Sinf: 6 Dаrs mаvzusi: Mevalar Dаrsning mаqsаdi: Tа`limiy


Download 0.59 Mb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1161371
1   2   3   4
Bog'liq
6-sinf Madina Davranova Mevalar

Q uruq mevalar chatnaydigan va chatnamaydiganlarga bo'linadi. Chatnamaydiganlarga donlar kiradi. Don mevali o'simliklarga bug'doy, suli, makkajo'xori kabilar misol bo'ladi. Chat­naydigan mevalarga qo'zoq, qo'zoqcha, dukkaklar, ko'saklar kiradi. Bularning urug'i pishgach chokidan ochiladi (chatnaydi). Masalan, mosh, loviya, turp, rediska, jag'-jag' va boshqalar.
K o'sak mevalar bir nechta mevabargdan tashkil topgan. Urug' pish- gandan keyin chokidan ochiladi. G'o'za, lola, bangidevona, chuchmoma va boychechakning mevasi ko'sak mevaga kiradi.
No'xat, mosh, loviya, burchoq va oq akatsiya dukkak mevali o'simliklardir. Dukkak chetlari bir-biriga qo'shilib ketgan meva bargchalardan iborat. Meva yetilg an vaqtda ikki pallaga ajraladi. Har bir pallaga ichki tomondan urug'lar yopishib turadi.Pallalar orasida to'siq bo'lmaydi.
Karam, qurttana, rediska, turp kabi o'simliklarning mevasi dukkakka o'x shasada, lekin orasida to'sig'i borligi bilan ulardan farq qiladi. Bunday mevalar qo'zoq va qo'zoqcha deyiladi.
Ayrim (zarang, qayrag'och va shumtolga o'xshash) manzarali daraxtlarning mevasi qanotchali bo'ladi. Shuning uchun ular qanotchali meva deyiladi.

Ayniqsa, bahorda terakning urug'chi tuplari mevasi pishgan vaqtda undan ajralib chiqqan paxta bilan o'ralgandek tuyuladi va uchib yuradi. Aslida esa bir tutam tuklari yordamida mevasi uchib yuradi. Bunday mevalar uchma meva deyiladi.


«Terak allergiya kasalligiga duchor qiladi, shuning uchun uni ekmaslik kerak» degan fikr ham mavjud, bundan xoli bo'lish uchun terak xalqimiz sevib o'stiradigan yog'ochbop daraxt ekanligini e'tiborga olib, uni (mevasi uchmasligi uchun) urug'chili emas, balki changchili qalamchalardan ko'paytirish kerak.
O`qituvchi yangi mavzuni tushuntirish jarayonida monitorda yuqorida tasvirlangan meva rasmlarini namoyish etadi.
Yangi mаvzu bo‘yichа o‘quvchilаr bilimini mustahkamlash uchun guruhlardan bittadan o`quvchi doska chiqarilib, vatman qog`ozda tasvirlangan chaynvord savollarini yechishadi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling