Sinfiga dars o’tayotgan ekanlar dars o’tish metodlari juda ham ajoyib ekan


Download 13.79 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi13.79 Kb.
#1044040
Bog'liq
Amaliyot hisoboti


10.05.2022
Bugun amaliyot uchun Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar XTBga qarashli 20-umumiy o’rta ta’lim maktabiga bordim va u yerda Fizika fani o’qituvchisi Sobirov.X domla bilan birgalikda dars tahlili uchun kirdim.
16.05.2022
Bugun 16-may ertalab soat 08:00 da 20-umumiy o’rta ta’lim maktabiga yetib keldim. Men uchun eng muhim xodisa maktab direktori M. Uzoqovaning darslariga tahlil uchun kirishim bo’ldi.Ustoz 9b-sinfiga dars o’tayotgan ekanlar dars o’tish metodlari juda ham ajoyib ekan.
17.05.2022
Bugun 17-may ertalab 20-maktabga yetib keldim. Bugun 6a-sinfiga geografiya fanidan tahlil uchun kirdim.Chunki yosh o’quvchilar uchun qo’llaniladigan metodlar usullar men uchun juda ham qiziq edi.Ayniqsa bolalarning bilimga chanqoqligini ko’rgan odamni quvontiradi.
23.05.2022
Bugun 23- may pedagogik amaliyot o’tash uchun 20-maktabga yetib keldim. 7a-sinfiga tarix darsi tahliliga kirdim .O’qituvchiy.No’monova oily ma’lumotli ustoz ekan. Bu ustozning darslardagi metodi mutlaqo o’zgacha doskaga har xil krossvord va klasterlar tuzib har bir o’quvchi bilan ishlaydilar.
24.05.2022
Bugun soat 08:00 da 20-umumiy o’rta ta’lim maktabiga yetib keldim.
Bugun 8-sinflar uchun oxirgi dars ekan. Qiziquvchanligim uchunmi bolalarga qiyinlig darajasi xar xil bo’lgan savollar berdim.Keyin ularni qiziqishlarini so’radim ularni aksariyati matematika va fizika faniga qiziqishini aytishdi.
30.05.2022
Bugun soat 08:00 da maktabga keldim.O’quvchilar bilan birgalikda imtihon savollariga qo’limdan kelganicha ko’maklashdim. O’quvchilar menga qiziqishlari bo’yicha savollarni bera boshlashdi. Mening maqsadim ularni fizikaga qiziqishlarini oshirish.
31.05.2022
Bugun ham maktabga keldim. O’quvchilar bilan har kuni suxbatda bo’lganim sababli mani o’qituvchilik kasbiga bo’lgan mehrim kundan kunga oshib borayotganini sezdim. Bugun ham qo’limdan kelganicha o’quvchilarning savollariga qo’ldan kelganicha javob berdim.
06.06.2022
Bugun 6-iyun soat 08:00da maktabga keldim. O’quvchilar bilan imtihon savollarini ishladik .Eng asosiysi quvonarli xolat bu o’quvchilarning bilimlari sezilarli darajada oshganini ko’rganim bo’ldi. Fan o’qituvchisi bilan birgalikda tushunch va ko’nikmalar berib savollarga javob berdik.
07.06.2022
Mana bugun uzoq kutilgan imtihon kuni o’quvchilar imtihon kuni o’quvchilar imtihonga kuchli tayyorgarlik ko’rishgani ko’zlaridan ko’rinib turipti. Imtihon vaqti boshlanishiga 5 daqiqa qolganiga fizika xonasiga direktor , sinf rahbari o’quv ishlari xonasiga yig’ilishdi o’quvchilarga tushunchalar berishdi.
Download 13.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling