sinf iii-blok 1-variant 2017-2018 o’quv yili iv-chorak Fizika Massasi kg bo‘lgan suvni 100C dan 11


-sinf III-blok 2-variant 2017-2018 o’quv yili IV-chorak


Download 55.22 Kb.
bet5/5
Sana19.04.2023
Hajmi55.22 Kb.
#1365437
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-sinf III blok test

9-sinf III-blok 2-variant 2017-2018 o’quv yili IV-chorak

Ona tili
1.Tinish belgisi noto`g`ri qo`llangan gapni aniqlang.
A) Hamal keldi, amal keldi. B) Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz.
C) Yaxshi o`g`il- el obro`si. D) Eshakni yaydoq minib bo`lmaydi- yiqiladi kishi.
2. Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gapni aniqlang.
A) Kimki bo`lsa dilozor, undan el-u yurt bezor. B) Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur.
C)Yana ikki ko`z ham berdim, yov kelganda, ko`rsin deb.
D) Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug`roq ne’mat yo`q.
3.Shart mayli vositasida ergashgan qo`shma gapni belgilang.
A) Qorako`zni supurgi bilan ursang, ukalaringnikiga ketib qolaman.
B) Baxtim shuki, seni uchratdim.
C) Odam borki, hayvon andin yaxshidir.
D) Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi.
4.Sabr bila bog`liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko`p toyilur. Ushbu gap qanday gap hisoblanadi?
A) to`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap B) bog`lovchisiz qo`shma gap
C) hol ergash gapli qo`shma gap D) ega ergash gapli qo`shma gap
5.Kesim ergash gap bosh gapga nima yordamida bog`lanadi?
A) –sa shart mayli qo`shimchasi B) –ki yuklamasi C) teng bog `lovchi D) ko`makchili qurilma
6.Ergashgan qo`shma gaplar tuzilishiga ko`ra nimaga o`xshaydi?
A) ibora B) so`z birikmasi C) tasviriy ifoda D) qo`shma so`z
7.Sizni qo`rqib ketib ketmasin deb,kechqurun bezovta qilmadik. Ushbu gap qanday mazmunni ifodalagan?
A) sabab B) payt C) shart D) natija
8.Taxallusi taqdiriga aylangan ijodkor kim edi?
A) Navoiy B) Bobur C) Ogahiy D) Furqat
9.A.Qodiriy qaysi asari uchun aybdor topilib 2 yilga qamoqqa hukm qilingan edi?
A) “Yig`indi gaplar” B)”O`tkan kunlar” C) “Mehrobdan chayon” D) “Obid ketmon”
10.”Boburnoma”da qirgovuli behad semiz bo`ladi deya ta’riflangan shahar qayer?
A)Farg`ona B) Samarqand C)Andijon D) Hindiston
11.A.Oripovning 1-she’riy to`plami qaysi?__________________________________
12.”Ulug`bek xazinasi” romanida Ulug`bek kimni “Qora burgut” deb ataydi?_________________________________
13.Bo`lsa, esa so`zlari qanday qo`shma gaplarni bog`laydi?___________________________________________
14.Yo`lovchining o`zi ichkariga kirdi-yu, ikki ko`zi tashqarida qoldi. Gapdagi yuklama o`rniga qaysi teng bog`lovchini qo`yish mumkin?__________________________________________
15.Gap uchun muhim belgi nima?_________________________________________
Download 55.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling