Sinfdan tashqari ishlarda bolalarning mehnatga ongli munosabatini shakllantirish metod
Download 163.6 Kb.
|
SINFDAN TASHQARI ISHLARDA BOLALARNING MEHNATGA ONGLI MUNOSABATINI SHAKLLANTIRISH METOD
Badiiy amaliy to‘garaklar respublikamiz mustaqillikka erishgan yillarda keng e’tibor berib kelinayotgan milliy qadriyatlarimiz bilan
bog‘liq xalq hunarmandchiligi bilan uzviy bog‘liq holatda tashkil etiladi. Bu turdagi mashg‘ulotlar amalda qo‘llanadigan asbob - uskuna, uyushtiruvchilar guruxini tashkil etishdan boshlanadi. Tashabbuskorlar guruxi uchrashuvda muhokama etiladigan savollar va masalalar doirasini belgilab beradi. Shundan keyin ana shu savollarga javob bera oladigan mutaxassislar tanlanadi. Uchrashuvning o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish ishiga to‘laroq javob bera olishi uchun quriladigan masalalarning tegishli qirralariga ko‘prok e’tibor qaratiladi. Kasbga yo‘naltirishga asoslangan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning uchinchi guruxiga o‘quvchilarnig mehnat birlashmalari kiradi. Mehnat birlashmalari nisbatan ancha ilgari paydo bo‘lganiga qaramasdan, keyingi yillarda, ayniqsa, keng qo‘llanila boshlandi. O‘quvchilarning mehnat birlashmalari ta’limni unumli mexnat bilan qo‘shib olib borishning samarali shakli sifatida mehnatda tarbiyalash, kasb tanlashga yo‘llash, ishlab chiqarish asoslari bilan tanishtirish va mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat birlashmalarini tashkil etish, faqatgina, o‘quvchilarning moddiy, xom ashyo ta’minotini mustahkamlabgina qolmasdan, balki, milliy qadriyatlarimizni tiklash, kasbiy ta’lim-tarbiya berish, kasbga yo‘naltirish, tayyorlash, tanlash, moslashtirish kabi dolzarb muammolarni ijobiy xal etishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, har bir maktabda bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitini hisobga olgan xolda, o‘quvchilarning talab, ehtiyoj va qiziqishlarini qondirish uchun mehnat birlashmalarining tashkil etilishi bozor munosabatlari sharoitining zaruriy ehtiyojidir. Birlashmaga jalb etilgan o‘quvchilar o‘z mexnatlari natijalarini ko‘rib, chuqur ruhiy qoniqish hosil qiladilar. Mehnat faoliyati ularda mustaqillik, mehnatsevarlik, erkinlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tashkilotchilik kabi sifatlarni shakllantiradi. Mehnat birlashmalari o‘quvchilarda intizomlilik, do‘stlik, birdamlik, tejamkorlik, mexnat kishilariga hurmat ruxida tarbiyalab, ularni kelgusidagi kasbiy faoliyatiga tayyorlaydi. Download 163.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling