Bosqichlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzuni bayoni
|
12 daqiqa
|
4
|
Mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
5
|
Mashg’ulot yakuni. Uyga vazifa berish
|
3 daqiqa
|
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 9.Toshkent-2010. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:
Yangi mavzuni mustahkamlash :
O'qituvchi tomonidan "Eng muhim karbonatlar va ularning amaliy ahamiyati" mavzusini bayon etishda o't o'chirish asbobining nusxasi tanishtiriladi. Undan qanday va qachon foydalanish tushuntiriladi.
Siz daftaringizga o't o'chirish asbobining sxemasini chizing va u yerda sodir bo'ladigan kimyoviy jarayonlarning reaksiya tenglamalarini yozing. O't o'chirish asbobini takomillashtirish uchun qanday takliflar bera olasiz. Taklifingizni sxemalar bilan izohlab bering.
Tabiatda shunday g'orlar borki, ularni "it g'ori" deb atash mumkin. Chunki g'orga odam kirsa hech narsa bo'lmaydi, ammo it kirsa yuqoriga sakrab-sakrab o'lib qoladi. Nega? Sababini tushuntiring.
Afsonalarda aytilishicha, tashqarida o'z ishi bilan mashg'ul bo'lib yurgan yosh kelinchak zilzila boshlanganini va tog' ko'chayotganligini sezib, g'or ichida qolgan yosh bolasi tomon chopib boradi, bolasini bag'riga bosgach, qulab tushayotgan g'orni ko'tarib qolish uchun bir qo'lini yuqoriga ko'taradi. Shunda "mo'jiza" ro'y berib, ona va bola tosh bo'lib, qotib qoladi. Shundan buyon bu g'or "kelinchak g'ori" nomi bilan ataladi.
G'orni ko'tarib turgan kelinchak timsolidagi bu tosh haykal qanday paydo bo'lgan bo'lishi mumkin? Javobingizni kimyoviy reaksiya tenglamalari bilan asoslab bering. G'orlarning paydo bo'lishi haqida o'zingizning fikrlaringizni bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |