Sinfning konstanta maydonlari. Qism sinflar bilan ishlash. Sinflar
Download 19 Kb.
|
Mavzu Sinfning konstanta maydonlari. Qism sinflar bilan ishlash
Sinf tarkibi.
Common Type System da aniqlangan tiplar sinflarda qo’llab quvvatlanadi va quyidagi ko’rinishda bo’ladi : Maydon. Bu o’zgaruvchi o’zida bir necha qiymatni saqlaydi. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillarida bu o’zgaruvchilar obyekt ma’lumotlari deb ham yuritiladi. Maydonga bir necha modifikator qo’llash mumkin (uni qanday ishlatishingizdan qat’iy nazar). Bu modifikatorlarga readonly, static va const lar kiradi. Metod(usul). Bu real (amaldagi) kod bo’lib, u obyekt ma’lumotlariga (maydonga ham) ta’sir ko’rsatadi. Hozir biz bu metod tushunchasi bilan obyekt ma’lumotlarini aniqlashga harakat qilamiz. Xususiyat. Ba’zida xususiyatlarni aqlli maydon deb atashadi(smart fields). Chunki, xususiyatlar aslida metod, lekin ular sinf foydalanuvchilari uchun maydon bo’lib ko’rinadi. O’zgarmaslar. Bu shunday o’zgaruvchi maydonki, uning qiymatini hech qachon o’zgartirib bo’lmaydi. Indeksatorlar. Agar xususiyatlar aqlli maydonlar hisoblansa, unda indeksatorlar aqlli massivlardir. Chunki ular obyektlarni get va set metod- aksessorlari bilan indeksatsiya qilishda qo’llaniladi. Sinflarni inisializatsiya qilish va konstruktorlar. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillarining enga katta yutug’i (C/C++/C#/Java/J#/VB)- shundan iboratki, siz o’zingiz mustaqil ravishda maxsus metodlarni aniqlashingiz mumkin. Bu metodlar sinflarning nusxasi olinganda chaqirish uchun qo’llaniladi. Bu metodlar konstruktorlar deb ataladi. Qachon foydalanuvchi obyekt nusxasini chaqirganda, uning konstruktori chaqiriladi va u foydalanuvchining shu obyekt ustida boshqa amal bajargunicha unga boshqaruvni qaytarishi kerak. Lekin konstruktor nomini qanday qo’yish kerak? Bu muammoni C# mualliflari quyidagicha hal etishdi : C# konstruktorlarining nomi sinf nomi bilan nir xil bo’lishi kerak. Masalan: using System; class Constructor1Aрр{ ConstructorlApp() { Console.WriteLine("a konstruktor") ; } public static void Main() { ConstructorlApp app = new ConstructorlApp(); } } Konstruktorlar qiymat qaytarmaydi. Agar siz buni amalga oshirmoqchi bo’lsangiz, komplyator o’zgaruvchining sinf nomi bilan bir xil nomga ekanligini xato sifatida xabar qiladi. Download 19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling