Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma Termiz shahar -sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ”V”-sinfiga berilgan pedagogik-psixalogik. Tavsifnoma


Download 21.17 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi21.17 Kb.
#1358565
Bog'liq
Aziza Sinfga pedagogik psixalogik tavsifnoma[1]



Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma Termiz shahar 9-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi 5 ”V”-sinfiga berilgan pedagogik-psixalogik.
TAVSIFNOMA
Men sinf rahbarlik qilgan maktabning 5 ”V”-sinfi maktabda o’z o’rniga ega bo’lgan sinflardan biri bo’lib, 30 nafar o’quvchisi bor.Shulardan 12 nafar o’g’il bolalar, 13 nafar qiz bolalar. Sinf rahbari Diyorova Zuxra bo’lib informatika fani o’qituvchisi. 2023 yildan buyon shu sinfga rahbarlik qiladi, 9 yillik pedagogik stajiga ega bo’lgan tajribali o’qituvchidir. Sinf rahbari o’z sinfining yaxshi bo’lishi, ularning a’lo baholarga o’qishi va jamoat ishlarida faol qatnashishi uchun hamisha harakat qiladi, sinfini har doim qo’llab –quvvatlab keladi. Darsdan bo’sh vaqtlari turli qiziqarli tadbirlar o’tkazib barcha o’quvchilarning faol ishtirok etishlari uchun kurashadi.
Shu sababli ham 5 ”V”-sinf o’quvchilarining 10 nafari a’lochi, 12 nafari “4” va “5” baholarga va 6 nafari “3” va “4” baholarga hamda 3 nafar faqat “3”bahoga o’qiydigan o’quvchilardir. 5 ”V”-sinf o’quvchilaridan 5 nafari turli fanlardan maktab , tuman bilimlar bellashuvlarida ishtirok etgan bo’lib, 3 nafari fahrli o’rinlarni egallashgan va Rag’batlantirilgan. 5 ”V”-sinfda a’lochi va faol o’quvchilar bilan bir qatorda, sinfning orqaga tortadigan. 2 nafar o’quvchisi ham bor. Ushbu o’quvchilarni ham o’quv yili oxiriga qadar faol o’quvchilar qatoriga qo’shishga harakat qilinmoqda.
Men sinf o’quvchilarining har biri kelgusida o’z o’rnini topib ketishiga va o’zi tanlagan kasb egasi bo’lib, jamiyatimiz uchun munosib xissalarini qo’shishlariga ishonaman.
____________________Jumayev.A 4.03.2023
Download 21.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling