Sinov natijalarini ro'yxatdan o'tkazish


Tajriba-sinov natijalari va taxlili


Download 41.29 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi41.29 Kb.
#1571624
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Sinov natijalari hisobotini tayyorlash usullari va vosita

Tajriba-sinov natijalari va taxlili

Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda umumjamoa, shuningdek, har bir o’quv fani o’qituvchisining imkoniyatlaridan samarali foydalana olish, muhim ahamiyatga ega. Buning uchun har bir fan o’qituvchisi o’quv maskani manfaatlarini shaxsiy qiziqishlari bilan muvofiqlashtira olishi, ayni vaqtda boshlang’ich ta`lim darslari rahbariyati o’quv yurti o’qituvchilarining faoliyati pedagogik texnologiyalarga nisbatan e`tiborli bo’lishlari maqsadga muvofiqdir. O’quv yurti rahbariyati hamda jamoa o’rtasidagi yakdillik, yagona maqsad sari intilish boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish yo’lida ma`lum muvaffaqiyatlarga erishishni ta`minlaydi.

Ta`lim-tarbiya jarayoni boshlang’ich ta`lim darslarining tarkibiy qismi hisoblanib, mazkur jarayonga ham pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish etuk mutaxassis sifatida tayyorlanishi nazarda tutilgan boshlang’ich ta`lim o’quvchilarining barkamol shaxs bo’lib voyaga etishishlari uchun sharoit yaratilishini ta`minlaydi. Biroq bunday sharoitning vujudga kelishi ta`lim-tarbiya jarayonining asosiy sub`ekti va rahbari bo’lgan o’qituvchilarning interfaol metodlar mohiyatini anglash, ulardan pedagogik faoliyatni amalga oshirishda samarali foydalanish borasidagi ko’nikmalarni hosil qilish lozim. SHuning uchun ham tajriba-sinov ishlari jarayonida boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilari orasida o’quv faoliyatida amalga oshiriladigan tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etishga yo’naltirilgan tadbirlarning o’rin olishiga alohida e`tibor berdik.

Tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuvdan iborat bo’lib, mazkur ishlar mazmunini shakllantirish bir qadar murakkab jarayondir.Boshlang’ich ta`lim o’quvchilariga muayyan o’quv fani to’g’risida ma`lumotlarni berishda vaqt hajmi qat`iy belgilab qo’yilgan, bunday holat o’quv faoliyatini texnologik yondashuv asosida tashkil etishni birqadar barqarorlashtirishga imkon bersa, tarbiya jarayoniga nisbatan bunga erishish murakkabroqdir.Boshlang’ich ta`lim o’quvchilarida bir qator shaxsiy sifatlar shakllantiriladi.Ularni boyitish esa shaxs tarbiyasini uzluksiz davom ettirishni talab qiladi.Bunda bevosita o’quv jarayoni hamda auditoriyadan tashqari tarbiyaviy ishlardan samarali foydalanish talab etiladi.


Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishdan ko’zlagan asosiy maqsad tarbiya jarayonining asosiy sub`ektlari bo’lgan o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasida yuzaga keluvchi muloqotning samarali bo’lishi bu tizimning yangicha mazmun kasb etishiga erishishdan iborat. Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida olib borilgan tajriba-sinov ishlaridan boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish, bu borada ahamiyat berilishi lozim bo’lgan shartlar xususida o’qituvchilarni xabardor etishga yordam beradigan tadbirlarning o’rin olishiga alohida e`tibor berildi. Mazkur tadbirlar vositasida quyidagi pedagogik vazifalarning ijobiy hal etilishi nazarda tutildi:



  1. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi nazariy-amaliy bilimlarini qzlashtirishlari uchun muayyan shart-sharoit yaratish.

  2. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilariga tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish va uning o’ziga xos jihatlari xususida ma`lumot berish.

  3. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasidagi nazariy bilimlarni hosil qilish.

  4. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida pedagogik texnologiyalar asosida tarbiya jarayonini tashkil etish borasidagi nazariy bilimlarining amaliy ko’nikma va malakaga aylanishiga erishish.

  5. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida tarbiya jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etishga nisbatan rag’batni yuzaga keltirish.

  6. Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvni qaror toptirish, mahoratini oshirish.

  7. Pedagogik tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida Respublika miqyosida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda tqplangan tajribalardan boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarini xabardor etish.

Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida tarbiya jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuvni qaror toptirishga erishish murakkab jarayon bo’lib, ushbu jarayonning samarali kechishi ularning mutaxassislik fanlari asoslarini chuqur o’zlashtirganliklari, fanlararo aloqadorlikni, shuningdek, jamiyat hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarning mohiyati va davr talabini anglay olishlari, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish tajribasiga egaliklari, tarbiya jarayonini tashkil etishdan ko’zlagan maqsadning g’oyaviy jihatlarini tahlil eta olishlariga bog’liq.

Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida olib borilgan tajriba-sinov ishlari quyidagi tamoyillarga asoslangan holda ham maqsadga muvofiqdir:
1. Boshlang’ich ta`lim darslarida amalga oshiriladigan tarbiya jarayonini interfaol metodlar asosida tashkil etish pedagogik jamoa oldida turgan umumiy maqsad sifatida e`tirof etilishiga erishish.


  1. Boshlang’ich ta`lim darslarining tarbiyaviy faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida mavjud imkoniyatlardan foydalanish.

  2. Boshlang’ich ta`lim darslarining tarbiyaviy faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish yo’lida muayyan shart-sharoitlarni yaratish.

  3. Uyushtirilayotgan tadbirlarning g’oyaviyligini ta`minlash.

  4. Tadbirlar g’oyalarining yagona maqsadga xizmat qilishiga erishish.

  5. Tadbirlarni tashkil etishda ularning uzluksiz, tizimli va izchil bo’lishini ta`minlash.

  6. Tadbirlar jarayonida har bir o’qituvchining ichki imkoniyatlarini inobatga olish, ularning pedagogik tajriba va kasbiy mahoratlariga tayanish.

  7. Tadbirlarni uyushtirishda o’quv yurti faoliyatini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida respublika miqyosida, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda qo’lga kiritilgan tajribalardan foydalanish.

  8. Tadbirlarni o’tkazishdan ko’zlagan maqsadning natijalanishiga erishish.

Tajriba-sinov ishlarini olib borish jarayonida tarbiyaviy faoliyatni interfaol metodlar asosida tashkil etishga yo’naltirilgan tadbirlarning quyidagi shakl, metod va vositalar yordamida uyushtirilishi kutilgan natijani yo’lga kiritish uchun imkon yaratishi aniqlandi:

a) tadbirlar shakllari - ma`ruza, davra suhbati, seminar, bahs-munozara, uchrashuv, tanlov, musobaqa va boshqalar;

b) tadbirlar samarasini ta`minlovchi metodlar - tushuntirish, hikoya qilish, ko’rsatmalilik, manbalar bilan ishlash, mashqlantirish, rag’batlantirish, jazolash va hokazolar;

v) tadbirlar samaradorligini oshirishda qo’llangan vositalar manbalar (o’quv dasturi, qo’llanma va darsliklar), ko’rgazmali, texnik hamda axborot vositalari (radio, televidenie, matbuot vositalari -gazeta va jurnallar), nutq, pedagogik tajriba, yosh o’qituvchilarning faoliyati va boshqalar.

Tadqiqot davomida amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari jarayonida boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining mavjud sharoitda tarbiyaviy tadbirlarni qanday omillarga tayangan holda olib borayotganliklari va ularning samaradorligi qay darajada ekanligini o’rganishga harakat qildik.

Tajriba- sinov ishlarini amalga oshirish uchun 2011-2012 yillar mobaynida Toshkent shaxridagi Yakkasaroy tumanidagi 26-umumiy o’rta ta`lim maktablarining 1-4-sinf o’quvchilari bilan tadqiqot o’tkazildi.

Tajriba- sinov ishlariga 190 nafar o’quvchilarning 96 nafari tajriba guruhiga, 94 nafari nazorat guruhiga jalb qilindi. Tajriba guruhlarida dars biz taklif etgan, yangi pedagogik texnologiya asosida, nazorat guruhlarida esa an`anaviy uslubda amalga oshirildi.



Download 41.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling