26-§ Shamollar va Havo massalari
1. Havoning gorizantal harakati nima deyiladi?Shamol
2. Shamol qanday vujudga keladi?Yer yuzasining turli hududlarida bosimning farqli bo’lishi natijasida
3. Briz shamoliga tari?Bir kecha kunduzda o’z yonalishini ikki marta o’zgartiradigan shamol
4. Briz so’zining manosi?Fransuzcha shabada
5. Butun yoz boyi dengizdan quruqlikka,qishda esa quruqlikdan dengizga esadigan shamol nima deb
nomlanadi?Musson
6. Musson so’zining manosi nima?Arabcha mavsum
7. Musson shamollari qaysi hududlarda ko’p esadi?Janubiy va sharqiy Osiyoda
8. 30 kengliklardan ekvator tomon esadigan vca garbga burilib ketadigan shamollar nima deb
nomlanadi?Passatlar
9. Har ikkala yarimsharning o’rta kengliklarida garbdan shamollar esib turadi bu shamollar qanday
ataladi?Garbiy shamollar
10. O’zbekistonga yoginlarni olib keluvchi shamol qaysi?Garbiy shamollar
11. Shamol nomi qanday nomlanadi?Qayoqdan kelayotgan bo’lsa osha tomon nomi bilan
12. Shamol yonalishini o’lchaydigan aspob?Flyuger
13. Shamol tezligini o’lchaydigan aspob?Anemometr
14. Shamol kuchi qanday aniqlanadi?Flyuger strelkasidan sal yuqorida o’rnatilgan metal plastinka
yordamida
15. Troposfera havosining harorati,namligi,shamollari va boshqa xususiyatlariga kora bir biridan farq
qiluvchi katta qismlari nima deyiladi?Havo massalari
16. Havo massalari okean va quruqlik ustida yuzaga kelishiga qarab qanday nomlanadi?Quruqlikda
yuzaga kelsa continental,dengizda bo’lsa dengiz havosi deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |