Sinf rahbarining o'quvchilarga bo'lgan munosabatida pedagogik mahoratning ahamiyati reja: Kirish Asosiy qism


Download 105 Kb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi105 Kb.
#1456663
  1   2   3   4
Bog'liq
SINF RAHBARINING O\'QUVCHILARGA BO\'LGAN MUNOSABATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING AHAMIYATI


SINF RAHBARINING O'QUVCHILARGA BO'LGAN MUNOSABATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING AHAMIYATI

Reja:
Kirish
Asosiy qism

  1. O’qituvchi – yoshlarga tar’lim–tarbiya beruvchi kishi.

  2. Pedgogik faoliyatining o’ziga hos hususiyatlari.

  3. Pedagogik mahorat tizimi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotla

Kirish
Inson tarbiyasi har qachon ham murakkab vazifalardan biri bo’lib kelgan. Hatto jamiyat me’yordagi stabil rivojlanish bosqichida turgan vaqtda ham o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida turli muammolar paydo bo’ladi. Bugungi kun muammolari esa (ishsizlik, qonunbuzurlik, oilaviy ajrashishlar, noqonuniy dori vositaliri va hatto giyohvand moddalardan foydalanish, shahsiy va profisional maqsadning yo’qligi, diniy ekstremizm, terrorchilik va h.o) ta’lim-tarbiya jarayonini yanada murakkablashtirib yubormoqda.
Ma’lumki, ta’lim–tarbiya deb atalgan murakkab jarayon sub’ektlaridan biri – bu o’qituvchi. Ho’sh, bugungi kun o’qituvchisi qanday bo’lishi kerak? Uning faoliyati maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? Uning bilim saviyasi, salohiyati, mahorati va qobiliyatini o’stirish nimalarga bog’liq?
Eng avvalo o’qituvchi shuni chuqur anglashi lozimki, u jamiyatning ishonchli vakili, zero, jamiyat unga o’zining eng qimmatli boyligi, umidi, ishonchi va kelajagi bo’lgan bolalarini topshiradi. Bu oliyjanob va murakkab kasb unga hayotini bag’ishlagan har bir kishidan doimiy ijod, izlanish, ulkan sahovatli qalb, bolalarga muhabbat, o’z kasbiga cheksiz sadoqatni talab etadi. Binobarin, Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun halqimiz kelajagini hal qiladigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o’lchab, qiyoslab bo’lmaydi».
Bunday mas’uliyatli vazifani faqatgina dialektik fikrlash qobiliyatiga, yorqin shahsiy sifatlarga ega bo’lgan, o’z–o’zini uzluksiz rivojlantirish va tarbiyalashga tayyor bo’lgan o’qituvchi bajara oladi. Zero, o’qituvchi shahsi pedagogik jarayon muvaffaqiyatining asosiy sharti va vositasidir.
O’qituvchining shahsiy sifatlari doim tayyor qilib qo’yilgan ahborotlardan iborat emas, balki u jonli mushohada yurita olish, doimiy o’z–o’zini rivojlantira olish qobiliyati bilan belgilanadi. Olov olov bilan yoqiladi, shahs shahs orqali shakllantiriladi. O’zida bo’lmagan narsani birovga berib bo’lmaydi.



Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling