Sinflar uchun 5 – sinf adabiyot so`z san’ati


Download 242.5 Kb.
bet1/7
Sana06.04.2020
Hajmi242.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

5-6-7-SINFLAR UCHUN

5 – SINF

ADABIYOT - SO`Z SAN’ATI.

1. “Vatanim” she’ri muallifi?



Muhammad Yusuf.

2. Olam ahli, bilingizkim,

ish emas dushmanlig`,

Yor o`ling bir-biringizgaki,

erur yorlug` ish.

Yuqoridagi satrlar qayerda uchraydi?



O`zbekiston Milliy bog`iga o`rnatilgan A.Navoiy haykali ostida.

3. Adabiy asarlar necha turga bo`linadi



3 turga

HIKMAT DURDONALARI.

MAQOLLAR.

1. Maqol so`zi qaysi tildan olingan va ma’nosi nima?



Arab tilidan, “so`z” degani

2. “Zarbulmasal” da qancha maqol keltirilgan?



400 dan ortiq

3. “Qo`l” ni nima deyishgan?

Al”

4. “Dunyo” ni nima deyishgan?

Ochun”

NUQTALAR O`RNIGA MOS SO`ZNI TOPIB MAQOLLARNI DAVOM ETTIRING.(5-24)

5. …..baxt keltirar.



Bilim

6. Duo bilan el ko`karar, ……..



Yomg`ir bilan yer ko`karar.

7. Aql yoshdan, ….



Odob boshdan

8. Er yigit, ..



Elda aziz

9. Yer to`ydirar, …



O`t kuydirar

10. Eksang….



O`rasan

11. Tikansiz gul bo`lmas, ….



Mashaqqatsiz – hunar

12. ….. bozorda sotilmas



Aql

13. Ko`ngli ochiqning qo`li ochiq, …



Qo`li ochiqning yo`li ochiq

14. O`ylamay qilingan ish, ….



Boshga keltirar tashvish

15. Sinamagan otning ….



Sirtidan o`tma

16. ….suyagini xo`rlamas



Sulton

17. Uying tor bo`lsa ham, …..



Ko`ngling keng bo`lsin!

18. Chin so`z - mo`tabar, ….



Yaxshi so`z – muxtasar

19. Qoqilsang .…



toshdan o`pkalama

20. …. o`z vaqti bor



Har ishning

21. Bir azobning ….



bir rohati bor

22. … bog`i ko`karmas



Baxilning

23. ….. hayitda o`lar



Nafsi yomon

24. ….aynimas, … sasimas



Asal, sariyog`

XALQ OG`ZAKI IJODI TUSHUNCHASI.

1. “Folklor” atamasi ilk bor kim tomonidan qo`llangan?



XIX asr tadqiqotchisi Vilyam Toms tomonidan

2. “Folklor” so`zining ma’nosi

folk”-xalq, “lor”- bilim, donolik, donishmandlik, yani “xalq bilimi”, “xalq donoligi”, “xalq donishmandligi” demakdir.

3. O`zbek folklorida necha tur bor?



4: 1)Epik

2)Lirik

3) Dramatik

4) Maxsus

4.Maxsus turga qaysi janrlar kiradi?



Maqol, matal, topishmoq

5. Epik turga qaysi janrlar kiradi?



Mif, afsona, rivoyat, ertak, naql, latifa, lof, terma, doston kabilar

6. Dramatik turga qaysilar kiradi?



Og`zaki drama, qo`g`irchoq o`yin, askiya, xalq teatrlari

TOPISHMOQLAR.

1. Topishmoqlarni ba’zan nima deb atashadi?

topmacha”, “jumboq”, “matal”

2. Mumtoz adabiyotda topishmoq nima deyilgan?

chiston”

3. She’riy topishmoq aytadigan malikaning ismi?



Sohibjamol

TOPISHMOQLARNING JAVOBINI TOPING.(4-20)

4. “O`zi bir qarich, soqoli qirq qarich”



Igna

5. Qo`shnimning arqoni devordan oshib tushdi.



Oshqovoq

6. Bir parcha patir, Olamga tatir



Oy

7. Uzoq yerda o`t ko`yur



Bo`ri

8. Sassiq soyda it hurar



Qurbaqalar
9. Chorbog`imda juft chinor.

Ota-onang

10. Eshigimda qo`sh munguz



Ini-og`ang

11. Qora tolim butoqsiz



Qora soching

12. Osmondagi g`ozlar soni?



36 ta

13. Nima barcha tilda gapiradi?



Aks sado

14. Nima soqoli bilan tug`iladi?



Echki

15. Nima doim o`z o`rnida turadi?



Soat

16. Nimaning mo`ylovi oyog`idan uzun?



Suvarak

17. Odamzodda nima ko`p?



Umid , reja

18. Dunyoda nima chaqqon?



Fikr

19. U bor senda va menda,

Qo`y-chi, har bir insonda

Eng yaxshisi asal-qand,

Yomoni-chi berar pand

Til

20. Yumuq ko`z bilan nima ko`rish mumkin?



Tush

IMOM AL-BUXORIY (810-870).

1. “Al- jome’ as-sahih” necha jild?



4

2. “Al- jome’ as-sahih” necha yilda yaratilgan?



16

3. Imom al-Buxoriy qancha hadis to`playdilar?



600 ming

4. “Al- jome’ as-sahih” dan qancha hadis o`rin olgan?



7397 ta

5. Imom al-Buxoriy qabrlari qayerda ?



Samarqand viloyati, Payariq tumani, Xartang qishlog`i

6. Uchta xislatni o`zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo`ladi. Bular…



Insofli va adolatli bo`lmoq,

Barchaga salom bermoq,

Kambag`alligida ham sadaqa berib turmoq.

7. Munofiqning nechta alomati bor va ular qaysilar?



3: 1) so`zlasa yolg`on so`zlar

2) va’da qilsa, bajarmas

3) omonatga xiyonat qilur

8. Kishi badanida bir parcha go`sht bor, agar u tuzalsa, a’zolarning barchasi tuzalgaydir, agar u buzilsa , a’zolarning barchasi buzilgaydir. U …



Qalbdir

9. Alloh ilmini teran o`rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi. Alloh yuborgan hidoyatni o`zi o`rganib, o`zgalarga ham o`rgatadir. Bunday kishi …..



Mo`min

10. Ikkinchi bir kishi ilm o`rganib, odamlarga o`rgatadi. Ammo o`zi amal qilmaydi. Bunday kishi ….



Fosiqdir

11. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o`zi ham o`rganmaydi, o`zgalarga ham o`rgatmaydi. Bunday kishilar …..



Kofirdir
12. “Kimki, rizqim ulug` umrim uzoq bo`lsin desa….”

qarindosh-urug`lariga mehr-oqibatli bo`lsin!”

13. Ahli jannat kim?

Har bir zaif va bechorahol odamdir

14. Ahli do`zax kim?



Har bir qo`pol, quruq, gerdaygan, beqanoat va dimog`dor odam.

15. Qarindoshlariga zakot bersa…



2 ta savob tegadi:

1. qarindoshlariga oqibat qilgani uchun

2. zakot bergani uchun

16. Kim zolimdir?



Alloh nozil qilgan yo`l-yo`riqlarga muvofiq hukm qilmaydiganlar

17. Hadislar tuzilishiga ko`ra necha qismdan iborat bo`ladi?



2

18. Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan-avlodga qoldirib kelgan roviylar ro`yxati hadisning …. deyiladi.



Musnadi

EZOP (MIL.AV VI ASR)

1. Kim o`zini qullikdan ozod etib, Lidiya shohi Krez saroyida xizmat qiladi?



Ezop

2. Ezop Vavilon shohi Likurg saltanatida qanday xizmat qiulgan?



Xazinabon

3. “Ezop masallari” da qancha masal bor?



500 ga yaqin

4. Mashhur faylasuf Ksanf kim edi?



Ezopning xo`jayini

5.Ezop Ksanfni qanday garovdan qutqarib qoladi?



Dengiz suvini ichishdan

6.Yangi do`st topganda, eskisini unutmaslik g`oyasi qaysi asarda tilga olinadi?

Yovvoyi echkilar bilan cho`pon”

7. Qaysi masal xulosasida “kimki o`ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog`insa, u albatta Xudoning qahriga yo`liqqay” deyiladi?

Kiyik bilan tokzor”

8. “Bo`ri bilan laylak” da nima deyilmoqchi?



Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganlarining o`ziniyoq yax-shilik qilganga yo`yadilar

9. Ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho`kib qoladilar, holbuki, boshqalar bundan o`n chandon og`ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengadilar”.

Qaysi masal xulosasi?

Eshak bilan baqalar”

10. Ayrimlar ishlatgan hiyla- nayrangning o`z boshlariga yetishi qaysi masalda ko`rsatib o`tilgan?

Ustiga tuz yuklangan eshak”

11. Ikkinchi marta eshakning ustiga nima ortilgan edi?

Yuvg`ich

12. O`zidan zo`rroq bilan bella-shaman deb kulguga qolmaslik qaysi masalda aytiladi?

Burgut, zag`cha va cho`pon”

13. Qadim hind adabiyotining nodir namunalari bo`lgan asarlar

Panchatantra”,

Kalila va Dimna”



RIVOYAT VA ERTALAR OLAMIDA.

TO`MARIS” RIVOYATI.

1. Saqalar davlati qachon tashkil topgan?

2700 yil oldin

2. To`maris qaysi qabila boshlig`i edi?



Massagetlar

3. “Tomaris” kimning qaysi asari orqali yetib kelgan?



Herodotning “Tarix”

4. Tarix kitoblarida “To`maris” qanday shakllarda uchraydi?

To`maris”, “Tomris”, “Tamiris”, “Tamirida”

5. Afsonalar asosida ko`plab badiiy asarlar yaratgan adib?



Mirkarim Osim

6. M.Osim Al-Xorazmiyning 1200 yilligiga bag`ishlab qaysi asarni yozgan?

Aljabrning tug`ilishi” hikoyasi

7. M.Osimning “Jayxun ustida bulutlar” qissasi kimga bag`ishlan-gan?



Beruniyga

8. M.Osimning “Zulmat ichra nur” asari kimga bag`ishlangan?



A.Navoiyga

9. M.Osimning “Singan setor” asari kimga bag`ishlangan?



Mashrabga

10. M.Osim mo`g`ul istilochilarining vatanimizga bostirib kirishi va xalq farzandlarining ularga qarshi olib borgan mardonavor kurashini aks ettiruvchi qanday asarlar yozdi?

O`tror”, “Temur Malik”
TO`MARIS” HIKOYASIDAN.

1. To`marisning o`g`li?



Sparangiz

2. To`marisning kelini



Zarina

3. Zarina qaysi urug`dan?



Shak

4. Eron shohining nomi?



Kayxisrav

5. Kayxisravning kallasini kim kesadi?



Zarina

SHIROQ” RIVOYATI.

1. “Soch-soqoli oqargan, biroz munkayib, cho`kib qolgan suyak-dor chol edi. U bir vaqtlar keng yag`rinli, baland bo`yli pahlavon edi.” U kim?

Rustak

2. Shiroq qaysi urug`dan?



Shak

3. Shak urug`i oqsoqoli?



Rustak

4. “Shiroq bizning urug`dan. Butun umri cho`ponlik bilan o`tgan, O`zi juda farosatli, dono, dostonchi chol”, deb kim aytadi?



Saksfar

5. Eron qo`shini sarkardasi?



Ranosbat

RIVOYAT VA AFSONA TUSHUNCHALARI.

1.Rivoyatlar mavzusiga ko`ra ne-chaga bo`linadi va ular qaysilar?



2 ga: 1.tarixiy

2. joy nomlari bilan bog`liq rivoyatlar

2. Afsonalar mavzusiga ko`ra nechaga bo`linadi va ular qaysilar?


2 ga: 1. sof mifologik afsonalar

2. tarixiy voqea va hodisalar aks etadigan afsonalar

3. Sof mifologik afsonalarga qaysilar kiradi?

Qayumars”, “Hazrati Xizr”, “Odami Od”, “Erxubbi”, “Anbar ona”

4. Tarixiy voqea va hodisalar aks etadigan afsonalarga qaysilar kiradi?

Devqal’a”, “Shirin qiz”, “Kalta minor”, “Ilon buzgan”

UCH OG`A-INI BOTIRLAR” ERTYAGI HAQIDA.

1. Ertak atamasini Surxondaryo, Samarqand, Farg`onada nima deyiladi?

Matal

2. Ertak atamasini Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda nima deyishadi?



Ushuk

3. Ertak atamasi Xorazmda nima deyiladi?



Varsaki

4. Ertak atamasi Toshkent shahri va uning atrofida nima deyiladi?



Cho`pchak

5. Ertaklarda nima asosiy rol o`ynaydi?



Xayoliy uydirmalar

6. “Uch og`a-ini botirlar” ertakning qaysi turiga kiradi?



Maishiy

7. To`ng`ich botir nima bilan olishadi?



Sher

8. O`rtancha botir nima bilan olishadi?



Ajdar

9. Kenja botir kim yoki nima bilan olishadi?



O`g`rilar bilan

10. Podshoh huzurida mehmon bo`lgan aka-ukalar nimalar haqida o`z fikrlarini bildiradilar?



1. To`ng`ich botir go`sht qo`zi go`shti bo`lib, u it emib katta bo`lganini

2. O`rtancha botir shinnidan odam isi kelayotganini

3. Kenja botir nonni taxlagan kishining otasi novvoy ekanini aytadilar

11. Podshoh og`a-inilarning qay birini zindonga soladi?



Kenja botirni

12. Kenja botirning podshohga aytgan hikoyasidagi to`ti qayerlik bo`ladi?



Hindistonlik

13. “Bir daraxtning mevasi borki, har kim yesa, qari chol bo`lsa yigitlikka qaytar, kampir yesa qizlikka qaytar”, deb kim yoki nima aytadi?



Ona to`ti

14. To`ti podshohga nechta meva olib keladi?



3 dona

15. Sehrli olmalarni kimlar yeydi?



1. ikki mahbus

2. bir keksa kishi

SUSAMBIL” ERTAGI HAQIDA.

1. Tulki nimaning ramzi?

Ayyorlik va munofiqlik

2. Ayiq nimaning ramzi?



Go`l, laqmalik

3. Bo`ri nimaning ramzi?



Qonxo`rlik

4. Chumchuq nimaning ramzi?



Chaqimchilik

5. “Susambil” ertagida qaysi hayvonlar ishtirok etgan?



Eshak, ho`kiz, xo`roz, kalamushlar, bo`rilar

6. Eshakka birinchi yo`lda nima duch keladi?



Xo`roz

7. Eshakka yo`lda nimalar duch keladi?



Xo`roz, ho`kiz, kalamushlar, arilar

8. Bo`rilar nimani azroilga o`xsha-tadilar?



Arilarni

9. Bo`rilar nimani go`rkovga o`xshatadilar?



Kalamushlarni

10. Bo`rilar nimani so`figa o`xshatadilar?



Xo`rozni

11. Bo`rilar nimani eshonga o`xshatadilar?



Eshakni

12. Bo`rilar nimani munkarnakirga o`xshatadilar?



Ho`kizni

13. Hayvonlarning Susambilga kelganlaridan bo`rilar qanday xabar topadilar?



Borilar podshosi ko`rib qoladi.

ERTAK HAQIDA TUSHUNCHA.

1. Ertaklar mavzusiga ko`ra necha turli bo`ladi?



4: 1. hayvonlar haqidagi ertaklar

2. sehrli ertaklar

3. hayotiy-maishiy ertaklar

4. hajviy ertaklar

2. Hayvonlar haqidagi ertaklarga qaysilar kiradi?

Ochko`z bo`ri”, “Echkining o`ch olishi”, “Bo`ri bilan tulki”, “Ayiqpolvon”

3. “Yalmog`iz”, “Devbachcha”,

“Ur to`qmoq”, “Ochil dasturxon”, “Semurg`”, “Susambil” lar ertakning qaysi turiga mansub?

Sehrli

4. “Zumrad va Qimmat”, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Ziyod botir”, “Tohir va Zuhra”, “Ozodachehra” , “Farhod va Shirin”, “Malikai Husnobod”, “Uch og`a-ini botirlar” ertakning qaysi turiga mansub?



Hayotiy-maishiy

5. “Ayyor chumchuq”, “No`xat polvon”, “Laqma it” ertaklari muallifi?



Shukur Sa’dulla

6. “Yoriltosh”, “Afsona yaratgan qiz” ertak-pyesalari, “Kachal polvon” ertak-qissasi muallifi?



Shukur Sa’dulla

HAMID OLIMJON(1909-1944)

OYGUL BILAN BAXTIYOR”



(ERTAK-DOSTON)

1. Birinchi she’rlar to`plami?



1929-yil, “Ko`klam”

2. “Oygul bilan Baxtiyor” qachon yaratildi?



1937-yil

3. Qanday tarixiy dramasi bor?

Muqanna”

4. Qanday she’riy dramasi bor?

Jinoyat”

5. Qullar qayerda isyon ko`tar-dilar?



Jambilda
6. Qo`zg`olonga kim boshchilik qiladi?

Keksa qul Darxon va qizi Oygul

7. Kim zindonda yotgan Oygulni qutqaradi?



Tarlon ismli keksa qul

8. Daryoda oqqan sandiq qaysi yurtga kelib qoladi?



Jarjonga

9. Sandiqni kim ko`rib qoladi?



Bir o`tinchi chol

10. Oygulni qaysi baliq yutadi?



Jayhun

11. Go`zal edi va chinor

Qomatiga edi zor.

Kim tasvirlanmoqda?



Baxtiyor

12. Baxtiyorning kasbi?



Podachi

13. Baxtiyor qayerlik bo`ladi?



Susambillik

14. Oygul baliq qornidan nima topadi?



Katta halqalik gavhar

15. Chol (Baxtiyorning otasi) birinchi gavharni qanchaga sotadi?



Bir sandiq oltinga

16. Qizning oldida bu xirs

Ko`rsatib yovvoyi hirs

Ushbu parchadi kim tasvirlangan?



Jambilning qonxo`r xoni

17. “Xirs” sozining ma’nosi?



Fors-tojik tilida “ayiq” degani

18. Shoir Baxtiyorga bergan barcha ta’riflarini jamlab, uni Sharqning buyuk afsonaviy qahramoniga o`xshatadi.Ya’ni ….

Rustam kabi zo`r edi”, deydi

19. Hamid Olimjonning yana qanday asarlari bor?

Zaynab va Omon”, “Semurg`”, “Roksananing ko`z yoshlari”

MAQSUD SHAYXZODA.

(1908-1967)

ISKANDAR ZULQARNAYN” ERTAK-DOSTONI HAQIDA.

1. Dastlabki ijod namunalari qachondan boshlab e’lon qilina boshladi?

1929-yildan

2. 30-yillarda shoirning qanday she’riy to`plamlari chiqdi?

O`n she’r”, “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”, “Jumhuriyat”

3. 40-yillarda qanday she’riy to`plamlari nashr etildi?

Kurash nechun”, “Jang va qo`shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko`ngil deydiki”

4. Qanday tarixiy dramasi bor?

Jaloliddin Manguberdi”

5. 1960-yilda qanday tragediya yaratdi?

Mirzo Ulug`bek”

6. Urushdan keyingi yillarda qanday she’riy to`plamlari chiqdi?

O`n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Chorak asr devoni”

7. Poytaxtimiz haqida qanday asar yaratdi?

Toshkentnoma”

8. Olim sifatida kimning she’riyati haqida ilmiy tadqiqotlar yaratdi?



A. Navoiy she’riyati haqida

9. “Asarlar” i necha jilddan ibo-rat?



6 jilddan

10.Qanday orden bilan mukofot-landi?



2001-yili “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan

11. Aleksandr Makedonskiyni O`rta Osiyo xalqlari nima deb atashgan?



Iskandar Rumiy

12. Iskandar sartaroshlarga nisbatan qanday munosabatda bo`ladi?



Qaysi sartarosh sochini olsa, ertasiga gumdon bo`lar edi.

13. Tanho qolgan sartarosh Iskandarning shoxi borligini qayerga borib aytadi?



Quduqqa

14. Quduqdan chiqqan qamishdan kim nay yasaydi?



Cho`pon yigit

15. Cho`pon yasagan naydan qanday ovoz chiqadi?

Voydod, dunyolar shohi,

Iskandarning bor shoxi

SHUKRULLO

(1921-YILDA TUG`ILGAN)

1. Birinchi she’ri?



1939-yilda e’lon qilingan “Baxt qonuni”

2. Birinchi she’riy to`plami?

Birinchi daftar”

3. Qanday nasriy asarlari mavjud?

Javohirlar sandig`i”, “Kafansiz ko`milganlar”, “Tirik ruhlar”

4. 40-yillarda qanday she’riy va dostonlar to`plamlari nashr etiladi?

Birinchi daftar”, “Qalb qo`shiqlari” to`plamlari, “Chollar” dostoni

5. Keyinroq qanday she’riy va dostonlar to`plamlari nashr etiladi?

Hayot ilhomlari”, “Umrim boricha”, “Inson va yaxshilik”, “Inson-inson uchun”, “Ikki qoya”, “Otash va gul”, “26-tongotari”

6. 70-80-yillarda qanday she’riy to`plamlari chiqadi?

Zarralar”, “Suyanchiq”, “Yashagim keladi”, “Sening baxting”

7. Tashvishing mo`l bo`lsa, orzularing ko`p,

Orzusiz yashamas hech tirik inson.

Parcha muallifi kim?



Shukrullo
8. Bolalar uchun qanday kitoblari chiqadi?

Bahor sovg`asi”, “Yulduzlar”

9. Qanday sahna asarlari bor?

Xatarli yo`l”, “To`ydan keyin tomosha”, “Tabassum o`g`rilari”, “O`g`rini qaroqchi urdi”, “Janjal”, “Unsiz faryod”

10. Qaysi asarida qirg`in qurollarini yaratuvchni kishilarni qoralaydi?

Asr bahsi”

11. Qaysi asari ustozlari va turli donishmandlar tilidan hikoya qilinadi?

Javohirlar sandig`i”

12. Xotira qissasi?

Kafansiz ko`milganlar”

13. Romani?

Tirik ruhlar”

14. “Umr haqida ertak” kimning tilidan bayon etiladi?

Bola

15. Sayyoh bir qabristonda o`lganlarning yoshini nechadan ortiq ko`rmaydi?



Uchdan

16. Olti oylik dehqonning asl yoshi….



oltmishda

17. Sayyohning taqdiri nima bo`ladi?



Ertakchi chol va nabira uylariga olib ketishadi

HANS KRISTIAN ANDERSEN (1805-1875)

BULBUL (ERTAK)

1. Birinchi yirik asari?



1835-yil “Improvizator” romani

2. To`plamlari?

Bolalarga aytilgan ertaklar”, “Yangi ertaklar”, “Tarixlar”, “Yangi ertaklar va tarixlar”

3. Qanday ertaklarini bilasiz?

Dyumchaxon”, “Suv parisi”, “Bulbul”, “Qor malikasi”

4. Qaysi ertaklarida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so`zlaydilar?

Bronza to`ng`iz”, “Kumush tangacha”

5. Asarlarida qanday obrazlarni yaratadi?



Dyumchaxon, Irkit o`rdakcha, Bulbul, Kay, Gerda, Suv parisi

6. “Bir chimdim tuz bir xum asalni buzar” naqli qaysi ertakka nisbatan qo`llangan?

Qor malikasi”

7. Kayning yuragi va ko`ziga tushgan ko`zgu parchasini nima eritib yuboradi?



Gerdaning ko`z yoshlari

8. Kay muz bo`laklaridan qaysi so`zni yozishi kerak edi?



Mangulik
9. Bulbul qaysi mamlakatda yashar edi?

Xitoy imperatorining qaramog`idagi bepoyon bog`da

10. “Bulbul” ertagida qanday g`oya ilgari suriladi?



Go`zallik va ezgulik ulug`lanadi, soxtalik va qabihlik qoralanadi.

11. Imperator bulbulga nima sovg`a qiladi?



O`zining oltin tuflisini

12. Kimlar sun’iy bulbul qo`shig`ida nimadir yetishmayotganini e’tirof etishadi?



Baliqchilar

13. Kambag`al baliqchi bulbul ovozini eshitib nima deb yuborar edi?

Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!”

14. Amaldorlar kimdan bulbul-ning daragini bilishadi?



Oshxonada ishlaydigan bir qizaloqdan

15. Amaldorlar nimalarni bulbul deb o`ylashadi?



Sigir va qurbaqalarni

16. Yasama bulbulni Chin nimperatoriga kim sovg`a qiladi?



Yaponiya imperatori

17. Kapelmeyster so`zining ma’nosi?



Xor va orkestr rahbari

Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling