Sinfdan tashqari ishlar


Download 26.72 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi26.72 Kb.
#1751739
Bog'liq
Sinfdan tashqari ishlar-fayllar.org


Sinfdan tashqari ishlar


Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin.

Sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari. Xalqimimzning tarixi,uning urf odatlari,moddiy va ma’naviy boyliklari,barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda.Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda il-qizlarida ko’rishni istaydilar.Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi.Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga,botir,jasur bo’lishga intiladilar.O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman,men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar.Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.”Uch og’ayni botirlar”,”Zumrad va qimmat”,”Egri va To’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir.O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashni kerakligigini,birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushinib yetadilar. “Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanisida alohida o’rni bor: ertak yaxchiga-yaxshi,yomonga-yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi.Haqiqatdan ham xalqimizning “Qaynar xumcha”,”Ochil dasturxonlarini zo’rovonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoqlarni ishlatish zarurligini uqtiradi. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi.O’quvchilar o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar,so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar.Bunga asosan o’qituvchi o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga,3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib,bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi.Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak,hikoyalar o’qishga yordam beradi. Sinfdan tashqari o’qish darslari,o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish,asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish,ijodiy rasm ishlash,fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin.Bu boladagi nutqni rivojlantirishga,lug’at boyligini oshirishga yordam beradi.Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi.Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama yo’naltiradi,ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi,suxandonlik,rejissorlik kabi kasblarda ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi.Asarni sahnalashtirishga davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi.O’quvchilar ifodali o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga,badiiy asarga havas,uni o’qib o’rganishga intilish uyg’toadi.Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim.Q.Muhammadiy,P.Mo’min,Z.Diyor,A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi.Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muasssasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishlari kerak.Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi.Kitobni,asarni qanday paydo bo’lishini,uni hurmat qilish, asrab-avaylashni o’rgatadi.Shunday qilib badiiy adabiyot,bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirish,yorqin obrazlar yaratish bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtradi.Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi.So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi.Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarboyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan.Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan.Buning uchun esa o’quvchi albatta og’zaki xalq ijodni yaqindan o’rganishi lozim.Ertaklar-yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ertaklar bilan tanishar ekan mard,jasur,vatanparvar,mehribon bo’lishga,topishmoqlar o’qir ekan,topog’on,bilimdon,zukko bo’lishga intiladi.Shu bilan bir qatorda sinfdan tashqari o’qish darslarini samaradorligini o’stirishda “Sinfdan tashqari o’qish” burchagini yuritish juda katta ahamiyatga ega.Chunki “Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezatilishi mumkin.Bu ishlar o’quvchilarning ilg’or pedagogik mahoratiga va ijodkorligiga bog’liqdir.”Sinfdan tashqari o’qish burchagi” qanday bezatilmasin,u yerda topshiriq,,rasm va shu kabilarni ishlab ilib qo’yish uchun taxta yoki kitob javoni bo’lishi shart.(150x100) kattalikdagi stend devorga qistirilib,uning tepa qismiga “Sinfdan tashqari o’qish burchagi” deb yozub qo’yiladi.O’quvchilar navbatdagi sinfdan tashqari o’qish darsigacha o’qishlari uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati unga joylashtirilishi mimkin. Masalan:“ Do’stlik” mavzusida sinfdan tashqari o’qish burchagi tashkil qilsak ishni quyidagicha bajaramiz.

Tavsiya qilinadigan adabiyotlar:


Ertak asosida chizilgan sur’atlar va aplikassiyalar.


1.”Laylak bilan tulki” O’zbek xalq ertagi. 2.”Arslon bilan it”. Lev Tolstoy. 3.”Kapalak” Zulfiya. Sherlar to’plami. 4.”O’tinchi yigit bilan sher” ertak. 5.”Ko’ngilchan o’tinchi” ertak. 6.”Asalari bilan pashsha” ertak.


O’qilgan adabiyotlar. O’quvchilar tavsiya qiladigan adabiyotlar.




O’quvchilar ikki xafta davomida kitoblar bilan tanishadilar.O’zlariga yoddan asar qaxramonlarining rasmlarini chizadilar,aplikasiyalar bilan bezatilgan rasmlar ham tayyorlashlari mumkin.Xafta yakunida o’qigan kitoblari asosida sahna ko’rininshlari tayyorlaydilar,monolog va diologlar o’qiydilar.Savol-javob,test uslublaridan foydalanadilar. Darslar jarayonida o’rgangan xalq maqollari,hikmatli so’zlar,tez aytishlardan foydalanib o’quvchilarning o’g’zaki nutq ko’nikmalarini shakllantiish,mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirishga ega bo’ladilar. Masalan:”Mexnatsevarlik” mavzusida quyidagi interfaol uslublardan foydalanish mumkin.


Mehnat-mehnatning......roxat


Mehnat.... keltirar


Xunar-xunardan .....unar


Ishlagan tishlaydi, Ishlamagan ......


Ishlaganing uyingga, O’rganganing ........


Halol mehnat yahshi odat, berar senga .......


Yigit kishiga .......


Xarakating erta bo’lsa Kuzda ......o’rasan.


Gap bilan ....... berma, Ish bilan dalda ber


Mehnat bersa to’yimli





Jamoat tashkilotlari o’quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtlarda olib boriladigan xilma-xil mashg’ulotlarni o’qituvchilar yordamida tashkil qiladilar. Sinfdan tashqari ishlar o’z mazmuniga ko’ra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlar uch xil formada: ommaviy, to’garak va individual formalarda tashkil qilinadi. Ommaviy shakllar: Ertaliklar, maktab kechalari, bolalar bayramlari, ko’riklar, quvnoqlar va topqirlar to’garagi, sayr, maktab muzeylari, bolalar ishlarining ko’rgazmalari va hokazolar. To’garak ishlari: maktabdagi har bir to’garak o’zining doimiy ish kunlari va soatlarig ega bo’lishi lozim. To’garakda qat’iy intizom bo’lishi: to’garak a’zolari mashg’ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to’garak topshiriqlarini batartib bajarishlari, to’garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak. Sinfdan tashqari yakka tartibdagi ish: Har bir o’quvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o’qish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o’qish dasturi bor. O’quvchining nima o’qiyotgani va o’qigan narsalarini qanday idrok qilayotganini o’qituvchi bilishi juda muhim. SHuning uchun o’qituvchining sinfdan tashqari o’qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ’ib qilish va o’quvchilarda o’qilgan darsliklarni to’g’ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat. Individual topshiriqlarning turlari juda ko’p bo’lib, o’simliklar o’stirish, gullar, svzvotlar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir o’quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o’stirishga yordam beradi. O’qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari va kamolot darajalarini aniqlash bilan shug’ullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim o’qituvchilar, gruppa yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni rejalashtirish. Sinfdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi. Tuman, shahar, o’lka va respublika hamda maktab o’quvchilari saroylari va uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq maorifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar. Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning I-VIII sinflari o’quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o’qiy oladigan bolalarga xizmat ko’rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o’rganishda o’quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o’qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan. Ko’pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan tashqari muassasalar o’quvchilar bilan olib boriladigan t’lim-tarbiya ishida maktab va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O’qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo’lga qo’yadi, o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to’garaklarga yo’llaydi. Maktab bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo’lgan yordamni ham nazarda tutadi. Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish zarur. Maktab tarbiyaviy ish rejasini o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlarning forma va metodlarini, ularni oqilona yo’lga qo’yishni o’z ichiga oladi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy ishining umumiy rejasini tuzadi hamda o’quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o’qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi. Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sog’lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli, ammo sharafli kasbimizni bajarishda izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir.Chunki yurtboshimiz aytganidek, ”Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli bo’lishlari shart.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish
G'ulom Maxmudovich Sayfullaev Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish haqida materiallar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Aqliy hujum, Metod, uslub, tushuncha, motiv, g'oya, gerbariy.
Modern education in the organization of extracurricular
activities use of technology
Gulom Maxmudovich Sayfullaev Bukhara State University
Abstract: This article provides materials on the use of modern educational technologies in the organization of extracurricular activities.
Keywords: Brainstorming, method, style, concept, motive, idea, herbarium.
Boshlang'ich sinfda ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o'quvchilarni ta'lim jarayoniga qiziqtiradi, o'quvchilarning darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interaktiv metodlar o'qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.
Metodning maqsadi- guruhdan qisqa vaqt ichida ko'p miqdorda variantlarni olish, o'quvchilar nimalarni bilishini aniqlash. Mashg'ulot davomida muammoni hal eta oladigan g'oyalar taklif etilishi, umumiy tajriba yuzasidan fikr alamshish uchun zamin yaratilishi va o'quvchilar istagini bildirishi mumkin.
- "Fikriy hujum'' odatda og'zaki shaklda bo'lib o'tadi o'qituvchi savol beradi, o'quvchilar esa munozaraga tushmasdan o'z fikrini galma-gal bayon qilishadi, bunda hamma o'z fikrini aytib bo'lishi kerak;
- g'oyalarning hammasini barchaga namoyish qilib ko'rsatib qo'yilmaguncha ularni muhokama qilmaslik nihoyatda muhim;
- jarayonining tartibi va maqsadini o'quvchiga tushuntirib qo'yish lozim;
- g'oyalar ro'yxati kimdagi uzunroq bo'lsa o'sha yaxshi hisoblanadi.
O'rta umumta'lim maktab o'quvchilari ta'lim-tarbiya sifatini yaxshilash uchun o'qituvchi va tarbiyachilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlar imkoniyatidan keng ravishda foydalanadi.
www.openscience.uz 1006 |
Sinfdan tashqari ishlarga turli anjumanlar, kechalar, o'tkir zehnlilar musabaqasi, ekskursiyalar o'tkazish, kinoteatrlarga borish, zavod va fabrikalarga ekskursiya tashkil etish, devoriy gazetalar chiqarish va boshqalar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar ikki turga bo'linadi: ta'limiy va tarbiyaviy. Sinfdan tashqari ta'lim ishlariga maktabda ma'lum fan yuzasidan tashkil etiladigan ishlar: to'garaklar, olimpiyadalar va kechalar kiradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi va vazifasi o'quvchilarning axloqiy, mehnat, estetik tarbiyasini yaxshilashdir. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchi qobiliyatini rivojlantiradi, o'qishga bo'lgan havasini oshiradi va ular shaxsini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyat tug'diradi.
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, ular maktab bilan hayot aloqasini mustahkamlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish san'atkorlar, ishchilar, olimlar, dehqonlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. O'quvchilar turli sohada ishlayotgan kishilar bilan tanishib, ular kabi vatanga, xalqqa xizmat qilish istagi paydo bo'ladi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ixtiyoriy xarakterga ega. Bolalar bunday ishlarga o'z xohishlari bilan ishtirok etadilar. Bir kishi bir necha tadbirlarda ham qatnashishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish tog'ri emas. Ular o'z xohishlari va qobiliyatlari asosida chora tadbirda ishtirok etishlari mumkin. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati va uning ijtimoiy foydali yo'nalishi. Darslardan tashqari maktabda bolalar bilan darsdan tashqari vaqtlarda har xil mashg'ulotlar: ekskursiyalar to'garak ishlari, ertaliklar, sinfdan tashqari o'qishlar, qiziqishlar bo'yicha klublar va boshqa ishlar o'tkaziladi. Bu ishlar o'quvchilarning o'qituvchi rahbarligida ularning bilishga qiziqishlarini uyg'otish va shuningdek, maktab dasturini kengaytirish hamda to'ldirish maqsadida amalga oshiriladigan chetdagi ko'pchilik faoliyat shakli bo'lgan sinfdan tashqari ishlar nomini oladi. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlar darslarda olingan bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va aniqlashtirish, tabiatni o'rganishga qiziqish uyg'otish, o'quvchilar faolligi va mustaqilligini rivojlantirish, bu vaqtni tashkillashtirish imkoniyatini beradi. Sinfdan tashqari tabiatshunoslik ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ham ega, chunki o'quvchilarning xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadi. Ular moddiy dunyoga qarashni va mehnat madaniyatini shakllantiradi, bilishga qiziqishni va mustaqil kuzatish ko'nikmalarini rivojlantiradi, jamoatchilik hissini va tabiatga muhabbatni tarbiyalaydi. Tabiatshunoslik bo'yicha yo'lga qo'yilgan sinfdan tashqari ishlar o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vositalaridan biridir.
Uzoq muddatli tajribalar qo'yish, gerbariy va kollektsiyalar uchun material yig'ish, model, maket va boshqa ko'rgazmali qurollar tayyorlash, jonli tabiat burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi ishlar kabi sinfdan tashqari, ishlarning shakllari
www.openscience.uz 1007 |
tabiatni o'rganishni hayot bilan bog'lash va o'quvchilarni mehnatga tayyorgarlik uchun ahamiyatli bo'lgan amaliy uquv va ko'nikmalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Bolalarning kuzatishlari va o'qituvchining tushuntirishlari bilan olib boriladigan qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy ishlari tabiatni boshqarish, uni inson manfaati uchun o'zgartirish to'g'risidagi ta'limot asoslarini tushunib olishlariga yordam beradi. Bolalarning ijtimoiy-foydali faoliyatlari ularni mehnatga o'rgatadi va vatanparvarlik tarbiyasiga ko'maklashadi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning barcha turlari bir-biriga bog'liq bo'lishi, biri ikkinchisini to'ldirishi kerak. O'simlik va hayvonlar bilan ishlashga darslarda vujudga kelgan qiziqish sinfdan tashqari mashg'ulotlarda rivojlanishi mumkin, ayniqsa tabiatshunoslik bilan qiziqqan o'quvchilar esa yosh tabiatshunoslar to'garagiga birlashtirilishi mumkin. O'quvchilarda tabiiy ob'ektlarni kollektsiyalashtirishga moyillikni, hayvonlarga muhabbatni payqagan o'qituvchi ularning qiziqishlariga qarab mashg'ulotlar topishi, tabiat to'g'risidagi fanni chuqurroq o'rganish istagini rivojlantirish zarur.
Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish, o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bumashg'ulotlar darslarni takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlarga asoslanishi kerak. Bolalar e'tiborini tabiat, shuningdek maktab jonli burchagi va o'quv-tajriba maydonchasidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko'cha va maktabni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha, qushlarni muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar va tegishli kitoblar o'qish bilan birga olib borilishi kerak.
Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o'ylab chiqish zarur. Sinfdan tashqari ishlarni uch guruhga bo'lish mumkin.
Birinchi guruhga ko'plab o'quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar, ikkinchi guruhga - guruh doirasida olib boriladigan to'garak ishlari va uchinchi guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqan yakka tartibdagi o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.
Ommaviy mashg'ulotlar kinofilmlarni namoyish qilishni, tabiatga ekskursiya va poxodlar o'tkazishni, ertaliklar, o'quvchilar ishlarining ko'rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek kompaniyalar (hosil kuni, bog' haftaligini, daraxtlar o'tkazish haftaligi, qushlar kuni va boshqalar) o'tkazishni nazarda tutadi. Guruh mashg'ulotlarga yosh geografiyachilar, yosh tabiatshunoslar, klub ishlari kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. G Sayfullaev, L Alimova, U Ollokova. Formation of environmental knowledge in pupils of second class in the lessons the world around us. Bridge to science: research works, 206-208.
www.openscience.uz 1008
2. ГМ Сайфуллаев, ЛХ Алимова, БОУ Ходиев. Формирование и развитие ихтиофауны водоемов низовьев р. Зарафшан. Вестник науки и образования, 2225.
3. ГМ Сайфуллаев. Биология и хозяйственное значение промысловых хищных видов рыб, проникших из реки Амударьи в водоемы низовья бассейна реки Зарафшан.
4. ЛХ Алимова, СМ Гафарова, ГМ Сайфуллаев. Нарушение обмена энергии в митохондрии печени при гелиотринном гепатите. Вопросы науки и образования, 14-15.
5. Mashura Sulaymonovna Safarova, Feruza Raxmatilloyevna Kamalova Maktabgacha yoshdagi bolalarda asosiy stomatologik kasalliklarning oldini olish // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-yoshdagi-bolalarda-asosiy-stomatologik kasalliklarning oldini olish.
http://fayllar.org
Download 26.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling