Sinf 6-b o’tibdo’


Download 30.65 Kb.
Sana06.02.2020
Hajmi30.65 Kb.

Sinf




6-B

O’TIBDO’_____________________

O’tilgan sana








Mavzu: Yog’ochlarning fizikaviy xossalari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari.

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yog’ochlarning fizikaviy xossalari haqida umumiy ma’lumot berish.

Ta’limiy maqsad: O’quvchi yoshlarni mehnatsevarlik, vatanparvarlik, ona vatanga, ota-onaga, do’stlarga mehrga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar tasavvurida duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo’yoqlar turlari, xususiyatlari hamda ishlatilish sohalari haqida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish



Dars turi:Yangi bilim beruvchi. Bilimlami mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi

Dars uslubi: Tushuntirish, suhbat, tezkor savol - javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “Tushunchalar tahlili”, “BLITS savol” va shu kabi metodlar.

Dars jihozi: texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari, shablonlar, mehnat qurollari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism: a) Saiomlashish b) Davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko‘rish

II. Uyga vazifaniso'rash: a)Savol - javob o‘tkazish b)Topshiriqlami tekshirish c) o‘quvchilami baholash

III. Yangi mavzu bayoni:

Materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarkibini o’zgartirmaydigan xossalar yog’ochning fizik xossalari deb ataladi.

Yog’ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirida bo’kishi, quruvchanligi, nam o’tkazuvchanligi, issiqlik o’tkazuvchanligi, tovush o’tkazuvchanligi, elektr o’tkazuvchanlikdan iborat.

Yog’och rangi. Yog’och materallarining turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muhim xossalardan biri uning rangi hisoblanadi. Yog’ochning rangi, avvalo, uning turiga va o’sish sharoitiga bog’liq. Qayin, tol, arg’uvon, terak, archadan olinadigan yog’ochlar oqish rangli bo’lib, nursiz izlari bo’ladi. Eman, shumtol – jigarrang; qoraqayin, akatsiya – oq qizg’ish; yong’oq, qayrag’och qoramtir bo’ladi.

Yog’ochning tovlanishi. Yog’och o’zak nurlari tufayli, ularning yo’nalishi va zichligiga bog’liq holda tovlanadi. Yog’och tovlanishini sun’iy ravishda orttirish uchun loklash va mumlash ishlari bajariladi.

Yog’ochning tabiiy guli (teksturasi). Randalash vaqtida yog’och tolalari, o’zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog’ochning tabiiy guli namoyon bo’ladi.

Yog’ochning hidi. Yog’och undagi smolalari, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog’liq holda har xil hidli bo’ladi. Yangi kesilgan yog’ochning o’zak qismi o’tkir hidli bo’ladi. Yog’och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o’zgarib ketadi. Hidning o’zgarishi yog’ochning buzilishiga ham bog’liq.

Yog’ochning namligi. Namlik daraxtning hayoti va uning o’sishi uchun kerak bo’lgan asosiy omillardan biridir. Namlik – daraxtning o’sish sharoitiga va turiga, yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritilmaganiga qarab oz yoki ko’p bo’ladi.

Yog’ochning qurishi. Yog’ochda erkin va bog’langan suvlar bo’ladi. Yog’ochning ichki bo’shliqlarini, ya’ni hujayralar ichidagi hujayralar orasidagi fazoni to’ldiruvchi suvlar erkin yoki kapillar namlik, hujayra pardalari tomoniddan shimilgansuvlar bog’langan yoki gigroskopik namlik deyiladi.

Yog’ochning nam tortib bo’kishi. Agar quruq yog’ochni zax xonalarda yoki ochiq havoda saqlasa, u nam tortib bo’kadi va o’lchamlari, hajmi, og’irligi ortadi, shakli o’zgaradi.

Yog’ochning zichligi. Yog’ochning bu xossasi uning og’irligiga aloqador bo’lib, yog’ochdagi nam va havo miqdoriga bog’liq. Yog’ochda nam va havo qanchalik kam bo’lsa u shunchalik zich bo’ladi.

Yog’ochning tovush o’tkazuvchanligi. Yog’ochning tovush o’tkazuvchanligi deb, yog’ochning tovushni o’tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog’ochning tovush o’tkazish qobiliyati yuqori. Yog’och tolalari yo’nalishi bo’yicha tovushni havoga nisbatan 15-18 marta, eni bo’yicha 3-6 marta tez o’tkazadi.

Yog’ochning issiqlik o’tkazuvchanligi. Yog’ochning issiqlik o’tkazish qobiliyatiga issiqlik o’tkazuvchanlik deyiladi. Yog’och boshqa materiallarga qaraganda issiqlikni yomon o’tkazadi.

Duradgorlik yelimlari. Duradgorlikda yasaladigan buyumlarning barcha tirnoqli brikmalari yelim bilan birlashtiriladi. Yelim yog’och to’qimalari orasidagi bo’shliqlarga kirib qotadi va shu tariqa yelimlanayotgan sirtlar son – sanoqsiz iplar bilan tikilgandek bo’ladi. Bunda o’zaro biriktirilayotgan sirtlar orasida yupqa yelim plyonkasi vujudag keladi. Duradgorlik buyumining mustahkamligi ana shu plyonkaning qattiqligiga bog’liqdir. Shuningdek, yelimlashning mustahkamligi yopishtirilgan sirtlarga yelim eritmasining bir xil singishi, ana shu sirtlarning zichlashib turishiga ham bog’liq bo’ladi. Taxta yelimi va kazein yelimi duradgorlikda eng ko’p ishlatiladi.

Taxta (duradgorlik) yelimi hayvonlarning suyagi, tuyog’i, shoxi, tog’aylari va terisidan jigarrang plitkalar shaklida tayyorlanadi. Yelimlining sifatini uning shaffofligiga qarab aniqlash mumkin. U qanchalik tiniq bo’lsa, shunchalik sifatli bo’ladi.

Taxta yelimini ishlatishga tayyorlash uchun uni suvda bo’kkunicha 10-12 soat ivitiladi, so’ngra yelim qaynatkichda qaynatiladi. Yelim qaynatkich bir – birining ichiga qo’yiladigan ikkita metal idishdan iborat bo’lib, yelim kuyib ketmasligi uchun katta (tashqi) idishga suv quyiladi, kichik (ichki) idishga yelim solinadi. Yelim qaynatkich taxminan 70-800C gacha qizdiriladi. Ana shu darajadagi haroratda yelim eriydi. Yelim qaynatkichni elektr plitada, kerogaz va hokazolarda qizdirish mumkin.

Yelim qaynatkichda qattiq qaynab ketmasligini va uzoq vqat qizimasligini kuzatib turish kerak. Chunki ana shunday hollarda uning sifati yomonlashadi. Odatda, yelim bir – ikki kunlik ishga yetarli qilib tayyorlanadi. Negaki, u qayta qizdirilsa, buziladi. Juda quyuq yoki juda suyuq yelim buyumlarni yelimlashga yaramaydi. Yelimning ishga yaroqliligini aniqlash uchun unga bitta payrahani tiqib olib, uning tomishiga qaraladi. Agar yelim payrahadan uzluksiz oqib tushsa, sifatli bo’ladi, tomchilab tushda (yoki butunlay oqib tushmasa) ishlatishga yaramaydi.

Qattiq (dub, buk va boshqa) yog’och buyumlarni yelimlash uchun suyuq va yumshoq yog’och buyumlarni yopishtirish uchun quyuq yelim ishlatiladi. Yelimlangan buyumlarni namgarchilidan saqlash zarur.

Kazein yelimi. Bu yelim tarkibining asosiy qismi yog’i olingan quruq tvorog – kazeindan iborat bo’ladi. U yog’siz sutdan tayyorlanadi. Yelimning tarkibida kazeindan tashqari kerosin va yelim buzilmasligi uchun qo’shiladigan maxsus antiseptik modda ham bo’ladi.

Lok sirtga surtilganda qotib, yaltiroq qattiq parda hosil qiluvchi organik moddalar aralashmasi. Loklash yog’och buyumlarni yaltiratib pardozlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri bo’lib, bu ish buyumning sirtiga bir necha qatlam qilib lokni surtishdan iboratdir. Loklashda spirtli, moyli va nitroloklardan foydalaniladi. Buyumlarni loklashni quruq, iliq, yaxshi shamollatiladigan xonada, jang va qipiqlardan xoli joyda bajarish kerak.

Loklash. Loklangan yog’ochning rangi va gullari yaltiroq lok qatlamida chiroyli ko’rinib turadi. Rangli loklar yog’och rangini o’zgartirib, shu lokning rangidagi yaltiroq qatlam hosil qiladi. Loklashni maxsus purkagich asboblar yordamida yoki cho’tka hamda aylanadigan valiklar yordamida bajariladi.

Bo’yoq – yupqa qatlami qurigandan so’ng shaffof bo’lmagan, sirtni yemiruvchi moddalardan saqlaydigan va uning chiroyli tashqi ko’rinish beradigan parda hosil qiladigan modda. Moyli bo’yoqlar, guash, akvarel va boshqa bo’yoq turlari mavjud.

Bo’yash yog’ochning tabiiy rangini o’zgartirgan holda pardozlovchi hamda tashqi ta’sirlardan saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat jarayondir. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim mebellar va boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog’ochni bo’yash uchun ko’proq moyli bo’yoqlar, nitrobo’yoqlar, emallar, suv emulsiya bo’yoqlari ishlatiladi.

Bo’yash ishlari purkash mashinalari yordamida yoki cho’tkalar va dumaloq valiklar yordamida bajariladi.

Bo’yoqni buyum sirtiga bir tekis ko’rinishda hosil bo’lguncha 2-3 marta surtiladi. Yetarlicha qalinlikda surtilgan emal bo’yoqlari yaltiroq ko’rinish hosil qiladi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.


  1. Yog’ochning fizikaviy xossalarini sanab bering va izohlang.

  2. Tirnoqli brikmalarni yelimlash jarayoning mohiyatini ayting.

  3. Siz qanday duradgorlik yelimlarini bilasiz va ularning tarkibi qanday?

  4. Duradgorlik yelimini tayyorlash usullarini ayting.

  5. Tirnoqli brikmalarni yelimlashga tayyorlash va yelimlash jarayonlarini tushuntiring.

V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash. Yog’ochga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.

VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo’yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o’qib o’rganib kelish.

Sinf




6-B

O’TIBDO’_____________________

O’tilgan sana








Mavzu: Yog’ochlarni rejalash asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari.
Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yog’ochlarni rejalash asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari haqida umumiy ma’lumot berish.

Ta’limiy maqsad: O’quvchi yoshlarni mehnatsevarlik, vatanparvarlik, ona vatanga, ota-onaga, do’stlarga mehrga o’rgatish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar tasavvurida yog’ochlarni rejalash asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari haqida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish



Dars turi:Yangi bilim beruvchi. Bilimlami mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi

Dars uslubi: Tushuntirish, suhbat, tezkor savol - javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “Tushunchalar tahlili”, “BLITS savol” va shu kabi metodlar.

Dars jihozi: texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari, shablonlar, mehnat qurollari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism: a) Saiomlashish b) Davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko‘rish

II. Uyga vazifaniso'rash: a)Savol - javob o‘tkazish b)Topshiriqlami tekshirish c) o‘quvchilami baholash

III. Yangi mavzu bayoni:

Yog’ochdan turli buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish uchun yog’och materiallarni o’lchash va rejalash kerak bo’ladi. Buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. O’lchash deb yog’och materialining o’lchamlarini va shaklini aniqlshga asytiladi. Bu asboblarga chizg’ichlar,metr, o’rama metr, go’niyalar, xatkash, sirkul, shtangensirkul va o’lchov andazalari kiradi.

Chizg’ichlar yog’och, metall, plastmassa yoki boshqa materiallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda, millimetrlarga bo’lingan holda tayyorlanadi. Ular millimetrgacha aniqlikda o’lchash, kerakli to’g’ri chiziqlar chizish va yog’och qirralarining to’g’ri chiziq shaklida ekanligini tekshirish uchun ishlatiladi.

Buklama metr uni olib yurish va saqlash qulay bo’lishi uchun buklanadiganqilib yasaladi.

O’rama metrlar bir necha metr uzunlikdagi metall va boshqa materialdan foydalanilgan santimetr va millimetrlarga bo’lingan tasmadan iborat. Ular bir necha metrgacha bo’lgan uzunliklarni aniq o’lchash uchun ishlatiladi.

Go’niyalar yog’och yoki boshqa materiallarni rejalashda foydalaniladi. Ular to’g’ri burchaklarni o’lchash, belgilash, chizish va tekshirib ko’rish uchun ishlatiladi. Boshqa burchaklar uchun moslashtirilgan go’niyalar ham mavjud.

O’lchash andazalari bir xil buyumni ko’plab tayyorlashda qo’llaniladi. O’lchov andazasi bir xil uzunlikni ko’p marta o’lchash uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqchalardan iborat. Shu maqsadda tayyor buyum namunasidan ham foydalanish mumkin.

Rejalash deb tayyorlanadigan buyumning kerakli o’lchamlardagi shakllarni yog’och materiallariga chizishga aytiladi. Rejalash uchun yuqorida aytilgan o’lchash asboblari bilan birga xatkash, qalam, turli xil rejalash andazalaridan foydalaniladi.

Xatkash yog’ochning belgilangan qirrasiga tayangan holda unga parallel chiziqlar chizish uchun ishlatiladigan moslama. U kunda, uning teshiklariga o’rnatiladigan reykalar, o’ziga o’rnatiladigan bir yoki bir necha mix yoki qalamlardan iborat bo’ladi. Xatkash yordamida bir vaqtda bir necha parallel chiziqlar chizish mumkin.

Sirkul turli aylanalar, aylana yoylari chizish hamda uzunliklarni o’lchash uchun ishlatiladi. U metall, yog’och yoki plastmassadan tayyorlangan, umumiy o’qqa o’rnatiladigan ikkita oyoqdan iborat. Chizuvchi pargar oyoqlaridan birinchi uchiga igna, ikkinchisining uchiga qalam o’rnatiladi. O’lchagich pargarning ikkala oyog’i uchiga igna o’rnatiladi. O’lchash va rejalash ishlarida qora yoki boshqa rangdagi yumshoq qalamlardan foydalaniladi.

Rejalash andazalari kardon, qog’oz, faner, metall, plastmassa, yog’och kabilardan zarur shakllarda tayyorlanadi. Ular turli burchaklar, aylanalar, aylana yoylari, ko’pburchaklar, egri chiziqli shakllar andazalaridan iborat bo’ladi. Ular kerakli shaklni ishlatilayotgan yog’och material ustiga qo’yib chizib olish ishlarini bajarish uchun qo’llaniladi. Ba’zan tayyor buyum namunasidan ham foydalanish mumkin. Rejalash tayyor buyumning o’zi, uning texnik rasmi,eskizi yoki chizmasiga qarab bajarilishi mumkin.

Tayyor buyumning o’ziga qarab rejalashda, buyumning har bir detali qanday shaklda va o’lchamlarda ekanligi aniqlanadi, so’ng shu o’lchamdagi o’lchamlar yog’och materialga tegishli rejalash asboblari yordamida ko’chirib chiziladi. Bunda ayrim detalning o’zidan andaza sifatida foydalanib chizish ham mumkin.

Buyumning texnik rasmi, eskizi yoki chizmasi, ularda ko’rsatilgan o’lchamlarga muvofiq ravishda tegishli detallarning shakllari yog’och materialga chiziladi.

Yog’ochni rejalash asboblarini nam tegmaydigan, quruq, toza joyda saqlash kerak. Maxsus jomadonlar yoki sumkalarda tartibli saqlash ushbu asboblarning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  1. O’lchash deganda nimani tushunasiz?

  2. O’lchash asboblariga nimalar kiradi?

  3. Rejalash deganda nimani tushunasiz?

  4. Rejalash asboblari qaysilar?


V. Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash. Yog’ochga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.

VI. Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo’yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o’qib o’rganish va mustaqil amaliy ishni bajarib ko’rish.


Sinf




6-B

O’TIBDO’_____________________

O’tilgan sana








Mavzu: Qo’l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi va ulardan foydalanish qoidalari.
Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga qo’l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi va ulardan foydalanish qoidalari haqida umumiy ma’lumot berish.

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga texnika bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalariga qat’iy uqtirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilar tasavvurida qo’l randa va parmalash qurilmalarining tuzilishi va ulardan foydalanish qoidalari haqida bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish



Dars turi:Yangi bilim beruvchi. Bilimlami mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi

Dars uslubi: Tushuntirish, suhbat, tezkor savol - javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.

Dars metodi: “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “Tushunchalar tahlili”, “BLITS savol” va shu kabi metodlar.

Dars jihozi: texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari, shablonlar, mehnat qurollari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism: a) Saiomlashish b) Davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko‘rish

II. Uyga vazifaniso'rash: a)Savol - javob o‘tkazish b)Topshiriqlami tekshirish c) o‘quvchilami baholash

III. Yangi mavzu bayoni:

Randalash vaqtida randaga suruvchi va bosuvchi kuchlar qo’yiladi. Bu kuchlar noto’g’ri qo’yilsa, ko’pincha taxtaning ikki uchi o’yilib, o’rtasi do’ng bo’lib qoladi, sirtning tekisligi buziladi.
Download 30.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling