Sinflari uchun ona tili va adabiyot fanidan diktant matni


Download 102 Kb.
bet1/25
Sana14.11.2021
Hajmi102 Kb.
#174496
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Bilimlr bellashuviga tayyorgarlik Ona tili


*

5-SINFLARI UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN

DIKTANT MATNI

I variant

Nazokatli bo`lish fazilati

Qiz bolalarning yurish-turishi, gap-so'zi nazokatli, dilbar bo’lsin. Bundaylarga ortiqcha harakat, qo'pol qo'l siltashlar yarashmaydi.



Nazokat, dilbarlik deganda muloyimlik, nozik xatti-harakat, yumshoqlik tushuniladi. Qattiq gapirish, qattiq kulish, qo'llarini siltab, hammani o'ziga qaratib turish nazokatdan yiroqdir. Darhaqiqat, tili shirin, chehrasi gulgun qiz-ayollar o'z oilasining baxt-u saodati, ota-onasining faxri bo’libgina qolmay, o’z elining ko'rki hamdir.

Demak, qizlarda, ayol kishida, birinchi navbatda, aql-u farosat, idrok-u nazokat bo’lishi kerak. Ana shu bilan u past-balandni, achchiq-chuchukni, bor-yo'qni, oila sharoitini, imkoniyatlarni fahmlay oladi, idrok etadi, aql-hushi bilan ish yurgizib, kam-ko'stlarni bartaraf qiladi. Zotan, ayollarga xos bo’lgan o'lmas nazokat atrofdagilarga hamisha qanot bag'ishlab kelgani haqida hayotda misollar bisyor.

Nazokat hamisha mehr bulog'idan suv ichadi.


Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling