Sinf savolnoma hakimjon jabborov
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf Geografiya savolnoma
19-§ Dunyo okeani
1. Dunyoda nechta okean bor?4ta 2. Tinch okeani maydoni va eng chuqur joyi?180mln km² eng chuqur joyi Mariana botigi-11022 m 3. Atlantika okeani maydoni va eng chuqur joyi?91 mln km² eng chuqur joyi Puerto Riko botigi 8742 m 4. Hind okeani maydoni va eng chuqur joyi?76 mln km² eng chuqur joyi Zond botigi 7729 m 5. Shimoliy muz okeani maydoni va eng chuqur joyi?14 mln km² eng chuqur joyi 5527 m 6. Dengizga tarif bering?Okeanlarning kichik qismlari bo’lib ulardan yarimorollar,orollar va suv osti tizmalari bilan ajralib turadi 7. Quruqliklarning chekkasiga tutashgan dengizlar nima deb nomlanadi?Chekka dengizlar 8. Chekka dengizlarga misol keltiring?Arabiston,Bering 9. Ayrim dengizlar quruqlikning ichkarisiga kirib borgan va okeanlar bilan bogizlar,tor suv yollari orqali tutashgan bunday dengizlar qanday nomlanadi?Ichki dengizlar 10. Qo’ltiq deb nimaga aytiladi?Okean,dengiz va kollarning quruqlik ichkarisiga kirib borgan kichik va sayoz qismlari 11. Qo’ltiqlarga misol keltiring?Biskay,Bengaliya,Fors 12. Bo’g’iz deb nimaga aytiladi?Okean,dengiz va ko’llarning ikkita katta qismini tutashtiruvchi suvli tor yo’lak 13. Materik sayozligi ya’ni shelf deb nimaga aytiladi?Okeanlarning materiklarga tutashgan chekka qismlarida quruqlikning okean tagidagi davomi 14. Shelfning chuqurligi necha metrgacha davom etadi?200m 15. Shelf qanday qazilmalarga boy?Neft va gaz 16. 200 metrdan 2500-3000 metr chuqurlikgacha bo’lgan yerlar nima deb nomlanadi?Materik yonbagri 17. Dengiz va okeanlarning chuqurligi qaysi aspob yordamida o’lchanadi?Exolot 18. Dengiz va okeanlar xaritalarda qanday rang bilan tasvirlanadi?Havorang 19. Exolotdan yuborilgan to’lqin tezligi qancha?1500 m/s
Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling