- O`qituvchi o`quvchilarga savollar berib ularning fikrlash qobiliyatini sinadi
Savollar:
1. Luqmoni Hakimdan nimani so`radilar?
2. U kishi nima deb javob qildi?
3. Odobni odobsizdan qanday o`rganish mumkin ekan?
4. Odobli bo`lish uchun nimalar qilish kerak?
- O`quvchilar savollarga javob berishdi va o`quvchilar o`zlari bilgan rivoyatlar, hikmatlar va nasihatomus gaplarni aytib berishdi.
1 - o`quvchi:
Luqmoni hakimning o`g`li otasidan so`radi:
-otajon, insondagi xislatlarning qaysisi yaxshiroq
-dini, dedi luqmoni hakim o`g`liga.
-demak, ikkitami: dini va moli? yo uchtami: dini, moli va hayosi? yoki to`rttami: dini, moli, hayosi va go`zal xulqi? yoxud beshtami: dini, moli, hayosi, go`zal xulqi va saxovati? yo oltitami… deya yaxshi xislatlarni bir-bir sanayotgan o`g`liga ota:
-bolajonim agar kishida bu beshta xislat jamlanilsa, demak, u haqiqiy muttaqiy, ollohning do`sti, shaytondan xalos bo`lgan insondir”.
O`quvchilar bu rivoyat yuzasidan savol-javob o`tkazib o`zaro fikr almashdilar.
2-o`quvchi:
“HA” BILAN “XO`P”
“Ha” bilan “Xo`p“ bir so`z-ku
Bir-biridan ko`p yiroq.
“Ha“ dan ko`ra „Xo`p“ini
Ishlatsak biz yaxshiroq.
“Хо`р“ - bu hurmat belgisi,
“Ha“-chi unga teskari.
“Ha”ni qo`yib, “Xo`p” desak,
“Rahmat!” der yosh-u qari.
O`qituvchio`quvchilardanquyidagisavollarniso`radi
1. She`r nima uchun “Ha“ bilan “Xo`p“ deb atalgan?
Siz ulardan qaysi birini ishlatasiz?
2. Sizni kimdir chaqirsa, nima deb javob qilasiz?
3-o`quvchi:
NASIHAT
Bobom bizga foydali maslahatlar beradilar.
Elektr nuri bo`lmasa, qorong`ida dars tayyorlay olmaysizlar. Shuning uchun kerak bo`lmagan chiroqlarni o`chirib qo`ying, - deydilar.
To`g`ri-da, agar yorug` bo`lmasa, qanday yashash mumkin. Elektr insonlar uchun muhim narsa. Undan to`g`ri foydalanish zarur. Bobom ko`pni ko`rganlar. Shuning uchun zarur nasihatlar beradilar.
Tejamli bo`lishning foydasi ko`p. –deydilar bobom.
O`qituvchi: siz ham bobo va buvilaringizning nasihatlariga quloq solasizmi?
- Bobongiz bergan nasihatlar sizga yoqdimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |