1880-yil - Fransiya ishchilari o`zlarining ,,Fransiya ishchi partiyasi” ni tuzdilar;
1880-yil - afg`on - ingliz shartnomasiga muvofiq Kobul Abdurahmonga topshirildi, Qandahor Angliya ta`sir doirasida qoldi;
1880-yil - nemis olimi K. Eber ich terlama tug`diruvchi mikrobni aniqladi;
1880-yil – Parij aholisi 2 mlnni tashkil etdi;
1880-yil boshi - Afg`onistonning shimolida Abdurahmon hokimyati o`rnatildi;
1880-yil – AQShda hukumat tomonidan yengilgan hindular alohida rezervatsiyalarga surib chiqarildi;
1881-1882-yillar - Fransiyada ta`lim to`g`risida qonunga muvofiq, maktab cherkovdan ajratildi, dunyoviy ta`lim joriy etildi.
1881-yil - Buyuk Britaniya irlandlarga ,,Yer- suv akti “ ni taklif qildi;
1881-yil - irland muholifatchilarining rahbari Parnell qamoqqa olindi va ,,Yer ligasi “ taqiqlandi;
1881-yil - Shimoliy Xitoyda 1-temiryo`l ishga tushirildi;
1881-yil – Fransiya Tunisni egalladi;
1881-yil – M. Kucherov gidratlanish reaksiyasini yaratdi;
1881-yil - Sudanliklar rahbari Muhammad Ahmad xalqni Misr-Turk zulmiga qarshi hamda yevropaliklarga qarshi muqaddas urushga chaqirdi;
1882-yil - Misrda inglizlarga qarshi Ahmad Oribibey boshchiligida Muvaqqat kengash tuzildi;
1882-yil– Bremen savdogarlari Afrikaning janubi-g`arbiy sohilidagi Angra-Peken buxtasiga tushdilar; ular 200 ta eski miltiq va 2.000 marka badaliga yerli qabila boshlig`idan katta hududni sotib oldilar;
1882-yil – Italiya, Germaniya va Avstriya-Vengriyadan iborat ,, Uchlar ittifoqi” tuzildi;
1882-yil – Sudan poytaxti – Xartum shahriga Misrlik Abdul Qodir gen.-gubernator etib tayinlandi;
1882-yil – Inglizlar tomonidan Misrning Iskandariya shahri o`qqa tutildi;
1882-yil – Dublinda Irlandiya ishlari bo`yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-hokimi o`ldirildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |