7 sinf 2 variant
-
Samolyot 490 m balandlkda 360 km/soat tezlik bilan gorizontal uchmoqda . A nuqtadan uchib o`tayotganda samolyotdan haltacha pastga tashlandi. Xaltacha A nuqtadan qanday masofada yerga tushadi? (g = 9,8m/s2)
-
Massasi 2 kg bo`lgan brusok qo`zg`almas blok orqali tashlangan cho`zilmaydigan ipga mahkamlangan, massasi 0,5 kg li yuk ta’sirida gorizontal sirt bo`ylab sirpanmoqda. Brusokning sirt yuzasida ishqalanish koeffitsiyenti 0,1. Jism harakatining tezlanishi va ipning taranglik kuchi topilsin. Blok va ipning massasi hamda blokdagi ishqalanish hisobga olinmasin.
-
Uzunligi 60 sm bo`lgan richagni massasi 4 kg li yukdan 6 sm masofada mahkamlab qo`yilganda muvozanat holatida bo`ladi.Richagning massasini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |