sinf anorganik va organik kimyo 68 soat, haftasiga soat,A


Darsda qo’llanilgan metod: Aralash, interfaol


Download 0.65 Mb.
bet108/236
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#210437
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   236
Bog'liq
9 sinf anorganik kimyo konspekt komp

Darsda qo’llanilgan metod: Aralash, interfaol

Darsning borishi: Tashkiliy qism 1 Salomlashish

  1. Davomatni aniqlash

  2. 3 Darsga tayyorgarlik ko’rish

Yangi mavzu bayoni:

T/r

Xossalari

Mn

1

Davr raqami

4

2

Qator raqami

4

3

Guruh

VII- B

4

Tartib raqami

25

5

Atom tuzilishi

2 8 13 2 1S22S22P63S23P63D54S2

6

Nisbiy atom massasi

54,938

7

Atom yadrosidagi proton

25

8

Zichligi

7,44 g/sm2

9

Suyuqlanish harorati

12440C

10

Qaynash harorati

20800C

11

Tabiatda tarqalishi

MnO2-pirolyuzit, Mn3O4-gausmanit Mn2O3- braunit

12

Kashf qilingan

1774 yil K.Sheele

13

Barqaror oksidlanish darajasi

0, +2,+ 4, +7

14

Yer po’stlog’idagi ulushi

0,1%


Olinishi: Mn oksidini elertr pechlarda Si bilan qaytarilib olinadi. MnSO4 tuzi etitmasining elertroliz qilish orqali ham Mn olish mumkin.

Fizikaviy xossalari: Mn- kumushsimon oq rangli qattiq metall

Kimyoviy xossalari: Mn metallning sirti yupqa oksid parda bilan qoplangan bo’lganligi m uchun , hatto qizdirilganda ham havoda oksidlanmaydi.

Mn suv bilan qizdirilganda tez reaksiyaga kirishadi.

4Mn+ 2H2O = Mn(OH)2 + O2

Gallogenlar, S, N bilan ham reaksiyaga kirishib tuzlarni hosil qiladi.

Mn +CI2 =MnCI2

Mn + S =MnS

3Mn + N2 = Mn3N2

Suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishib , H ni siqib chiqaradi.

Mn + 2HCI = MnCI2 + H2

Mn = H2SO4 = MnSO4 + H2

Kaliy permanganat - to’q qizil rangli modda bo’lib , suvda juda yaxshi eriydi . Tibbiyotda ishlatiladi, kuchli oksidlovchilik xossasiga ega.

Yangi mavzuni mustahkamlash: Savol- javob, testlar yordamida.

Uyga vazifa: 108 – 111 betlarni o’qish

sana :

Sinf - 9-
Fan : Kimyo.

Mavzu 31§ Temir



Darsni maqsadi:

1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilib, tegishli malakalarini shakllantirish.

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga, O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. Ularda ekologok madaniyatni shakllantirish va tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi maqsad: Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga qiziqishlarini shakllantirish.

Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar

Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar

Mashg’ulot bosqichlari:



Bosqichlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzuni bayoni

12 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.

Darsning borishi :

Tashkiliy qism: 1. Salomlashish. 2.Davomadini aniqlash. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.

Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.

Yangi mavzuni bayoni:

 Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Temir davriy sistemaning sakkizinchi guruhi yonaki guruhchasida joylashgan. Tartib raqami - 26. Kimyoviy belgisi - Fe. Nisbiy atom massasi 55,847 ga teng. d-metallar oilasiga kiradi. Atom tuzilishi. Kimyoviy reaksiyalarda temir atomi 4s-tashqi elektron qobig'idan ikkita elektron ajratib, +2 zaryadli ionga aylanadi. Fe+2 ioni 3d-qavatdan yana bitta elektronni ajratib, +3 zaryadli ionga aylanishi mumkin. Temir +2 va +3 oksidlanish darajasiga tegishli birikmalar qatorini hosil qiladi.



Tabiatda tarqalishi. Aluminiydan keyin temir eng ko'p tarqalgan metalldir. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda temir Yer yadrosini tashkil qiladi, bu holda temir Yer sharida eng ko'p tarqalgan metall bo'lib qoladi. Yer qobig'ida temiming massa ulushi 4,2 % ni tashkil qiladi. Temir tabiatda birikmalar holida bo'ladi. Osmon jismlari-meteoritlarda esa erkin holda uchraydi. Temirning asosiy minerallari: magnetit - magnit temirtosh Fe304, gematit - qizil temirtosh Fe203, limonit - qo'ng'ir temirtosh 2Fe103-3fi,0, siderit - temir shpati FeC03, pirit - temir kolchedani FeS,.

Olinishi. Temir quyidagi usullar bilan olinishi mumkin.

1. Temirni uning oksidlaridan vodorod, uglerod yoki is gazi ta'sir ettirib olinadi:

FeO + H, = Fe + fi,0; Fe0O3 + 3CO = 2Fe + 3COv


  1. Temir oksidlaridan aluminotermiya usuli bilan: 3Fe304 + 8A1 = 9Fe + 4A1203.

  2. Temirning ikki valentli tuzlarini elektroliz qilib olinadi.

Fizik xossalari. Toza temir - kumushsimon oq rangli, havoda tezda xiralashuvchi, yetarlicha yumshoq va bolg'alanuvchan, kuchli magnit xossalariga ega metall bo'lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 1534,83°C, zichligi 7874 kg/m3; izotop soni 16 (49—63).

Kimyoviy xossalari. Havoda qizdirilganda temir oksidlari aralashmasini - temir kuyindisini hosil qiladi:

3Fe + 202 — Fe304 yoki Fe0 Fe204 Temir qizdirilganda xlor, oltingugurt, uglerod, azot bilan reaksiyaga kirishadi: Zang - temir (Ill)-gidroksiddan Fe(OH)3 iborat sarg'ish-qo'ng'ir rangli tuzilma.Ishlatilishi. Temir boshqa metallar orasida inson uchun eng katta ahamiyatga ega metalldir. Zamonaviy texnikaning barcha sohalari temir va uning qotishmalari bilan chambarchas bog'liq. Amaliyotda toza temirdan kamroq, lekin uning qotishmalari hisoblanadigan - po'lat va cho'yandan juda keng miqyosda foydalaniladi. Ularning ahamiyati shu darajada kattaki, ular alohida - qora metallar deb, boshqa metallardan ajratilgan. Po'lat va cho'yan bilan esa keyingi mavzuda tanishamiz Temir muskul to'qimasida 0,018 %, ilikda (0,03-3,8)-102 %, qonda 447 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 6-40 mg iste'mol qilinishi kerak. Zaharli miqdori 200 mg. O'ldiruvchi miqdori 7-35 g. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 4,2 g miqdorda bo'ladi.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling