarining natijalariga tayanadi, faol o‘quvchilarni baholab, rag‘batlantiradi.
U yga vazifa. 511-512-misol va masalalar

Download 25.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling