1598-yilda – Abdullaxon II vafot etgach, taxtni o’g’li Abdulmo’min egalladi. Biroq shu yilning o’zidayoq Abdulmo’min fitnachilar tomonidan o’ldirildi.
1598-yilda – Rossiya va Sibir xonligi o’rtasida hal qiluvchi jangda rus qo’shini g’alaba qozondi.
1598-yilda – Abdullaxon II va Ko’chimxon vafot etgach, Buxoro xonligining Sibirdagi siyosiy ta’siri butunlay yo’qqa chiqdi.
1598-yilda – Buxoro xoni Abdullaxon II Xiva xonligini uzil-kesil bo’ysundirdi.
1598-yilda – Buxoro xoni Abdullaxon II ning bir yorlig’ida “qoraqalpoqlar” degan so’z qayd etilgan.
1601-yilda – Pirmuhammad II bilan kelib chiqishi ashtarxoniylardan bo’lgan, Samarqand hokimi Boqi Muhammad o’rtasida qonli to’qnashuv yuz berdi.
1601-yilda – Buxoro xonligida shayboniylar hukmronligi barxam topdi.
1601-yilda – Jonibek Sultonning ikkinchi o’g’li, Samarqand hokimi Boqi Muhammad Buxoro xonligi taxtiga o’tqazildi.
1601-1605-yillarda – Boqi Muhammad hukmronlik davri.
1601-1920-yillarda – Ashtarxoniylar (1601-1756) va Mang’itlar (1756-1920) hukmronligi davrida ham Buxoro poytaxt bo’lib qoldi.
1602-yilda – Boqi Muhammad Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo’ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi.
1602-1623-yillarda – Arab Muhammadxon hukmronlik davri.
1603-1664-yillarda – Abulg’oziy Bahodirxon yashagan yillar.
1603-yilda – Boqi Muhammad Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratdi.
1605-yilda – Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad taxtga o’taqazildi.
1611-1642-yillarda – Imomqulixon hukmronlik davri.
1613-yilda – Imomqulixon Toshkentni qozoqlardan ozod etdi.
1620-1675-yillarda – Rossiya xonliklarga 4 marta elchilarini yubordi.
1620-yilda – Rossiya I.D.Xoxlovni Buxoro xonligiga yubordi.
1620-1622-yillarda – Rossiya elchisi I.D.Xoxlov Buxoro va Xiva xonliklarida bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |