Sinf rahbarning vazifalari
Download 241.69 Kb.
|
Daniyarova Safargul
O'qituvchilarning bolalarga bo'lgan munosabati katta mehribonlik va g'amxo'rlik bilan xarakterlanadi. Bular esa talabchanlik bilan olib boriladi. O'quvchilar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish hamda o'quvchilaming o'sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega.
Sinf jamoasini tashkil etishda sinf rahbarining roli kattadir. Sinf majlisi o'tkazish uchun avvalo jamoa jipslashtiriladi. Sinf rahbari majlisda ko'plab masalahrni ko'taradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar ko'rilib, muammoli tomonlari tahlil qilinadi va o'z echimini topishi kerak bo'ladi.
Maktab ustavida sinf rahbarining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Sinf rahbari barcha o'qituvchilar bilan birgalikda aloqada bo'lib, o'zining sinfi bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O'qituvchilar tamonidan o'quvchilarga qo'yiladigan pedagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kun uzaytirilgan guruh tarbiyachilari, jamoatchilik bilan doimo aloqada boiib turadi.
Download 241.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling