Sinonimiya va darajalanish munosabati
Joʻnalish kelishigi shakli
Download 158.59 Kb. Pdf ko'rish
|
madinaxon kurs ishi 222 (2) (2) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Oʻrin-payt kelishigi shakli
- 6. Chiqish kelishigi
- I.Bob bo‘yicha xulosa
4. Joʻnalish kelishigi shakli:
—joʻnalish kelishigidagi soʻz quyidagi kelishiklar bilan oʻrin almashinishi mumkin: Chiqish kelishigi bilan: Dars tayyorlab kelmaganiga uyaldi – Dars tayyorlab kelmaganidan uyaldi. Mehrdan toʻymadik – Mehrga to‘ymadik. Koʻrsatishga uyaldim – Koʻrsatishdan uyaldim. U bir soʻz aytishdan (ga) choʻchir edi. Tushum kelishigi bilan: Bu gapga tushunmadim – Bu gapni tushunmadim. Nima dedingiz, gapingizni (ga) tushunmadim. Oʻrin-payt kelishigi bilan: Biz hashamatli bino oldiga toʻplandik – Biz hashamatli bino oldida toʻplandik. Bugun uyda (ga) toʻplanamiz. Bunda soʻz birikmasi turlari va gap boʻlaklarini ajratishda tafovut boʻlmaydi. Faqat tushum kelishigi shakli bilan ma’nodosh boʻlganda vositasiz toʻldiruvchi sifatida qaraladi. [13] 5. Oʻrin-payt kelishigi shakli: —oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasi quyidagi kelishik shakllari bilan ma’nodosh boʻla oladi: Tushum kelishigi bilan: Dalani kezdi – dalada kezdi; Joʻnalish kelishigi bilan: Yigʻilishga qatnashdi – yigʻilishda qatnashdi; Chiqish kelishigi bilan: Radiodan gapirdi – radioda gapirdi. Bunda ham tushum kelishigi shakli bilan ma’nodoshligini istisno qilganda soʻz birikmasi turlari va gap boʻlaklarini ajratishda tafovut boʻlmaydi. 6. Chiqish kelishigi: – qaratqich kelishigidagi so‘z bilan ma’nodosh bo‘lganda qaratqich aniqlovchi va moslashuvli birikuv: Gapdan gap chiqib, bulardan biri Karimaning otasi qamoq muddatini bitirib kelganini aytdi (A.Qahhor) – tushum kelishigidagi soʻz bilan ma’nodosh boʻlganda vositasiz toʻldiruvchi va boshqaruvli birikuv: U togʻ lolasidan terib qaytdi. I.Bob bo‘yicha xulosa Tilshunoslikda sinonimiya hodisasi chuqur tarixiy ildizlarga ega, juda keng tahlil qilingan hodisa bo‘lib, sinonimlar nafaqat tilshunoslikning, balki adabiyotshunoslik, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi qator fanlarning ham o‘rganish obyektidir. Sinonimiya haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Sinonimlarni o‘rganish dastlab faqat leksik sathda bo‘lib, odatda, “bir xil ma’noli [14] so‘zlar”, “bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlar”,”yaqin yoki bir ma’noli so‘zlar”, “uslubiy bo‘yoqlari , qo‘llanish sathlari bilan farqlanuvchi so‘zlar sifatida ta’riflanadi” 8 . “O‘zbek tilshunosligida sinonimlarga berilgan ta’rifga e’tibor berilsa, ularni belgilashda dastlab leksemalarning ma’no juhatidan bir xilligiga , so‘ngra ma’nolarning umumiyligiga , keyinchalik esa ma’noviy o‘xshash (aynan)likka asoslanilgani kuzatiladi” 9 . O‘tgan asrning 70-yillariga qadar sinonimlik ma’noning aynan bir xilligi asosida belgilangan bo‘lsa, 80-yillarga kelib, so‘zning semantik strukturasi bir qancha olimlar tomonidan semik tahlil asosida o‘rganila boshlandi (Sh.Rahmatullayev, H.Ne’matov, E.Begmatov, R.Rasulov shular jumlasidan) . Sinonimlarni belgilashga ham semik tahlilning tatbiq etilishi sinonimik qatorlarga birlashtirilayotgan leksik birliklar ma’nolaridagi aynanlik, umumiylik va farqlilikka aniqlik kiritish imkoniyatini yaratdi. Shuning uchun o‘zbek tilshunosligida sinonimlarni belgilashda an’anaviy va zamonaviy qarashlar tubdan farq qiladi. Sintaktik sinonimiya (mazmundoshlik)ni sintaktik parallellizm deb yuritish biroz noaniqlik tug‘diradi, chunki parallellizm leksik sathda variantlilikni ifodalasa, sintaksisda, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, parallel sintaktik strukturali gaplarni ham ko‘rsatadi. Shuning uchun, mazmuniy parallellizm atamasi o‘zini to‘la oqlamaydi. Bizningcha, sintaktik sinonimiya ma’nosida mazmundoshlik atamasi qo‘llansa va sintaktik sinonimiyani hosil bo‘lishiga xizmat qiluvchi birliklar , ya’ni grammatik shakllar – bog‘ lovchilar, bog‘ lovchi vazifasidagi vositalar leksik sinonimiyani hosil qiladimi, sintaktik sinonimiyanimi , qayta tekshirib ko‘rish lozim. Download 158.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling