Sinonimiya va antonimiya hodisasining graduonimiya bilan semantik farqlanuvchanlik munosabatlari


«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana22.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1381546
1   2   3   4   5
Bog'liq
ZDIT0218

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
belgilangan, ma’nodosh so`zlarning o`z yoki o`zlashma qatlamga mansubligi 
aniqlangan
9
. Albatta, ushbu jihatlar lug‘atlar o`rtasidagi afzalliklarni 
belgilamaydi, aksincha, ularning vaqt sayin takomillashtirilgan tarzda chop 
ettirilishi ilm-fan va jamiyat rivoji uchun koni foyda. Shunga qaramay, “O`zbek 
tilining ma’nodosh so`zlar o`quv lug‘ati”da keltirilgan quyidagi munosabat 
e’tiborlidir: “Lug‘aviy ma’nodoshlik sememasi tarkibidagi atash va vazifa 
semalari bir xil, ifoda semalari har xil bo`lgan, bir turdagi narsa-buyum, belgi-
xususiyat, harakat-holatni ifodalovchi leksemalararo munosabat. Darajalanish 
esa umumiy atash semalari bir xil, lekin ma’lum bir semaning turli darajasini 
ifodalovchi leksemalar”
10
. Lug‘at mualliflari ma’nodoshlik qatoridagi 
leksemalarning farqini ifoda semalari bilan bog‘laydilar, zero darajalanish 
qatorida bunday tafovut kuzatilmaydi. Binobarin, Sh.Orifjonova graduonimlarda 
lug‘aviy paradigma bir yetakchi (dominanta) atrofida birlashishini ta’kidlab, 
“darcha” va “darvoza” so`zlarining ma’nosi “eshik” yetakchi so`ziga nisbatan 
ochilishini qayd etadi va ularni darajalangan so`zlar qatoriga kiritadi
11
.
Modomiki, gap o`zbek tilshunosligidagi sinonimlar izohi haqida borarkan, bunda 
an’anaviy hamda sistem-struktur yondashuvlar ta’siri natijasida yuzaga kelgan 
tasniflar borasida ham to`xtalmoq joiz. Xususan, sinonimik qatordagi 
leksemalarning o`zaro munosabatini tekshirgan G‘.R.Rahmonov, avvalo, ana shu 
leksemalarning semantik tabiati diqqat markazda bo`lishi lozimligini ta’kidlaydi 
hamda sememalarning semantik mundarijasini aniq belgilashdagi eng to`g‘ri 
yo`llardan biri sifatida leksik ma’noni semalarga bo`lib o`rganishni ko`rsatadi
12

Uningcha, sinonimiyani leksik ma’nolarning semalar bosqichidagi tahlilidan 
chiqib belgilanganda, “aynan bir ma’no” nima, “bir xil ma’no” nima, “yaqin 
ma’no” nima – aniq aytib bera olish mumkin. G‘.R.Rahmonovning leksik ma’no 
tarkibiga ko`ra teng keluvchi sememalarning sinonim bo`lishi haqidagi 
qarashlari biroz bahsli. Garchi tilshunos “O`zbek tili sinonimlarining izohli 
lug‘ati”da o`zaro sinonimlar deb keltirilgan kuchli, baquvvat, zabardast
13
leksemalarini leksik ma’nolar tarkibi jihatidan teng deb baholasa-da (“kuchi, 
quvvati ko`p”; “yetarli”; “normal darajadan ortiq”; “yuqori”; “jismoniy qobiliyati 
baland”; “kuchsizning aksi”), bu leksemalarning nutqiy xoslanishi, 
qo`llanuvchanligini bildiruvchi belgilariga nisbatan farqli deb topadi. 
9
Shukurov O., Boymatova B. O’zbek tilining ma’nodosh so’zlar o’quv lug’ati. Maktab o’quvchilari uchun. – 
Toshkent, 2006. 
10
Юқоридаги манба. – Б.5. 
70 
Орифжонова Ш. Ўзбек тилида лексик градуонимия: Филол. фан. номз. дисс. ... автореф. - Т., 1996. 19-б. 
12
Раҳмонов Ғ.Р. Ўзбек тилида луғавий синонимия ва градуонимиянинг ўзаро муносабати. Филология фaнлaри 
бўйичa фaлсaфa доктори (phd) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертaция. – Фарғона, 2018.
13
Ҳожиев А. ўзбек тили синонимларининг изоҳли луғати. – Тошкент, Ўқитувчи, 1974..Б. 127. 



69 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling