Sinov natijalarini ro'yxatdan o'tkazish


Jadval 2,3 Nazorat guruhi a`zolarining DTS talablari asosida bilim, ko’nikma va malakalari monitoringining natijalari


Download 41.29 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi41.29 Kb.
#1571624
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Sinov natijalari hisobotini tayyorlash usullari va vosita

Jadval 2,3

Nazorat guruhi a`zolarining DTS talablari asosida bilim, ko’nikma va malakalari monitoringining natijalari


Tajriba guruhi


2 b-sinfda jami o’quvchilar soni 23 ta bo’lib, shulardan 90-99% ni 4 nafar o’quvchi, 80-89% ni 4 nafar o’quvchi, 70-79% ni 10 nafar o’quvchi, 70% dan past 5 nafar o’quvchi, o’rtacha 80% ni tashkil etdi. Bu sinfda nazorat guruhi samaradorligi 78% ni tashkil etgandir.

3a-sinfda jami o’quvchilar soni 14 ta bo’lib, shulardan 90-99% ni 8 nafar o’quvchi, 80-89% ni 5 nafar o’quvchi, 70-79% ni 3 nafar o’quvchi, 70% dan past darajada 9 nafar o’quvchi bilim olishga erishdi. O’rtacha 68%, ta`lim-tarbiya samaradorligi 64% ni tashkil etdi.

4a-sinfda jami o’quvchilar soni 24 ta bo’lib, shulardan 90-99% ni 4 nafar o’quvchi, 80-89% ni 6 nafar o’quvchi, 70-79% ni 8 nafar o’quvchi, 70% dan past darajada 6 nafar o’quvchi bilim olishga erishdi, ya`ni o’rtacha 72%, Ta`lim-tarbiya samaradorligi 75% ni tashkil etdi.

Umumiy hisoblaganda, jami o’quvchilar soni 94 ta bo’lib, 90-99% ni jami 21 nafar o’quvchi, 80-89% ni 19 nafar o’quvchi, 70-79% ni 31 nafar o’quvchi, 70% dan past darajani esa 23 nafar o’quvchi tashkil etgan. Umumiy o’rtacha 76%, Ta`lim-tarbiya samaradorligi esa 76% ni tashkil etgan.

Tajriba guruhlarining Ta`lim-tarbiya samaradorligining DTS talablari asosida bilim, ko’nikma va malakalari monitoringi natijalari quyidagi ko’rsatkichlarga asosan uning o’sish dinamikasi 3.4 grafikda berilgan.

YUqoridagi 3.4.grafikdan ko’rinib turibdiki, tajriba guruhida mehnat darslarini samaradorligi yuqori darajada amalga oshirildi.

Tajriba-sinov ishlarining shakllantiruvchi bosqichida Ta`lim-tarbiyada yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiq ekanligi tasdiqlandi.

3.2.-jadvaldan ko’rinib turibdiki, tajriba guruhi 98% ni, 3.3.-jadvalda nazorat guruhida 76% ni tashkil etdi.

Tajriba-sinov ishlari natijalariga ko’ra barkamol o’quvchi shaxsini tarbiyalashda quyidagi fikrlarga amal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi:

Amaliy faoliyatni zamon talablari asosida, fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti darajasida hamda bozor iqtisodiyot hisobga olgan holda olib borish davr talabi ekanligi.Malakali kichik mutaxassis tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari qatoriga «Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar» yo’nalishidagi kollejlarni kiritish mumkin. Mazkur kollejlarda «Gazlamaga badiiy ishlov berish» fani o’qitiladi.

O’quvchilarga bilim berish jarayonida to’garaklarning o’rni ham katta.«Tikuvchilik», «Pazandachilik», «Milliy kashtachilik» to’garaklari bilan bir qatorda gazlama qoldiqlaridan oqilona foydalana olishni o’rgatadigan to’garaklarni ham tashkil qilish mumkin. Kiyimni loyihali va badiiy bezash, tikuvchilik jarayoni to’garaklari gazlamani bichish bo’yicha bilimlar beradi, tikish, bichishni o’rgatadi. Lekin bu tejalgan gazlama qoldiqlaridan qanday buyumlar, bezaklar tayyorlash mumkinligini gazlamaga badiiy ishlov berish to’garagida o’rganish mumkin. SHuningdek, ijodiy fantaziya tufayli nafaqat gazlama qoldiqlaridan, balki kiyilish muddati o’tgan turli xil buyumlardan chiroyli va kerakli anjomlar tayyorlab, ularga ikkinchi hayotni taqdim etsa bo’ladi,degan xulosalarga keldik Tajriba-sinov natijalarida o’quvchilarni mukammal bilim darajalariga ega bo’lishi mumkinligi aniqlandi.

Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilari tomonidan tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligini ta`minlovchi omillarni qayd etish o’rganilganda, tadqiqot doirasida olib borilgan tajriba-sinov ishlari ular fikrlarining keskin o’zgarishiga sabab bo’lganligini aniqlandi.Quyida ushbu tadbirlarning ayrimlari ustida to’xtalamiz.

Boshlang’ich ta`lim darslarida tarbiyaviy ishlarni interfaol metodlar asosida tashkil etishga yo’naltirilgan tajriba-sinov ishlari maxsus reja asosida olib borildi.Mazkur reja tarkibidan boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida tarbiyaviy faoliyat jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida ko’nikma va malakalarni hosil qilishga imkon beruvchi tadbirlarning o’rin olishiga alohida e`tibor qaratildi (2-ilova).

Mazkur bobda bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda quyidagi xulosalarga kelish mumkin:



  1. Boshlang’ich ta`lim darslarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri ta`lim-tarbiya berish faoliyati bo’lib, bu jarayonni interfaol metodlar asosida tashkil etish boshlang’ich ta`lim o’quvchilariga o’quv hamda mutaxassislik fanlari asoslari to’g’risida ma`lumotlar berish, bu borada samaradolikka erishish imkonini beradi.

  2. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarini pedagogik texnologiyalar mohiyatidan xabardor etishga yo’naltirilgan maxsus tadbirlarning uyushtirilishi maqsadga muvofiqdir.

  3. Tadbirlar jarayonida boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilariga nazariy bilimlar berish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilishda uyg’unlikni ta`minlash o’qituvchilarning interfaol metodlar mohiyatini puxta o’zlashtirishlariga imkon yaratadi.

4. Boshlang’ich ta`lim darslaridagi tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish dolzarb muammolardan biri bo’lib, ushbu maqsadga erishish tarbiyaviy ishlar samaradoriligini oshirishga imkon yaratadi.

5. Boshlang’ich ta`lim darslaridagi tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o’qituvchilarga tarbiyaviy ishlar jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida nazariy-amaliy bilimlar berish asosida yo’lga qo’yiladi.

6. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida tarbiyaviy ishlar jarayonini loyihalashtirish ko’nikmasi, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni hosil qilish mazkur o’quv yurtlari faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etishdan ko’zlagan maqsadning amalga oshishiga olib keladi.


Foydalanilgan adabiyotlar
Internet kutubxonalari,
Ziyouz.net
Library.tuit.uz
Download 41.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling