II BOB. 2-sinfda sinfdan tashqari darslarni didaktik o’yinlar va kitobxonlik asosida tashkil etish
2.1. 2-sinfda sinfdan tashqari darslarni didaktik o’yinlar va kitobxonlik asosida tashkil etish
DARS ISHLANMASI
Dars sanasi:_________
Sinf: 2
Fan nomi: Ona tili
Dars mavzusi: Harakatni bildirgan so’zlar
Dars maqsadi:
ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, mavzuga oid bilim va ko’nikma hosil qilish
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni chiroyli yozuv qoidalariga rioya qilishga o’rgatish, ularga estetik tarbiya berish
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, savodli yozish uquvlarini o’stirish
Dars turi: nazorat
Dars uslubi: kichik guruhlarda va yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, tarqatma materiallar, kesma harflar
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi
Harflarni yozish o’rgatiladi
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
Yangi mavzu ustida ishlash
115-116 - mashqlarni bajarish
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
31 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar O’yinli mashg’ulotlar
|
Muammoli izlanish
|
6 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
2 minut
|
6-bosqich
Uyga vazifa
|
117-mashq
|
izlanish
|
1 minut
|
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzuni takrorlash, o’quvchilar bilimini aniqlash va mustahkamlash maqsadida aqliy hujum savollari beriladi.
1. O’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik?
Soz’lar qanday ma’nolarni bildiradi?
So’zlar nimalarga nom bo’ladi?
Kishilarning ismi va familiyasi qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
Hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar qanday harf bilan yoziladi?
6. Nima? so’rog’i qaysi so’zlarga beriladi?
7. Nima qildi? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarga misol ayting
Do'stlaringiz bilan baham: |