sinf adabiyot testi chirak yangi kitob


Download 30.5 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1249563
Bog'liq
6.doc TEST


6-SINF ADABIYOT TESTI 2 CHIRAK YANGI KITOB

1. She`rni o’qing. Ro’za aytib kelgan bolalarning so’zlariga e`tibor qiling.
Ro’zani uch tutib keldik sizga,
Ro’zaning zakotini bering bizga.
Ramazon aytgan bilan to’yamizmi,
Burungining qa`dasini qo’yamizmi? Matndagi “Ro’zani uch tutib keldik sizga” ma`nosi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilganligini aniqlang.
A) o’zgalardan uchta narsa olib keldik
B) uch kun tutib keldik
C) berasiz deb Sizga keldik
D) uch uy o’tib keldik


2. Mavsum-marosim qo’shiqlari berilgan qatorni toping(ikkita javob belgilanadi).
A) Ramazon
B) Alla
C) Mayda-yo mayda
D) Omonyor


3. Insonlarni bir-biriga mehmondo’st bo’lishga, hamkor, mehr-muruvvatli bo’lishga saxiy, qo’li ochiq bo’lishga xizmat qiladigan qo’shiqlar mavsum-marosim qo’shiqlari hisoblanadi. Shu hukm to’g’rimi?
A) to’g’ri
B) noto’g’ri

4. Navoiy ruboiysini o’qing.


Kim egri erur, tuzluk emas poyasi ham,
Bor o’zudek egri sudu sarmoyasi ham.
Tuzluk ermas shifosiyu voyasi ham,
Kim, egri kishining egridur soyasi ham. Berilgan ruboiy mazmuniga mos keladigan gapni aniqlang.
A) To’g’ri so’z tuqqaningga yoqmas.
B) Egri kishi hech qachon maqsadiga erishmaydi.
C) To’g’ri bo’lish yaxshi odat.
D) To’g’ri oshini yer egri boshini.

5. Navoiy ruboiysini o’qing.


G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg’a tikandek oshyon bo’lmas emish.
Berilgan ruboiydagi so’zlar ma`nosi ruboiy mazmuniga mos bo’lgan qatorni toping(ikkita javob belgilanadi).
+A) gar-agar
B) emish- emas
+C) anga- unga
D) bo’lmas- bo’lgan

6. “Adab kichik yoshlig’larni ulug’lar duosig’a sazovor etar”. Ushbu hikmat ma`nosiga mos keladigan variantni aniqlang.


A) Odobli bola elga manzur.
B) Odob kichik bolalikdan o’rgatiladi.
C) Bolalarning yaxshi odati kattalar duosiga sababdir.
D) Kattalar duosini olish bolalarga xosdir.

7. She`rni o’qing.


Yoshlikdan bilim izlab yugurmadim,
Xayrin bildim, biroq yuz o’rgulmadim.
Ulg’ayganda qarasam, qo’lim quruq,
Kechikib qo’l cho’zdimu, ulgurmadim
Ushbu she`rdagi “xayrin” so’zini qaysi ma`noda qo’llanganligini aniqlang(ikkita javob belgilanadi).
A) xayrin-ehson
B) xayrin- savob
C) xayrin- natijasi
D) xayrin- ma`nosini

8. “Rahmat sizga, xonim” asari qahramoni Luella xonimning o’g’li necha yoshda bo’ladi.


A) 14-15 yoshlar chamasi
B) o’g’illari alohida yashaydi
C) o’zi yolg’iz yashardi
D) farzandi haqida berilmagan.

9. Luella xonim bolani qayerda qo’yib yubordi?


A) kiraverish dahlizda
B) Vannada
C) oshxonada
D) mehmonxonada

10. “Rahmat sizga, xonim” asarida Luella xonim o’g’irlik qilgan Rojerni nima uchun uyiga olib ketdi(ikkita javob belgilanadi).


A) Rojerning muhtojligini ko’rib ishondi va atay shunday munosabat bildirdi.
B) Unga yordam ko’rsatish va bafurja nasihat qilishni istadi.
C) usti ahvolini ko’rib yuvintirish uchun olib ketdi.
D) politsiyaga topshirish fikrida uyiga olib ketdi

11. “Rahmat sizga, xonim” asaridagi voqealar qayerda bo’lib o’tadi?


A) Bu haqda darslikda ma`lumot berilmagan.
B) XX asrning o’rtalarida Harlemda – Nyu York shahrining qora tanli yashaydigan qismida
C) AQSHning Missuri shtatida
D) Qora tanli aholi istiqomat qiladigan kulbalarda bo’lib o’tadi.

12. “Rahmat sizga, xonim” asarida Rojer sumkani tortganida Luella xonimning oyog’i jarohatlandi.


A) to’g’ri
B) noto’g’ri
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling