Sinfga tavsifnoma Buxoro viloyati Peshku tumani
Download 9.82 Kb.
|
tavsif sinfga
Sinfga tavsifnoma Buxoro viloyati Peshku tumani 43-umumta’lim o’rta maktabining 7-“A” sinfi o’quvchilari uchun Tavsifnoma Men Guli Ikromova 10-sentabrdan Peshkoʻ tumanidagi 43-umumta’lim maktabida amaliyotimni o’tayapman. Maktabda na’munali sinflar juda ko’p. Ular orasida 7-"A" sinfi maktabdagi eng olg’ir , bilimdon , har tomonlama qobiliyatlarga ega , o’zlarining tengdoshlari orasida ajralib turadigan sinf hisoblanadi. 7-"A" sinfining sinf rahbari Nemaʼtova Dilshoda doim o’quvchilari orqasidan faxrlanib yuradigan o’qituvchi sanaladi. Hozirda 7-"A" sinfida 24 nafar o’quvchi tahsil olmoqda. Ulardan 15 nafari qiz bola 9 nafari o’g’il bolalar. Sinf o’quvchilari bir-birlari bilan juda ham inoq bo’lib , doim bir- birlariga yordam berishadi. Sinfda qobiliyatli , ishchan o’quvchilar ko’p bo’lib , ular sirasiga Ikromov Salimbek , Barotova Gulasal , Shadjonov Elyor , Gʻaybullayeva Nozanin va boshqalarni kiritishim mumkin. Shu bilan birgalikda bilimlarni o’zlashtirishda biroz orqada qolayotgan o’quvchilar ham bor. Bular Amonov Sardor , Ilhomova Sevara , Bekmurodov Ramazon bu kabi o’quvchilar sinfda yaxshi o’zlashtiruvchi o’quvchilarga biriktirilgan. O’quvchilar maktab kutubxonasidan ertak , hikoya va boshqa kitoblarni olib sevib o’qiydilar. G. Boʻronova tomonidan tashkil etilgan “Shaxmat-shashka” to’garagi orqali o’quvchilarda miyani rivojlantirish malakalari shakllanmoqda. Sport to’garaklari orqali o’quvchilar salomatligi ta’minlanmoqda. Men kelajakda bu o’quvchilarni yuksak yutuqlarga erishadi degan umiddaman. Download 9.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling