Sinf rahbari daftari
Download 64.33 Kb.
|
sinf rahbari hujjatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktab ichki ro‘yxatida turadigan o‘quvchilar
- O‘QUVCHILARNING KITOB BILAN TA’MINLANGANLIGI
- Fanlar O‘quvchilarning ismi, sharifi
- Umumiy o‘rta ta’Iim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari
PROFILAKTIKA ISHLARI
IIB profilaktika ro‘yxatida turadigan o‘quvchilar
Maktab ichki ro‘yxatida turadigan o‘quvchilar
.
. . . O‘QUVCHILARNING KITOB BILAN TA’MINLANGANLIGI
Umumiy o‘rta ta’Iim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari Umumiy o‘rta ta’Iim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 0‘zbekiston Respublikasining “Ta’Iim to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari va Vazirlar Mahkamasining “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila instituti va fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari va umume’tirof etilgan ma’naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. bob. Umumiy qoidalar Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb yuritiladi) umumiy o‘rta ta’lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda o‘quvchilari (keyingi o'rinlarda jamoa a’zolari deb yuritiladi), ulaming ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) uchun muassasadagi ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o‘zaro munosabatlarida odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Ushbu qoidalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) ta’lim va tarbiyaning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, o‘qituvchi mavqeining dahlsizligini e’tirof etish, do‘stona muhitni yaratish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur qoidalar davlat umumta’lim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat ta’lim muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega. Qoidalaming maqsadi ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o‘quvchilar sog4igini saqlash, ta’lim muassasasi mulki, o‘quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta’minlashga imkon beradigan do‘stona ish muhitini yaratishdan iborat. Qoidalar ta’lim muassasasi jamoa a’zolarining ta’lim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq tadbirlarda o‘zlarini tutishini tartibga soladigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Mazkur qoidalar talablari umumta’lim maktabi jamoa a’zolari, o‘quvchilari va ulaming ota-onalari (ularning o'mini bosuvchi shaxslar) uchun ta’lim muassasasi doirasida majburiy hisoblanadi. bob. Jamoa a’zolarining ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishi Ta’lim muassasasida shaffoflik, hamjihatlik, o‘zaro ishonch, izzat-hurmat, bir-biriga g‘amxo41ik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardan biri hisoblanadi. Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar)ni chaqiruv ovozini to`liq o‘chirib qo‘yishi (“Ovozsiz” holatga o'tkazishi) shart. Jamoa a’zolari ta’lim muassasasida quyidagilarga amal qilishlari lozim: o‘quvchilar ta’lim muassasasiga maktab formasida, maktab rahbariyati va pedagog xodimlar esa maktab Ustavida belgilangan kiyimda kelishlari; pedagog sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda o‘qituvchilar o‘zaro munosabatlarda bir-biriga “Siz” deb murojaat etishlari; rahbar, pedagog xodimlar o‘zaro munosabatlarda yagona jamoa sifatida hurmat, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga rioya etishlari; o‘qituvchilar va o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o‘z vaqtida kelishlari; ta’lim muassasasi hududi va yodaklarining o‘ng tomonidan yurishlari; Download 64.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling